11-ma`ruza. Son turkumi


Download 58.38 Kb.
Sana13.01.2023
Hajmi58.38 Kb.
#1090114
Bog'liq
11 morfologiya


11-ma`ruza. Son turkumi
Sonning ma'nosi va grammatik belgilari
Sonning lug`aviy ma`no guruhlari
Numerativ (hisob) so'zlar
Otlarni numerativ so`z sifatida voqelantiruvchi qoliplar
Sonning sintaktik vazifalari.
Predmetning miqdori, sanog`i va tartibini bildirgan mustaqil ma'noli tobe so`zlar son deb atalib, ular qancha? necha? nechanchi? kabi so`roqlarga javob bo`ladi. Son otga bog`lanib, uning sanog`ini, miqdorini, miqdorga bog`liq tartibini, darajasini (ikkinchi kurs, 213-auditoriya) va otga bog`lanmagan holda mavhum miqdor tushunchasining nomini (ikki bilan uch besh bo`ladi, besh karra besh yigirma besh bo`ladi kabi) bildiradi. Son so`z turkumi sifatida predmet ifodalovchisi bilan munosabatga kirishib, shu jihati bilan sifat va ravish turkumiga yaqin turadi. Biroq aniq miqdor bildiruvchi bu so`z predmetning noaniq miqdorini bildiruvchi oz, kam, ko`p, mo`l kabi sifatdan ajralib turadi. Sifat raqam bilan ifodalanmaydi. Son esa noaniq miqdorni bildirganda ham raqam bilan beriladi: uch-to`rt kun (3-4 kun). Bu esa u anglatgan miqdor noaniqligi ham nisbiy ekanligidan dalolat beradi. Songa oid so`z matematik son ma`nosida faqat sonning nomini bildiradi. Demak, predmet nomini anglatuvchi so`z bilan munosabatda namoyon bo`ladigan ma`nosi bilan son so`z turkumini tashkil etadi. Sonlar harf bilan o`n, olti; arab raqami bilan 5, 10, 34, 40; rim raqami bilan X, XX, V yoziladi. Umuman, miqdor tushunchasi juda mavhum bo`lgani sababli, uni ifodalovchi so`zlar ham mavhum xususiyatga ega. Son shu xususiyati bilan boshqa so`z turkumlaridan farq qiladi. Masalan, bir, o`n besh, uch kabi sonlar alohida olinganda, faqat mavhum miqdor tushunchasinigina ifodalaydi. Sonning ma'nosi ubiror narsa nomini bildirgan so`z bilan bog`langandagina aniqlanadi: bitta kitob, to`rt talaba.
Son har vaqt sanalishi mumkin bo`lgan predmetlarni anglatgan otlar bilan qo`llanadi, ularni miqdor jihatidan aniqlab keladi.Sonlar quyidagi xususiyatlarga ega:1. Son boshqa so`z turkumidan yasalmaydi, uning son yasovchi affikslari ham yo`q. Binobarin, son turkumi so`z yasalish sistemasiga ega emas;2. Sonning ma'no turlari va modal shakllari uning o`ziga maxsus affikslar qo`shish bilan yasaladi: bitta, oltita, birinchi, beshtacha;3. Son o`zicha turlovchi affikslarni qabul qilmaydi, sifatlovchi olmaydi, aksincha, o`zi otning sifatlovchisi bo`lib keladi: Ikki yil oldin universitetga o`qishga kirgan edim. U o`n sakkiz yashar popukday qiz edi;4. Son miqdor tushunchasining nomini anglatganda va otlashganda, kelishik, egalik affikslarini qabul qiladi, ot bajargan vazifalarda keladi: Ikki o`n besh bir o`ttiz;5. Son narsa miqdorini turli tomondan aniqlash uchun sanoq bildiruvchi so`zlar numerativlar bilan ham qo`llanadi: Polvon bitta tuxum, ikki dona xurmo, yarim misqol sedana, besh dona bo`tako`z, bir qoshiq asalni bir piyola suv bilan mis idishda qaynatishga buyurdi. O`zbek tilida sonlar birlik, o`nlik, minglik sistemasida qo`llanadi. Sonlar tuzilish jihatidan sodda va qo`shma bo`ladi: bir, ikki, besh, o`n olti, ellik besh. Sakson, to`qson, oltmish, yetmish sonlari tarixan yasama so`zlar (sakkiz+o`n, olti+mesh) bo`lsa ham, hozir ular yaxlitlashib, ajralmas sodda holga kelgan. Sonlar juft va takror holda ham keladi: to`rt-besh, besh-olti, besh-besh, yuz-yuz kabi. Sonning ma'no jihatdan turlari. Sonlar ma'no va grammatik xususiyatlariga ko`ra ikkiga bo`linadi: miqdor sonlar va tartib sonlar. Miqdor sonlar predmetning miqdori, sanog`iga ko`ra belgisini, tartib sonlar esa ularning tartibi, sirasiga ko`ra belgisini ko`rsatadi.
Miqdor sonlar predmetlarni sanash, donalash, taqsimlash yoki taxminlab ko`rsatish uchun qo`llanadi. Sonning bu turi quyidagicha grammatik xususiyatlarga ko`ra tartib sonlardan farqlanadi:-miqdor sonlar o`ziga xos morfologik ko`rsatkichlarga ega. Tartib sonlar esa -i(nchi) affiksi orqali yasaladi;-miqdor sonlar hisob so`zlari (numerativlar) bilan birga qo`llanadi. Tartib sonlar esa bu xil so`zlarsiz ishlatiladi;-miqdor sonlar juftlanib kela oladi, tartib sonlarda bu xususuiyat yo`q;-miqdor sonlar birikmali holda uchdan bir, beshdan ikki kabi shakllarda ishlatiladi, tartib sonlar esa bunday qo`llanmaydi;-miqdor sonlar -lar affiksini olib, ko`pincha taxminiy miqdorni bildiradi, tartib sonlar esa ba'zan -lar affiksini olib, otlashadi, ko`plikni ifodalovchi ot vazifasida keladi. Masalan, Soat beshlarda uchrashamiz. U qizning yoshi o`n sakkizlarda bo`lsa kerak. Birinchilarga sovg`a berildi.
Miqdor sonlar quyidagi turlarga bo`linadi:1. Sanoq sonlar.2.Chama sonlar3. Jamlovchi sonlar.4. Kasr sonlar. Sanoq sonlar narsaning miqdorini sanab, donalab yoki taqsimlab ko`rsatishga xizmat qiladi. Masalan, ikkita olma, ikki nafar yosh yigitlar, sakkiztadan, uchta-uchta kabi.Sanoq son o`ziga xos xususiyatli bo`lib, u quyidagi morfologik ko`rsatkichlarga ega: sanoq son ot bilan sintaktik munosabatga kirishganda, mustaqil va nomustaqil sintaktik mavqeda bo`la oladi. Mustaqil mavqeda aniqlanmishdan ayricha so`roqqa javob bo`lib, alohida bo`lak maqomiga ega bo`ladi. Besh (aniqlik) kishi (ega) so`zladi (kesim). Nomustaqil mavqeda tarkibiy qism sifatida yuzaga chiqadi: Besh kishi (ega) kelishdi (kesim). Sanoq son qo`shma sifat hosil qilishi mumkin: Besh yashar bola, uch chaqirimli yo`l. Chama son narsaning miqdorini aniq emas, taxminlab, chamalab ko`rsatadi. Ular asosan -tacha, -lar, -lab, -larcha affikslarini qo`shish bilan hosil bo`ladi. Masalan, ikkitacha, minglab, ming so`mlab, oltilarda, o`nlarcha kabi.Ikki sanoq sonni juftlab keltirish orqali ham chama son ma'nosi ifodalanadi. Kechasi uch-to`rt yomg`ir tushdi. Bulardan tashqari, narsaning taxminiy miqdorini ifodalashda taxmin bildiruvchi so`zlar ham ishlatiladi. Masalan, o`ttizga yaqin, o`n choqli qo`y, qariyb bir soat kechikdi kabi. Jamlovchi son miqdorni jamlab, to`dalab ko`rsatadi. Ular ko`pincha egalik affiksi bilan keladi, ularda miqdor orqali shaxs va narsalarni umumlashtirib ko`rsatish xususiyati kuchli. Ular -ov, -ala affikslari yordamida hosil bo`ladi: uchov, oltov, ikkala. Kasr son butunning qismlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Kasr sonlar tuzilishiga ko`ra boshqa sonlardan farqlanadi: uchdan ikki, o`ndan to`qqiz.
Yarim, yorti, chorak, nimchorak so`zlari ham kasr son hisoblanadi. Kasr sonlar butun sonlar bilan birga aralash sonni hosil qiladi: 1, 09 - bir butun yuzdan to`qqiz, 3,1- uch butun o`ndan bir kabi. Tartib son. Tartib son bir turdagi narsalarning daraja-miqdor jihatidan tartibini ko`rsatish uchun xizmat qiladi. Ular narsaning ketma-ketlik jihatidan tartibini anglatadi. Masalan, ikkinchi kurs, beshinchi uy. Ular -nchi, -inchi affikslarini qo`shish bilan hosil bo`ladi. Masalan, to`rtinchi, ikkinchi kabi. Tartib son arab raqamlari bilan yozilganda, -(i)n-nchi affiksi o`rniga chiziqcha (-) qo`yiladi: 45-maktab, 7-sinf. Rim raqamlaridan, shuningdek, oy, kunlarni ifodalovchi arab raqamlaridan keyin defis qo`yilmaydi: VII sinf, XX asr, III bob, 1941 yil kabi. Hisob so`zlari (Numerativlar). Predmetning soniga ko`ra belgisini ifodalovchi sanoq sonlar ba'zan predmetlarning hisobini ko`rsatuvchi so`zlar - hisob so`zlari (numerativlar) bilan qo`llanadi. Bu so`zlar sanalayotgan konkret predmetni ko`rsatmay, o`sha predmetni hisoblashda uning qaysi kategoriyaga, guruhga oid ekanligini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu so`zlar sanoq son bilan sanaladigan predmetni ifodalovchi so`z orasida kelib, ularning og`irligiga, hajmiga, uzunligiga, joylashish o`rniga va boshqa shunga o`xshash turkumidagi xususiyatlariga ko`ra o`lchovini bildiradi. Numerativlar ko`pincha ot so`zlardan bo`ladi: dona, nusxa, bog`lam, nafar, tutam kabi. Numerativlarning ishlatilish doirasi juda keng va turli-tuman:1. Chegaralov ma'nosini bildiradi: To`yda hamma bor edi, bir Karim kelmadi.2. Fe'lga bog`lanib uning ma'nosini kuchaytiradi: biram sog`indim, bir yig`ladi, asti tasavvur qila olmaysiz.3. Takroriy ravishda fe'lga bog`lanib, harakatning belgisini uning qay tarzda bajarilganligini bildiradi: U bitta-bitta qadam tashlab ko`zdan g`oyib bo`ldi.4. Takrorlanib, ayiruv boqlovchisi rolini bajaradi, harakat, voqea-hodisalarning galma-gal bo`lganligini bildiradi: Hayronman, u bir yig`laydi, bir shodon kulib raqsga tushadi.
Sonlarning otlashuvi Son otlashib (substantivlashib), gapda otlar bajaradigan sintaktik vazifalarni bajaradi: Qaysi mahalladan bo`lasan? - so`raydi biri ikkinchisidan. O`zbek tilida ayrim sanoq sonlar egalik, kelishik va ko`plik affikslarini olmasdan otga ko`chgan. Ular otlashish bo`lmasdan otga ko`chishdir. Otga ko`chgan bunday so`zlar ba'zi marosimlar nomini yoki faslga oid vaqtlarning nomini ifodalaydi: Kampirning yettisi, yigirmasi qachon? To`qson kirdi. Sakson ota mashhur paxtakor. O`zbek tilida ayrim so`zlarning son ma'nosida qo`llanish hodisasi ham uchraydi. Masalan, bir soni o`rnida yakka, yolg`iz so`zlari, ikki o`rnida qo`sh, juft so`zlari ishlatiladi. Masalan, Yolg`iz otning changi chiqmas. Uning qo`llarida qo`sh uzuk, quloqlarida katta sirg`a bor edi. Ot yakka-yakka qadam tashlab kelardi. Son konkret (muayyan) predmet bilan brga kelsa, belgini ko`rsatadi-aniqlovchi bo`lib keladi. Gapda son aniqlab kelayotgan ot tushib qolib, otlashib (substantivlashib) o`sha ot bajargan vazifani bajaradi. Sonlar otlashib, otga xos bo`lgan egalik va kelishik qo`shimnchalarini olib, gapda ega, to`ldiruvchi va qaratqichli aniqlovchi vazifasida keladi (-ta+dan affiksi orqali yasalgan sonlarda bu xususiyat ko`rinmaydi: O`nning yarmi besh. Oltini ikkiga qoldiqsiz bo`lish mumkin. Qizlarning ikkalasi ham shu yerda. Kitobning yuz elliktasi bizga berildi., Bolalarning ikkitasidan so`radim. Ko`plik affiksi lar donalik, taqsim, chama va kasr sonlarga qo`lishilib kelmaydi. Sonlar otlashganda aniqlanmish ot sondan oldin kelishgi mumkin. «To`rtta olma oldim» o`niga «Olmadan to`rtta oldim» deb qo`llanadi. 1-misolda dona son bosh kelishikdagi otdan oldin kelgan. 2-misolda aniqlanmish ot (olma) chiqish kelishik formasida qo`llangan. Aniqlovchi bo`lib kelgan dona son aniqlanmish ot bilan o`rni almashib qo`llanish mumkin. Bunda dona son egalik affiksini olib, qaralmish bo`lib keladi. Ot esa qaratqich bo`liub keladi: Beshta qiz- qizlarning beshtasi, uchta maktab- maktablarning uchtasi va boshqalar. Sonlar ot bilan shu xilda o`rin almashib qo`llanganda ham predmetning miqdorini anglataveradi. Son+ot birikmasida ot birlikda qo`llansa ham, ot+son birikmasida birlik formasidagi ot ko`plik affiksini oladi, son esa otlashib, egalik affiksini qabul qiladi. I shaxs birlikdagi egalik affikslari sonlarning otlashgan formasiga deyarli qo`shilmaydi (sanoq sanoq sonlar ikkitam, uchalam tipida ishlatilmaydi). Ba`zi vaqtda bir so`ziga qo`shilib kelganda sanoq son ma`nosini emas, o`xshashlikni ifodalaydi: U ham mening birim. U ham menga o`xshash.
Download 58.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling