11-mavzu: Tog‘ mintaqasi dorivor o‘simliklari. Reja


Download 31.28 Kb.
bet1/4
Sana30.01.2023
Hajmi31.28 Kb.
#1140570
  1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tog‘ mintaqasi dorivor o‘simliklari.


11-mavzu: Tog‘ mintaqasi dorivor o‘simliklari.
Reja:

  1. Tog‘ zonasi o‘simliklar qoplami.

  2. Tog‘ zonasi o‘simliklar ro‘yxati.

  3. Tog‘ zonasi o‘simliklar bioekologiyasi.

Kalit so’zlar: tog’, flora, dorivor o’simliklar, “Siradryo-farm”, “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Boysun-farm”, “Bo’stonliq-farm”, tog’ poyasi, pastki tog’.
Prezidentimizning joriy yil 3 maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni shifobaxsh o‘simliklarga boy, ekologik sof Boysun tumanini farmatsevtika sanoati markaziga aylantirish, turli noyob dorivor giyohlardan sifatli dori-darmon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga ega. Mutaxassislarning fikricha, mazkur farmonga muvofiq tashkil etilayotgan “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasida mamlakatimizning farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish uchun mahalliy va xorijlik sarmoyadorlar jalb etilib, ularning samarali investitsiya loyihalarini ruyobga chiqarishga qulay sharoitlar yaratilmoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Boysunda shifobaxsh o‘simliklarni ko‘paytirish, qayta ishlash tashkil etilayotgani hech kim kutmagan oqilona ish bo‘ldi, – deydi Boysun tumanidagi Tog‘chi mahallasida yashovchi mehnat faxriysi R.Jabborov. – Qarang, yonimizda shunday tabiat in’omi bor ekan-u, bilmas ekanmiz. Bolalikdan kiyik o‘ti, chakanda, tog‘ rayhon, namatak, kovul kabi yuzlab yovvoyi o‘tlar iforini tuyib o‘sganmiz. Oyoqlarimiz ostida qovjirab yo‘q bo‘lib ketgan. Esimni tanibmanki, bunday giyohlar o‘sadigan keng maydonlar o‘yinqaroq bolalar to‘planadigan joy bo‘lgan. Erta bahordan kech kuzgacha chorva ozuqasi sifatida foydalanilgan. SHifobaxshligini bilgan ayrim odamlargina ehtiyojiga yarasha terib olgan. Qolgani tuproq bilan bitta bo‘lib ketavergan. To‘g‘risini aytsam, davlatimiz rahbari bunday hududlardagi tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish to‘g‘risida aytmagunlaricha hech kimning xayoliga kelmabdi. "Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q", deganlari shu bo‘lsa kerak-da. Qolaversa, bu mehnat resursi kam bo‘lgan tog‘li tuman uchun ko‘plab ish o‘rni degani-ku! Ish esa daromad demak. Daromad oila farovonligi. Endi bu giyohlar xalqimiz manfaati, salomatligi uchun xizmat qilishini eshitib, biz tog‘liklar rosa quvondik.
Kovulning yer ustidagi qismi ham, yer ostidagisi-yu guligacha shifobaxsh. Tibbiyotda bavosil, ich ketishi, tamoq, bosh va tish og‘riqlarida, bod, o‘pka sili, har xil shishlar va o‘n ikki barmoq ichak yaralarini davolashda keng qo‘llaniladi.
Boysun adirlarida o‘sadigan chakanda mevasi va urug‘ining yog‘i og‘riq qoldiruvchi, teri to‘qimasi tiklanishini tezlashtiruvchi, yarani tez bitiruvchi va vitaminga bo‘lgan talabni qondiruvchi vositadir. CHakanda urug‘ining moyi turli teri va ginekologik kasalliklarda ham foyda beradi. Gulxayridan tayyorlangan preparatlar himoyalovchi, yumshatuvchi va shamollashga qarshi xususiyatga ega. Balg‘am ko‘chiruvchi va og‘rik qoldiruvchi ta’siri bor. U surunkali bronxit, laringit, o‘pka pnevmaniyasi va astma kasalliklarida, oshqozon gastriti, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yallig‘lanishida foyda beradi. Xullas, bu hududda o‘sadigan giyoh borki, qaysidir dardga malham, sog‘lom kishiga quvvat bo‘ladi. Faqat ulardan to‘g‘ri foydalana bilish kerak, xolos.
Viloyat hokimligidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, tog‘li tumanda aniqlangan va yovvoyi holda o‘sadigan 20 dan ortiq dorivor giyohni madaniylashtirish choralari ko‘rilmoqda. 10 ga yaqin madaniylashtirilgan shifobaxsh o‘simliklarni etishtirish yo‘lga qo‘yilayotir. 13 turdagi dorivor giyohlardan sanoat plantatsiyasi yaratish mo‘ljallanmoqda. Erkin iqtisodiy zonani tashkil etish uchun tumandagi “Sayrob” xo‘jaligining Xo‘jabulg‘on uchastkasi hududidan 39,5 gektar yer maydoni ajratilgan. Dorivor giyohlarni etishtirish va qayta ishlash istagini bildirgan investorlarning tashabbuslari o‘rganilib, qo‘llab- quvvatlanmoqda. 15 turdagi tibbiyot buyumlari va dori-darmon ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni tashkil etish uchun 44,2 million dollor qiymatidagi loyiha smetasi ishlab chiqilgan.
“Boysun-farm” plantatsiyalarida mahalliy sharoitda o‘sadigan moychechak, olabo‘ta, zanjabil, arslonquyruq, namatak, tirnoqgul, gulxayri, qirqbo‘g‘in, bo‘rigul, kiyik o‘ti, kovul kabi ko‘plab giyohlar bilan birga, boshqa mintaqalarga xos steviya, raxitaka, trifala, shankxa pushpi, finlantus niruri, papayya singari noyob o‘simliklarni etishtirish ham rejalashtirilmoqda.

Download 31.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling