11-mavzu. Neft va gaz konlarining ishlash usullari. Reja


Download 190.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana19.12.2022
Hajmi190.86 Kb.
#1033697
  1   2   3   4
Bog'liq
11-ma\'ruza



11-MAVZU. NEFT VA GAZ KONLARINING ISHLASH USULLARI. 
Reja: 
1.Konlarni ishlatish usullarining turlari.
2.Energiya turlari va ularni hosil qiluvchi manbalar.
3.Quduqlarni jihozlash jarayonlari. 
1.Konlarni ishlatish usullarining turlari. 
Quduqlarni burg‘ilashda, sementlashda va perforatsiyalashda ularning tanasi 
ustigacha loyli eritma bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Loyli eritma ustini qatlamga bosim 
hosil qiladi, bu bosim qatlam bosimiga teng yoki ortiq bo‘ladi. Bunday sharoitda 
quduq yo‘nalishi bo‘ylab qatlamda suyuqlikni yoki gazni hech qanday harakati 
bo‘lmaydi. Qatlamdan quduqqa suyuqlik yoki gaz oqimi bo‘lishi uchun suyuqlik 
ustunining bosimini qatlam bosimiga nisbatan kamaytirish kerak. 
Qatlam bosimi bilan quduq tubi bosimi orasida farq hosil bo‘lganda, suyuqlik 
yoki gaz quduqqa qarab harakatlanib, perforatsion teshiklar orqali quduqqa kela 
boshlaydi. 
Quduq ishga tushgandan keyin qatlam bosimi nisbatan sekin o‘zgara 
boshlaydi. Agar vaqtning biror oralig‘ida (oy, kvartal) qatlam bosimi deyarli 
o‘zgarmasa, quduqqa kelayotgan suyuqlik oqimi, shunga uxshash sharoit-larda, 
asosan quduq tubidagi bosim kattaligiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Qatlam va tub 
bosimlari orasidagi farq (Rqat-Rtub) depressiya deyiladi. 
Neft va gaz quduqlarini berilgan turli depressiyalarda ishlatish mumkin
demak, suyuqlik va gazning qatlamdagi harakati jadalligini va quduq debitini keng 
ko‘lamda o‘zgartirish mumkin. 
Shunday qilib, neft uyumlarini ishlatishda o‘zaro bog‘liq ikki jarayon bir 
vaqtning o‘zida sodir bo‘ladi: 
1) qatlam kuchlari ta’siri ostida suyuqlik va gazning neftli qatlamlar tashkil 
topgan g‘ovak muhit orqali harakati; 
2) suyuqlik va gazni quduq tanasi orqali yer sirtiga ko‘tarilishi. 


 Qatlamdagi har bir quduqdan olinayotgan suyuqlikni nazorat qilish va 
boshqarish yo‘li bilan qatlamdagi suyuqlik harakatining hamma jarayonini 
boshqarishga erishiladi. 
Konlarni ishlashda qatlam darajada qatlamdan zahiralari katta yoki kichik 
darajada qatlamdan olinayotgan suyuqlik va gazning joriy miqdoriga bog‘liq 
ravishda kamayadi. Qatlam energiyasining kamayishi bilan qatlamdagi neft 
harakatining jadalligi ham susayadi, uning ba’zi quduq-lariniga kelayotgan oqim 
kamayadi. 
Qatlamdagi neftni yuzaga chiqarish usullari yoki quduqlarni ishlatish usullari 
konlarni ishlash jarayonida o‘zgarmasdan qolmaydi, ular qatlam energiyasining 
kattaligiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. 
Neft quduqlarning hamma ma’lum ishlatish usullarini uchta asosiy guruhga 
ajratish mumkin:
favvorali; 
gazlift; 
mexanizatsiyalashtirilgan. 
Juda katta tabiiy qatlam energiyasi zahiralariga ega bo‘lgan uyum-larda 
quduqlar favvorali ishlatiladi, bunda qatlam energiyalari nafaqat suyuqlikni qatlam 
bo‘yicha harakatlanishiga, balki uni yuzaga chiqarishga xam yetarlidir. 
Suyuqlikni yuzaga to‘liq chiqarishga qatlam energiyasi zahiralari yetmasa, 
quduqlarni mexanizatsiyalashtirilgan usulda ishlatiladi, ya’ni neftni yuqoriga 
ko‘tarish u yoki bu mexanizm yordamida amalga oshiriladi. 
Yangi, hali hech qanday mahsulot qazib olinmagan uyumlardagi har bir 
quduqni ishlatish vaqtini ikki davrga bo‘lish mumkin. Uyumda tabiiy energiyalar 
zaxirasi ko‘p bo‘lgan birinchi davrda quduq favvorali ishlatiladi. Bu davr yuqori 
mahsuldorlik bilan xususiyatlanadi, shunday hollar ham bo‘lishi mumkinki, bu 
davrda quduqdan butun ishlatish davrida olingan neft umumiy miqdorining 70% 
ko‘prog‘i olinadi.
Neft qudug‘idagi suyuqlikni tabiiy qatlam enargiyasi hisobiga yuzaga 
chiqadigan usul–favvorali usul deyiladi. Neft bilan birga olinayotgan gaz-ing 


miqdoriga va konni ishlash rejimiga qarab favvora gidrostatik bosim ta’sirida yoki 
kengayish gazni energiyasi hisobiga, shuningdek ikkala omilning bir paytdagi ta’siri 
ostida bo‘lishi mumkin. 
Qatlamning faqat gidrostatik bosimi natijasidagi favvora neft quduqlarini 
ishlatishda juda kam uchraydigan xodisadir. Neft qatlamida gaz bo‘lmasa va qatlam 
bosimi to‘la quduqdagi neft ustuni bosimidan yuqori bo‘lsa, bu hodisa ruy beradi. 
Ko‘p hollarda favvoraning asosiy omili gaz hisoblanadi, gaz har doim 
qatlamda neft bilan birga bo‘ladi. Bu suv tazyiqli usul bilan aniq ifoda-langan konlar 
uchun ham o‘rinlidir. Masalan, ko‘pgina suv tazyiqli konlarda ishlashning 
boshlang‘ich paytlarda gaz neftda butunlay erigan holda bo‘lgan. Demak, bu holda 
qatlamda faqat suyuqlik harakat qiladi. Bu qatlamga o‘tka-zilgan quduqni 
o‘zlashtirishda erkin gaz neftdan ko‘tarma quvurlardagina, bosim tuyinish bosimdan 
kam bo‘lgan chuqurlikda ajralib chiqadi. Bunday holda neft gidrostatik bosim va 
quduqning faqat yuqori qismidagi erkin gaz energiyasi hisobiga ko‘tarila boshlaydi. 
Neftni gazga tuyinish bosimiga mos keluvchi chuqurlikda gaz neftdan mayda 
pufakchalar shaklida ajralib chiqa boshlaydi. Gaz pufakchalari quduq bo‘ylab 
yuqoriga ko‘tarilgan sari ularga bo‘lgan bosim kamaya boradi, bu bosim berilgan 
nuqta ustidagi gazlangan suyuqlik ustunining bosimiga teng bo‘ladi. Bosim kamaya 
borgan sari gaz hajmi orta boradi, natijada yuqoriga chiqayotgan suyuqlik va gaz 
qorishmasining solishtirma og‘irligi kamaya boradi. Bu suyuqlik sathini quduq 
ustigacha ko‘tarilishiga olib keladi. 
Demak, quduqdagi favvora qatlamdagi bosim bilan suyuqlik ustuni-ning 
quduq tubiga bosimi orasidagi farqi natijasida sodir bo‘ladi. Bunda qatlamdan 
quduqqa keluvchi va yuqori ko‘tarilgan sari kengayuvchi gaz ta’siri katta rol 
o‘ynaydi, bu esa quduqdagi qorishmaning solishtirma og‘irligini kamayishiga va 
suyuqlik sathining ko‘tarilishiga olib keladi. 
Qatlam bosimining pasayishi va uyumni suv bosishi natijasida quduqning 
favvoralanish jadalligi kamayadi; neft va erkin gaz vaqti-vaqti bilan almashinib 
otilib chiqadi, bu esa erkin gazning bekorga sarf bo‘li-shiga olib keladi. Natijada 


qatlamda qolgan energiya quduqdagi suyuqlikni ma’lum balandlikka olib 
chiqishgagina yetadi. 
Kompressorli usulda suyuqlik yuqoriga siqilgan havo yoki gaz quduqqa 
tushirilgan ko‘tarma quvurlar boshmog‘iga beriladi. Gaz yoki havoni siqish 
kompressorlar deb ataluvchi maxsus mashinalarda amalga oshiriladi. 
Suyuqlikni qatlamdan yuqoriga ko‘taruvchi ishchi omil havo bo‘lib 
kompresssorli ko‘targich (lift) erlift deyiladi. Agar ishchi emas, gaz bo‘lsa, bunday 
qurilma gazlift deyiladi.
Havo yoki gaz bilan ishlaydigan ko‘targichning ish prinsipi quyi-dagilardan 
iborat. 
Agar biror idishdagi suyuqlik tubiga o‘zaro biriktirilgan nay sistemasi 
tushirilib, 1 nayga havo yoki gaz yuborilsa, bu naydagi suyuqlik havo (gaz) bosimi 
ostida pastga siqib borib idishga va 2 nayga oqib o‘tadi. Havo naylar ulangan joyga 
yetgandan keyin mayda pufakchalar shaklida 2 nayga o‘tadi va yuqoriga intiladi. 
Yuqoriga harakat qilgan havo pufakchalari hajmi kattalashib, 2 naydagi suyuqlikni 
yuqoriga tortadi. 
11.1-rasm.Havoli ko‘targich sxemasi 
Idishga tashqaridan doimiy ravishda suyuqlik qo‘yib, undagi ma’lum sath 
ushlab turilsa, 1 nayga uzluksiz havo yoki gaz yuborilganda, havo (gaz) bilan 
suyuqlik birga 2 nay orqali yuqoriga chiqadi. Neft quduqlarida yuqoridagi sharoitni 


hosil qilish mumkin, bunda quduq qatlamdan muntazam ravishda suyuqlik kelib 
tushadigan idishdir. 
Havoli yoki gazli ko‘targich hosil qilish uchun odatda quduqni favvo-rali 
ishlatish usulda qo‘llaniladigan nasos-kompressorli quvurlar tushiriladi. 
Quduqqa havo haydashdan oldin undagi suyuqlik sathi shu quduq joylashgan 
yerdagi qatlam bosimiga mos bo‘lgan ma’lum chuqurlikda bo‘ladi. Bu sath statik 
sath deyiladi. Quduqning quvurlararo bo‘shlig‘iga havo haydalganda undagi 
suyuqlik ko‘targich quvurlariga, hamda hovali quvur va ishlatish quvurlar birikmasi 
orasidagi quvur tashqi bo‘shlig‘iga oqib o‘tadi. 
Suyuqlikning bir qismi quduqdan qatlamga siqib qo‘yiladi. Suyuqlik 
quvurlararo bo‘shliqdan ko‘targich birikma tubigacha siqilgan vaqtda haydash 
bosimi maksimal kattalikka erishadi. Bu bosim quvurlardagi va quvurlararo 
bo‘shliqdagi suyuqlik ustunini muvozanatda ushlab turadi va ishga tushirish bosimi 
deyiladi. 
Quduqqa havoni haydagan sari u ko‘targich quvurlarga o‘tib, gazlangan 
suyuqlik bilan birga yuqoriga ko‘tariladi. Havo va suyuqlik aralashmasi quduq 
og‘ziga kelgandan keyin birinchi otqin yer yuzasiga chiqadi, haydash bosimi 
birdaniga tushib ketadi, chunki bu bosim kuchli gazlangan suyuqlikni juda kam 
solishtirma og‘irlik bilan muvozanatda ushlab turadi. Bosim tushgandan keyin 
qatlam bosimi ostida qatlamdan quduqqa suyuqlik kela boshlaydi, bu suyuqlik 
ko‘targich birikma tubiga yetgandan, u yerdan haydalayotgan yangi havo bilan 
yuqoriga otilib chiqadi. 
Quduqning o‘rnatilgan ish rejimida uning quvurlararo bo‘shlig‘idagi suyuqlik 
sathi ma’lum chuqurlikda bo‘ladi. Bu sath dinamik sath deyiladi, chunki undan 
quduq tubigacha bo‘lgan suyuqlik ustuni quduq ishga tushgan paytdagi tub bosimiga 
mos keladi.
Bunda havo haydash bosimi–ish bosimi deyiladi. Statik bosim bilan dinamik 
bosim orasidagi farq qatlam bosimi bilan quduq tubi bosimi orasidagi farqqa mos 
keladi. Bu farq qancha katta bo‘lsa yoki bosim ayirmasi katta bo‘lsa, quduqqa 
keluvchi qatlamlardan keluvchi neft oqimi shuncha jadalroq bo‘ladi, demak, 


quduqning debiti shuncha katta bo‘ladi. Ishlatishning kompressorli usuli mohiyati 
bo‘yicha favvora usulining sun’iy davomi hisoblanadi; quduqqa haydalgan gaz yoki 
havo, yetishmayotgan qatlam gazini to‘ldiradi, suyuqlikni yuqoriga chiqarish bilan 
bog‘liq ishni bajaradi. 
Kompressorli usul bilan quduqning yuqori unumdorlikda ishlashini 
ta’minlash mumkin, chunki bu usul favvora usuli bilan ishlashdan farq qilmaydi. 
Shuning uchun kompressor usuli katta miqdorda suyuqlikni haydab chiqariladigan 
va gaz ko‘targichning samarali ishlashi uchun yetarli suyuqlik ustuniga ega bo‘lgan 
quduqlarda muvaffaqiyat bilan qo‘llaniladi. 
Сhuqurlik nasosi uskunalari, shtangali uskunalar, balansirli va balansirsiz 
turlari, sho’ktirma markazdan qoshma elektr nasoslar, gidravlik va elektr 
yuritkishlar, sho’ktirma porshenli nasoslar, maxsus vibrasion, membranali,
elektromagnitli nasoslar, so’qma (nsv) quvurli nasos, tashqi (nsn) turdagi nasos,
nasos shtangalari, nasosning to’ldirilish koeffisienti, protektor elektryuritgish, nasos 
suzgichi. 

Download 190.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling