11-mavzu. Neft va gaz konlarining ishlash usullari. Reja
Download 190.86 Kb. Pdf ko'rish
|
11-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Konlarni ishlatish usullarining turlari.
11-MAVZU. NEFT VA GAZ KONLARINING ISHLASH USULLARI. Reja: 1.Konlarni ishlatish usullarining turlari. 2.Energiya turlari va ularni hosil qiluvchi manbalar. 3.Quduqlarni jihozlash jarayonlari. 1.Konlarni ishlatish usullarining turlari. Quduqlarni burg‘ilashda, sementlashda va perforatsiyalashda ularning tanasi ustigacha loyli eritma bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Loyli eritma ustini qatlamga bosim hosil qiladi, bu bosim qatlam bosimiga teng yoki ortiq bo‘ladi. Bunday sharoitda quduq yo‘nalishi bo‘ylab qatlamda suyuqlikni yoki gazni hech qanday harakati bo‘lmaydi. Qatlamdan quduqqa suyuqlik yoki gaz oqimi bo‘lishi uchun suyuqlik ustunining bosimini qatlam bosimiga nisbatan kamaytirish kerak. Qatlam bosimi bilan quduq tubi bosimi orasida farq hosil bo‘lganda, suyuqlik yoki gaz quduqqa qarab harakatlanib, perforatsion teshiklar orqali quduqqa kela boshlaydi. Quduq ishga tushgandan keyin qatlam bosimi nisbatan sekin o‘zgara boshlaydi. Agar vaqtning biror oralig‘ida (oy, kvartal) qatlam bosimi deyarli o‘zgarmasa, quduqqa kelayotgan suyuqlik oqimi, shunga uxshash sharoit-larda, asosan quduq tubidagi bosim kattaligiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Qatlam va tub bosimlari orasidagi farq (Rqat-Rtub) depressiya deyiladi. Neft va gaz quduqlarini berilgan turli depressiyalarda ishlatish mumkin, demak, suyuqlik va gazning qatlamdagi harakati jadalligini va quduq debitini keng ko‘lamda o‘zgartirish mumkin. Shunday qilib, neft uyumlarini ishlatishda o‘zaro bog‘liq ikki jarayon bir vaqtning o‘zida sodir bo‘ladi: 1) qatlam kuchlari ta’siri ostida suyuqlik va gazning neftli qatlamlar tashkil topgan g‘ovak muhit orqali harakati; 2) suyuqlik va gazni quduq tanasi orqali yer sirtiga ko‘tarilishi. Qatlamdagi har bir quduqdan olinayotgan suyuqlikni nazorat qilish va boshqarish yo‘li bilan qatlamdagi suyuqlik harakatining hamma jarayonini boshqarishga erishiladi. Konlarni ishlashda qatlam darajada qatlamdan zahiralari katta yoki kichik darajada qatlamdan olinayotgan suyuqlik va gazning joriy miqdoriga bog‘liq ravishda kamayadi. Qatlam energiyasining kamayishi bilan qatlamdagi neft harakatining jadalligi ham susayadi, uning ba’zi quduq-lariniga kelayotgan oqim kamayadi. Qatlamdagi neftni yuzaga chiqarish usullari yoki quduqlarni ishlatish usullari konlarni ishlash jarayonida o‘zgarmasdan qolmaydi, ular qatlam energiyasining kattaligiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Neft quduqlarning hamma ma’lum ishlatish usullarini uchta asosiy guruhga ajratish mumkin: favvorali; gazlift; mexanizatsiyalashtirilgan. Juda katta tabiiy qatlam energiyasi zahiralariga ega bo‘lgan uyum-larda quduqlar favvorali ishlatiladi, bunda qatlam energiyalari nafaqat suyuqlikni qatlam bo‘yicha harakatlanishiga, balki uni yuzaga chiqarishga xam yetarlidir. Suyuqlikni yuzaga to‘liq chiqarishga qatlam energiyasi zahiralari yetmasa, quduqlarni mexanizatsiyalashtirilgan usulda ishlatiladi, ya’ni neftni yuqoriga ko‘tarish u yoki bu mexanizm yordamida amalga oshiriladi. Yangi, hali hech qanday mahsulot qazib olinmagan uyumlardagi har bir quduqni ishlatish vaqtini ikki davrga bo‘lish mumkin. Uyumda tabiiy energiyalar zaxirasi ko‘p bo‘lgan birinchi davrda quduq favvorali ishlatiladi. Bu davr yuqori mahsuldorlik bilan xususiyatlanadi, shunday hollar ham bo‘lishi mumkinki, bu davrda quduqdan butun ishlatish davrida olingan neft umumiy miqdorining 70% ko‘prog‘i olinadi. Neft qudug‘idagi suyuqlikni tabiiy qatlam enargiyasi hisobiga yuzaga chiqadigan usul–favvorali usul deyiladi. Neft bilan birga olinayotgan gaz-ing miqdoriga va konni ishlash rejimiga qarab favvora gidrostatik bosim ta’sirida yoki kengayish gazni energiyasi hisobiga, shuningdek ikkala omilning bir paytdagi ta’siri ostida bo‘lishi mumkin. Qatlamning faqat gidrostatik bosimi natijasidagi favvora neft quduqlarini ishlatishda juda kam uchraydigan xodisadir. Neft qatlamida gaz bo‘lmasa va qatlam bosimi to‘la quduqdagi neft ustuni bosimidan yuqori bo‘lsa, bu hodisa ruy beradi. Ko‘p hollarda favvoraning asosiy omili gaz hisoblanadi, gaz har doim qatlamda neft bilan birga bo‘ladi. Bu suv tazyiqli usul bilan aniq ifoda-langan konlar uchun ham o‘rinlidir. Masalan, ko‘pgina suv tazyiqli konlarda ishlashning boshlang‘ich paytlarda gaz neftda butunlay erigan holda bo‘lgan. Demak, bu holda qatlamda faqat suyuqlik harakat qiladi. Bu qatlamga o‘tka-zilgan quduqni o‘zlashtirishda erkin gaz neftdan ko‘tarma quvurlardagina, bosim tuyinish bosimdan kam bo‘lgan chuqurlikda ajralib chiqadi. Bunday holda neft gidrostatik bosim va quduqning faqat yuqori qismidagi erkin gaz energiyasi hisobiga ko‘tarila boshlaydi. Neftni gazga tuyinish bosimiga mos keluvchi chuqurlikda gaz neftdan mayda pufakchalar shaklida ajralib chiqa boshlaydi. Gaz pufakchalari quduq bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilgan sari ularga bo‘lgan bosim kamaya boradi, bu bosim berilgan nuqta ustidagi gazlangan suyuqlik ustunining bosimiga teng bo‘ladi. Bosim kamaya borgan sari gaz hajmi orta boradi, natijada yuqoriga chiqayotgan suyuqlik va gaz qorishmasining solishtirma og‘irligi kamaya boradi. Bu suyuqlik sathini quduq ustigacha ko‘tarilishiga olib keladi. Demak, quduqdagi favvora qatlamdagi bosim bilan suyuqlik ustuni-ning quduq tubiga bosimi orasidagi farqi natijasida sodir bo‘ladi. Bunda qatlamdan quduqqa keluvchi va yuqori ko‘tarilgan sari kengayuvchi gaz ta’siri katta rol o‘ynaydi, bu esa quduqdagi qorishmaning solishtirma og‘irligini kamayishiga va suyuqlik sathining ko‘tarilishiga olib keladi. Qatlam bosimining pasayishi va uyumni suv bosishi natijasida quduqning favvoralanish jadalligi kamayadi; neft va erkin gaz vaqti-vaqti bilan almashinib otilib chiqadi, bu esa erkin gazning bekorga sarf bo‘li-shiga olib keladi. Natijada qatlamda qolgan energiya quduqdagi suyuqlikni ma’lum balandlikka olib chiqishgagina yetadi. Kompressorli usulda suyuqlik yuqoriga siqilgan havo yoki gaz quduqqa tushirilgan ko‘tarma quvurlar boshmog‘iga beriladi. Gaz yoki havoni siqish kompressorlar deb ataluvchi maxsus mashinalarda amalga oshiriladi. Suyuqlikni qatlamdan yuqoriga ko‘taruvchi ishchi omil havo bo‘lib kompresssorli ko‘targich (lift) erlift deyiladi. Agar ishchi emas, gaz bo‘lsa, bunday qurilma gazlift deyiladi. Havo yoki gaz bilan ishlaydigan ko‘targichning ish prinsipi quyi-dagilardan iborat. Agar biror idishdagi suyuqlik tubiga o‘zaro biriktirilgan nay sistemasi tushirilib, 1 nayga havo yoki gaz yuborilsa, bu naydagi suyuqlik havo (gaz) bosimi ostida pastga siqib borib idishga va 2 nayga oqib o‘tadi. Havo naylar ulangan joyga yetgandan keyin mayda pufakchalar shaklida 2 nayga o‘tadi va yuqoriga intiladi. Yuqoriga harakat qilgan havo pufakchalari hajmi kattalashib, 2 naydagi suyuqlikni yuqoriga tortadi. 11.1-rasm.Havoli ko‘targich sxemasi Idishga tashqaridan doimiy ravishda suyuqlik qo‘yib, undagi ma’lum sath ushlab turilsa, 1 nayga uzluksiz havo yoki gaz yuborilganda, havo (gaz) bilan suyuqlik birga 2 nay orqali yuqoriga chiqadi. Neft quduqlarida yuqoridagi sharoitni hosil qilish mumkin, bunda quduq qatlamdan muntazam ravishda suyuqlik kelib tushadigan idishdir. Havoli yoki gazli ko‘targich hosil qilish uchun odatda quduqni favvo-rali ishlatish usulda qo‘llaniladigan nasos-kompressorli quvurlar tushiriladi. Quduqqa havo haydashdan oldin undagi suyuqlik sathi shu quduq joylashgan yerdagi qatlam bosimiga mos bo‘lgan ma’lum chuqurlikda bo‘ladi. Bu sath statik sath deyiladi. Quduqning quvurlararo bo‘shlig‘iga havo haydalganda undagi suyuqlik ko‘targich quvurlariga, hamda hovali quvur va ishlatish quvurlar birikmasi orasidagi quvur tashqi bo‘shlig‘iga oqib o‘tadi. Suyuqlikning bir qismi quduqdan qatlamga siqib qo‘yiladi. Suyuqlik quvurlararo bo‘shliqdan ko‘targich birikma tubigacha siqilgan vaqtda haydash bosimi maksimal kattalikka erishadi. Bu bosim quvurlardagi va quvurlararo bo‘shliqdagi suyuqlik ustunini muvozanatda ushlab turadi va ishga tushirish bosimi deyiladi. Quduqqa havoni haydagan sari u ko‘targich quvurlarga o‘tib, gazlangan suyuqlik bilan birga yuqoriga ko‘tariladi. Havo va suyuqlik aralashmasi quduq og‘ziga kelgandan keyin birinchi otqin yer yuzasiga chiqadi, haydash bosimi birdaniga tushib ketadi, chunki bu bosim kuchli gazlangan suyuqlikni juda kam solishtirma og‘irlik bilan muvozanatda ushlab turadi. Bosim tushgandan keyin qatlam bosimi ostida qatlamdan quduqqa suyuqlik kela boshlaydi, bu suyuqlik ko‘targich birikma tubiga yetgandan, u yerdan haydalayotgan yangi havo bilan yuqoriga otilib chiqadi. Quduqning o‘rnatilgan ish rejimida uning quvurlararo bo‘shlig‘idagi suyuqlik sathi ma’lum chuqurlikda bo‘ladi. Bu sath dinamik sath deyiladi, chunki undan quduq tubigacha bo‘lgan suyuqlik ustuni quduq ishga tushgan paytdagi tub bosimiga mos keladi. Bunda havo haydash bosimi–ish bosimi deyiladi. Statik bosim bilan dinamik bosim orasidagi farq qatlam bosimi bilan quduq tubi bosimi orasidagi farqqa mos keladi. Bu farq qancha katta bo‘lsa yoki bosim ayirmasi katta bo‘lsa, quduqqa keluvchi qatlamlardan keluvchi neft oqimi shuncha jadalroq bo‘ladi, demak, quduqning debiti shuncha katta bo‘ladi. Ishlatishning kompressorli usuli mohiyati bo‘yicha favvora usulining sun’iy davomi hisoblanadi; quduqqa haydalgan gaz yoki havo, yetishmayotgan qatlam gazini to‘ldiradi, suyuqlikni yuqoriga chiqarish bilan bog‘liq ishni bajaradi. Kompressorli usul bilan quduqning yuqori unumdorlikda ishlashini ta’minlash mumkin, chunki bu usul favvora usuli bilan ishlashdan farq qilmaydi. Shuning uchun kompressor usuli katta miqdorda suyuqlikni haydab chiqariladigan va gaz ko‘targichning samarali ishlashi uchun yetarli suyuqlik ustuniga ega bo‘lgan quduqlarda muvaffaqiyat bilan qo‘llaniladi. Сhuqurlik nasosi uskunalari, shtangali uskunalar, balansirli va balansirsiz turlari, sho’ktirma markazdan qoshma elektr nasoslar, gidravlik va elektr yuritkishlar, sho’ktirma porshenli nasoslar, maxsus vibrasion, membranali, elektromagnitli nasoslar, so’qma (nsv) quvurli nasos, tashqi (nsn) turdagi nasos, nasos shtangalari, nasosning to’ldirilish koeffisienti, protektor elektryuritgish, nasos suzgichi. Download 190.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling