11-Mavzu : Yilqichilik va tuyachilik. Yilqichilik va tuyachilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari. Reja


Download 48.73 Kb.
bet1/4
Sana16.11.2023
Hajmi48.73 Kb.
#1778841
  1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu


11-Mavzu : Yilqichilik va tuyachilik. Yilqichilik va tuyachilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari.


Reja :



        1. Yilqichilik va tuyachilikning axamiyati

        2. Ot va tuyalarning biologik xususiyatlari.

        3. Biya va tuyalarning sut mahsuldorligi



Tayanch iboralar : tuya, biya, sutdorlik, qimiz, shubot, qadoq, ot sporti, uch kurash, ko‘pkari, kavsh qaytarish, hazm qilish



  1. masala.

Otlar qadim zamonlardan buyon insonning yo‘ldoshi bo‘lib doim og‘irini yengil qilib kelgan. Ular minish, yuk tashish va qishloq xo‘jalik ishlarini bajarishda bebaho xizmat qilgan. Hozirgi davrga kelib mexanizatsiyaning rivojlangan sharoitida otlar o‘z qadrini yo‘qotgani yo‘q. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik, fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda barcha yumushlarni bajarib, bu ishlar mexanizatsiya yordamida bajarilganiga nisbatan bir necha bor arzon tushadi. Otlarni ko‘plab qurilish, yog‘och tayyorlash ishlarida ishlatish mumkin. Ular tog, cho‘l va sahrolarda tengi yo‘q ulov vazifasini o‘taydi.
Otlarning mamlakat himoyasi va ichki ishlar bo‘linmalaridagi xizmatini ham unitmaslik kerak.
Shuningdek, otlarning sport va milliy ot o‘yinlari orqali xalqimizning jismoniy va ma’naviy takomillashuvidagi xizmat beqiyos.
Bundan tashqari otlar eng arzon go‘sht va sut yetkazib beradigan chorvachilik sohasi bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi kunga kelib mamlakatimizda 222 ming boshga yaqin ot mavjud.
Tuyachilik chorvachilikning muxim soxasi bulib ishchi, transport sifatida, maxsulot olishda (gusht, sut, jun) muxim axamiyatga egadir.
Tuyalar juda qadimiy qishloq xo‘jalik hayvonlari bo‘lishiga qaramasdan ularni xo‘jalikka foydali belgilarining rivojlanishi juda sekin kechmoqda.
Tuyalar bir o‘rkachli, ikki o‘rkachli (dromedar) va (baktrian) tuyalarga bo‘linadi.
Ikki o‘rkachli tuyalar o‘zining eksteryer tuzilishi bo‘yicha bir o‘rkachli tuyalardan farq qiladi. Ikki o‘rkachli tuyalar asosan sovuq iqlimli sharoitga moslashgan bo‘lib, ammo namgarchilikka chidamsizdir. Bir o‘rkachli esa issiq iqlim sharoitiga moslashgan va chidamlidir. Umuman, tuyalarning xammasi saxro mintaqasiga moslashgandir. Tuyalarda yog‘ asosan o‘rkachida va ichki organlarida to‘planib, oziqa yetishmaganda ayniqsa suvsizlikdan saqlashda muxim manba xisoblanadi. Yaxshi semirgan tuyalarning ikki o‘rkachida to‘plangan yog‘ 100 kg gacha yetadi.
Tuyalarning biologik umri 35-40 yilgacha bo‘ladi. Ishda foydalanishi 5 yoshdan boshlanadi.
Yarim saxro-saxro zonalarida yashaydigan xalklarning xayotida tuya eng muxim rol uynaydi. Angliya olimi biolog-Braunni yozishicha tuyaning tuya joyi Saxara mamlakati emas, u yerga Osiyoda keltirilgan. Xozirgi kunda Saxar davlati saxro zonasida tuyasiz yashashni tasvirlay olmaydi. Afgon xalki 2 mln. ziyod yildan beri kuchib yurishi davrida tuya muxim rol uynamokda. Yulda avvalo tuya izidan ot, eshak, koramol va kuchuk yuradi. Uziga karashni kup talab kilmaydi. Asosan jun, gusht, sui, teri olinadi. Tirik vazni katta tuyalardan 800-1000 kg.ni tashkil etadi. Sutidan shubat ichimligi tayyorlanadi. Gushtidan xar xil konservalar tayyorlanadi. Junidan odeyal va xar xil kiyim - kechaklar uchun ishlatiladi. Saxro, kuruk chul sharoitida tuya kuchli kutaridagan hayvondir. Uzok masofalarga hayvonlarni bokishda transport sifatida zarurdir. Tuyachilikni rivojlantirishining bosh markazi Arabistondir. Xozirgi kunda xam arab xalki uchun ishonchli yordamchisi xisoblanadi. Saxro zonalarda kuchib yuradigan 5-6 kishi uchun eng kamida 7 tuya kerakligi aniklangan. Kuchib yuradigan badavlat oilalarda urtacha 25 bosh tuya 15 bosh kuy va 40 bosh echkiga egadir.
Eng muxim maxsulotlaridan biri uning junidir. Bir yilda bir marta qirqiladi. Junni qirqish ikki usulda: qo‘lda va mashinada olib boriladi.
Tuya juni mustaxkamligi, yengilligi va mayinligi bilan xarakterlanadi. O‘zining issiq saqlash barqarorligiga egadir. Tuya junidan odeyal, gazlama, ro‘mollar va yupqa movut ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Tuyalardan o‘rtacha 4-5 kg jun olinadi. Ikki o‘rkachli tuyalardan eng ko‘p jun olinadi. 21 kg gacha jun olinganligi isbotlangan. Yosh tuyalarning juni pishiq bo‘ladi. Junning mustaxkamligi bo‘yicha ikki o‘rkachlilar bir o‘rkachlilardan ustun turadi.
Kuchmanchi xalklar tuya junidan mustaxkam gazlama va rumollar tayyorlashadi. Yogli tuyalar sutidan xam yog olinadi va ozik-ovkat maxsulotlarida keng foydalaniladi. Saxro zonalarida medisina punktlari yuk. Xalk kadimgi medisina ishlarida kullaniladigan darmon-dorilardan biri tuya siydigan keng usulda, ayniksa kuzlar shamollaganda keng foydalaniladi. 2 mln.dan ziyod afgon xalki xayotini kuchib yurish bilan utkazadi. Ular yashaydigan palatkalar echki va tuya juni bilan koplangan buladi.
Saxro va kuruk chul sharoitida juda kuchli yuk kutaradigan va yuk tortadigan hayvonlar ichida tuyalar muxim axamiyatga ega. Chorva mollarini uzok masofalarga bokishda trasport sifatida tuyalarning xizmati muximdir. Xozirgacha Arab davlatining forsiy kultigida tuyalarning sakrab chopishi buyicha milliy an’analar utkazilib kelinmokda. Uyin Arab amirligi birlashmasining Markazi Masxad shaxrida utkaziladi.
Tuya go‘shti boshqa qishloq xo‘jalik hayvonlari go‘shti qatori pishirib, qovurib iste’mol qilinadi. Lekin qari, ishchi va past semizlik darajasidagi tuyalarning go‘shti qattiq, go‘sht tolalari kattadir va tarkibida ko‘p glikogenni saqlashidir, shuning uchun ko‘pincha ulardan xar xil konservalar tayyorlanadi.

Download 48.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling