I kirish II. Asosiy qisim 1 chakanda o`simligi haqida umumiy ma`lumot


Download 430.28 Kb.
bet1/5
Sana09.05.2023
Hajmi430.28 Kb.
#1448069
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Chakanda tayyori


MAVZU: CHAKANDA O`SIMLIGINI YETISHTIRISH TEXNALOGIYASI DORIVOR XUSUSIYATLARI VA UMUMIY TA`RIF.
I.KIRISH
II. ASOSIY QISIM
2.1 CHAKANDA O`SIMLIGI HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT
2.2 CHAKANDA O`SIMLIGI BIOEKOLOGIYASI VA KO’CHATCHILIGI.
2.3 CHAKANDA O`SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
V. ILOVA
VI. MUNDARIJA


I.Kirish
O’simliklarning dorivor vosita sifatida qo’llanilish tarixi insoniyat tarixiga teng va u bilan chambarchas bog’langan. Boshlang’ich davrda insonlar kasallarni davolashda o’z atrofida o’sadigan o’simliklardan foydalangan. Yerlarni bosib olinishi, savdo yo’linim ochilishi, xalqlar o’rtasidagi aloqalar yaxshilanishi dorivor vositalarni keng yoyilishi va turlarini ko’payishiga olib kelgan.Bugungi kunda aholi o’z uyida dorivor o’simliklardan turli xil dori shaklini tayyorlab, undan foydalanish holati juda ko’p uchraydi.Bu albatta aholini tibbiy bilimi, dorivor o’simliklar haqida yetarlicha bilimga ega ekanligidan dalolat beradi. Dorivor vositalarni kimyoviy yo’l bilan sintez qilib olish ancha keyin boshlangan. Dorivor o'simliklar va ulardan olinadigan preparatlarga tibbiyotda kelajakda talabni yanada oshirishga asosiy sabablardan biri sintez yo'li bilan olingan har bir kimyoviy dorivor preparatni uzoq vaqt uzluksiz ravishda iste'mol qilish inson va hayvonlar organizmida turli ko'ngilsiz o'zgarishlarga olib kelishidir. Shunga ko'ra oxirgi vaqtlarda butun dunyoda o'simlik dorivor preparatlariga-fitopreparatlarga va dorivor o'simliklarga ehtiyoj ko'paymoqda. Bu esa o'z navbatida dorivor o’simliklar ahamiyatini yanada oshishi, yangi ilmiy izlanishlar olib borib, dorivor o’simliklarni izlab topishga sabab bo’ladi.
Hozirgi kunda ishlatiladigan va ishlatilishi mumkin asosanasosan o’zimizda yovvoyi holda o’sadigan, ekib o’stiriladigan, qolaversa ekib o’stirilishi mumkin bo’lgan o’simliklar borligi albatta quvonarli holdir. Dorivor o’simliklarni ishlatilishida qadimgi va hozirgi zamon adabiyotlaridan olingan juda ko’p ma’lumotlar orasidan ilmiy adabiyotda ma’lum darajada tasdiq topgan o’simlik mahsulotlaridan ko’proq davolash uchun tavsiya qilish muhimdir. Qadimgi Misrda kasallar uchun ham, sog‘lom kishilar uchun ham har oyning uchinchi kunida kanakunjut moyini ichish rasm bo‘lgan. Qadimda uyqusizlik kasalligiga yo‘liqqan kishilar Yunoniston shaharlaridan biriga kelishgan. Bemor bu shahar aholisining ko‘knori sharbatidan tayyorlagan ichimligini ichishi bilan tez uyquga ketgan. Ertasi kuni ertalab bu musofirlar dehqonchilik ma’budasi ibodatxonasiga kelib, uyqu keltiruvchi va og‘riqni bosuvchi gulni kishilarga hadya etgani uchun ma’budaga minnatdorchilik bildirganlar. Ibodatxona kohinlari ko‘knoridan gulchambar taqib yurishgan.
Ayrim hollarda dorivor o‘simliklarni aniqlash insonga qimmatga tushgan, chunki dorivor o‘simliklar ta’sirini u dastlab o‘zida sinab ko‘rgan. Zubturum bargi oyoqdagi yarani tuzat­gan, qichitqi o‘t bargi esa kuydirgan. Bir qism limono‘t mevasi ovchiga kuni bo‘yi toliqmay hayvon ovlashga yordam beradi, mingdevona mevasi esa kishining qo‘l-oyog‘ini tirishtirib, esi past odamga o‘xshab poyma-poy so‘zla­shiga sabab bo‘ladi.
Tibbiyotda va farmatsiyada tarkibida kishi organizmiga ta'sir etuvchi kimyoviy moddasi bo'lgan dorivor o'simlik organlari mahsulotlari ishlatiladi.
Dorivor mahsulotlar sifatida o'simliklarning ildizi, bargi, po'stlog'i, guli, mevasi va boshqa qismlaridan foydalaniladi.
Asosiy dorivor o’simliklar xomashyosini yetkazib beruvchi davlatlar orasida eng yirikdavlar Xitoy bo’lib, 140450 tonna mahsulot sotadi, so’ngra keying o’rinlarni Xindiston - 35650 tonna, Germaniya -14900 tonna, CHili - 11700 tonna, Singapur - 14400 va boshqa davlatlar egallaydi. Mustaqil davlatlar hamdo’stligiga a‘zo davlatlarda ham dorivor o’simliklar va ulardan tayyorlanadigan dori vositalariga e‘tibor kuchayib bormoqda. Ayniqsa, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va boshqa davlatlarda xalqaro korporatsiyalar va farmatsevtik firmalarda, dorivor o’simliklardan tayyorlangan choylar, yig’malar, ekstraktlar, damlamalar, qaynatmalar keng qo’llanila boshladi. Hozirgi kunda chetel yetuk davlatlarida (Yevropada) Abu Ali ibn Sino tavsiya qilgan o’simliklar va yig’malardan foydalanadigan yirik korxona va tashkilotlar mavjud. O’zbekistonda, olim vatanida, bunday tashkilot yoki korxonalarni tashkil qilish juda o’rinlidir. O’zbekistonda ham bu sohada ayrim izlanishlar olib borilmoqda, ammo respublikaning hali imkoniyatlari katta.Rivoyatlarga ko‘ra, dorivor zaharli belladonna o‘simligi Shotlandiyadagi bir qishloq aholisining dushmandan qutulishiga yordam bergan. Qishloqni Daniya askarlari ishg‘ol qilgan. Ular g‘alaba sharafiga pivo ichib, g‘oliblikdan mag‘lublikka duchor bo‘lganlar. Shotlandiyaliklar pivoga aralashtirib bergan belladonnaning zaharli sharbati daniyalik askarlarni shol qilib qo‘ygan.
Qadim zamonlarda kishilarning bilim darajasi yetarli bo‘lmaganligi tufayli o‘simliklar ularga sehrli va fusunkor bo‘lib ko‘ringan. Xazinalar yashiringan joyni topib beradigan, es-hushni olib qo‘yadigan, sevmaganni sevdiradigan o‘tlar borligiga ishonganlar. Odamchalarga o‘xshash jenshen va mehrigiyoh ildizi haqida ko‘pdan-ko‘p afsonalar to‘qilgan. Jen­shen ildizining kuchsizlanib, holdan toygan kishilarga quvvat bag‘ishlashi, albatta, mo‘jiza deb bilingan. Vaqtlar o‘tishi bilan ilm va fan muayyan o‘simliklikning qanday qilib davo bo‘lishini tushuntirib berdi, afsonaviy gaplar esa, o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketdi. Ba’zi dorivor o‘simliklar, masalan, yalpiz plantatsiyalarda ko‘paytirilmoqda; tishini yuvishdan erinmaydigan har bir kishi yalpiz moyidan har kuni bahramand bo‘ladi. Dorivor o‘simliklarning shifobaxshligi — ular tarkibida ma’lum ta’sir qiluvchi kimyoviy moddalar: alkaloidlar, flavonoidlar, glikozinlar, vitaminlar, oshlovchi moddalar va boshqalar borligidadir.Shularni e’tiborga olib, mening kurs ishim ham muhim asosga ega ekanligiga xulosa chiqarish mumkin.
Respublika hududlarida dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlashga doir ilmiy tadqiqotlarning yagona bazasini yaratish, xorijiy davlatlarning ilg‘or ilmiy ishlanmalarini o‘rganib borish, yetakchi ilmiy muassasalar bilan hamkorlik o‘rnatish hamda zamonaviy texnologiyalar, ilmiy ishlanmalarni respublikaga joriy etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni kuchaytirish maqsadida:
1. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Fanlar akademiyasining “Shifobaxsh” dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi negizida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz)ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:dorivor o‘simliklarni ilmiy asosda yetishtirish va qayta ishlash, ulardan oqilona foydalanishning yagona strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish;respublika hududidagi yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar areallarini o‘rganish va zaxiralarini aniqlash, mavjud bioresurslar genofondini saqlash, onalik plantatsiyalarini tashkil etish;urug‘lik materiallarini yetishtirish va tayyorlash, ko‘paytirish, kolleksion ko‘chatxonalar tashkil etish hamda ularning xomashyolarini qayta ishlash bilan bog‘liq ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish;dorivor o‘simliklarni muayyan tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda madaniy holda yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib, madaniy holda yetishtiriladigan dorivor o‘simliklarning agrotexnologik xaritalarini Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqish;dorivor o‘simliklar kimyoviy tarkibini o‘rganish, mahsulotini standartlash va sertifikatlash;dorivor o‘simliklarga bo‘lgan ichki va tashqi bozorlar talabini o‘rganish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘tkazish;dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi va qayta ishlovchi fermer xo‘jaliklari, tashkilotlar va boshqa subyektlar rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirib borishga yo‘naltirilgan dasturlarni tayyorlash va o‘qitish tizimini tashkil etish.
3. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Markazning o‘rmon fondi yerlarida namunaviy plantatsiyalar, laboratoriyalar barpo etish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish maqsadida xususiy sektorni jalb etgan holda dorivor o‘simliklarni yetishtirish va ilmiy-ishlab chiqarish klastyerlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Bunda:
dorivor o‘simliklarni yetishtirish, ilmiy-ishlab chiqarish klastyerlari faoliyati bank kreditlari, tashabbuskorlar mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;dorivor o‘simliklarni klaster va kooperatsiya usulida yetishtirish bo‘yicha xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan aniq loyihalar Markaz tomonidan tijorat banklariga taqdim etiladi.
4. Belgilansinki:
Markazga tashqi va ichki bozor talablari hamda marketing natijalaridan kelib chiqib, har yili 1-iyunga qadar dorivor o‘simliklar ekinlarini joylashtirish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligiga va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga takliflar kiritish huquqi beriladi;dorivor o‘simliklarni to‘plash (g‘amlash), ularni olib kirish va tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berganlik, arizalarni ko‘rib chiqqanlik uchun undirilib, mahalliy budjetga yo‘naltiriladigan to‘lovlarning 20 foizi Markaz tomonidan tabiiy holda o‘suvchi, shu jumladan yo‘qolib borayotgan dorivor o‘simliklarni saqlash, xatlovdan o‘tkazish, ularning madaniy plantatsiyalarini yaratish, onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirishga doir texnologik xaritalar ishlab chiqish xarajatlarini qoplash uchun yo‘naltiriladi;Markaz amalga oshirilgan chora-tadbirlar, erishilgan yutuqlar, amaliyotdagi muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni har chorakda taalluqliligiga qarab O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etib boradi.
5. Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markaziga
1-ilovaga muvofiq ro‘yxatdagi muassasalar uslubiy va amaliy yordam berish uchun biriktirilsin.
Bunda, har bir muassasa tabiiy holda o‘suvchi, shu jumladan yo‘qolib borayotgan dorivor o‘simliklarni saqlash, xatlovdan o‘tkazish, ularning madaniy plantatsiyalarini yaratish, onalik maydonlari va ko‘chatzorlarini tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirishga doir texnologik xaritalar ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va ishlanmalar ishlab chiqish uchun mutaxassislarni biriktiradi.
6. Markaz Fanlar akademiyasi (B.S. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Y. Abduraxmanov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) bilan birgalikda:
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan dorivor o‘simliklarga doir ilmiy tadqiqotlar, yangi innovatsion ishlanmalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirsin, shuningdek, ularning tizimli ravishda yangilab borilishini ta’minlasin;tibbiyotda va xalq tabobatida faol qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar kolleksiyasi uchastkasi va genbankini tashkil etsin;
Markaz huzurida dorivor o‘simliklar xomashyosi va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlash va standartlashtirish laboratoriyasini tashkil etsin. Bunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Markazning aniq hisob-kitoblariga asosan Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jalb etilgan kredit mablag‘laridan mazkur laboratoriyani tashkil etishga yo‘naltirish choralarini ko‘rsin.


Download 430.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling