11 sinf "Biologiya" darsligi asosida. 2018 Quruqlik-havo muhiti


Download 9.11 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi9.11 Kb.
#1832217
  1   2   3
Bog'liq
Quruqlik-havo, tupr


6-§. Quruqlik-havo, tuproq, tirik organizmlar yashash muhitlari sifatida
11 sinf "Biologiya" darsligi asosida. 2018
  • Quruqlik-havo muhiti. Quruqlik-havomuhitining o‘ziga xos jihatlaridan biri, bu muhitda yashovchi tirik organizmlar quruqlikda harakatlangani bilan, ularning hayoti bevosita havo muhiti bilan ham bog‘liq. Havo gazlar aralashmasidan iborat. Havo tarkibida gazlar miqdori nisbatan doimiy bo‘lib, 78,08% i azot, 20,9% i kislorod, 1% i inert gazlar, 0,03% i karbonat angidrid gazlaridan tashkil topgan.

Quruqlik-havo muhitida tirik organizmlarga ta’sir ko‘rsatadigan ekologik omillar ham bir qancha o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Quruqlik-havo muhitida yorug‘lik kuchliroq ta’sir qiladi, harorat va namlik geografik hudud, yil mavsumi va kunning turli vaqtlariga bog‘liq holda juda o‘zgaruvchan. Havo massalari gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda harakatlanishi tufayli yana bir ekologik omil – shamolni keltirib chiqaradi.

  • Quruqlik-havo muhitida tirik organizmlarga ta’sir ko‘rsatadigan ekologik omillar ham bir qancha o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Quruqlik-havo muhitida yorug‘lik kuchliroq ta’sir qiladi, harorat va namlik geografik hudud, yil mavsumi va kunning turli vaqtlariga bog‘liq holda juda o‘zgaruvchan. Havo massalari gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda harakatlanishi tufayli yana bir ekologik omil – shamolni keltirib chiqaradi.

Havoning bilvosita ta’siri shamol orqali amalga oshadi, chunki shamol harorat va namlik kabi muhim ekologik omillarning ta’sir xarakterini o‘zgartiradi va organizmlarga mexanik ta’sir ko‘rsatadi. Bir yo‘nalishda esadigan kuchli shamollar o‘simliklarning novdasi, poyalarini egishi natijasida ularni shamol yo‘nalishi tomon burilib o‘sishiga, ayniqsa daraxtlar shox-shabbalarining shakli o‘zgarishiga olib keladi.

  • Havoning bilvosita ta’siri shamol orqali amalga oshadi, chunki shamol harorat va namlik kabi muhim ekologik omillarning ta’sir xarakterini o‘zgartiradi va organizmlarga mexanik ta’sir ko‘rsatadi. Bir yo‘nalishda esadigan kuchli shamollar o‘simliklarning novdasi, poyalarini egishi natijasida ularni shamol yo‘nalishi tomon burilib o‘sishiga, ayniqsa daraxtlar shox-shabbalarining shakli o‘zgarishiga olib keladi.
  • Quruqlik-havo muhiti uchun geografik kengliklar va mintaqalar xos bo‘lib, Yer sharining turli mintaqalarida iqlim sharoitlarining turlicha bo‘lishi, har bir iqlim mintaqasidagi o‘ziga xos o‘simliklar va hayvonot dunyosida aks etadi. Quruqlik-havo muhiti cho‘l, dasht, o‘rmon, g‘or, botqoqlik, tekislik va tog‘lar kabi xilma-xil yashash muhitlari bilan xarakterlanadi.
  • O‘simlik va hayvonlardagi quruqlik-havo muhitida yashashga moslanish lar. Suv muhitidan farq qilib, havoning zichligi katta emas. Shuning uchun bu muhitda o‘simliklarda tayanch vazifasini bajaruvchi mexanik to‘qimaning rivojlanishi katta ahamiyatga ega. Iqlim omillarining keskin o‘zgaruvchanligi esa o‘simliklarda qoplovchi to‘qimalarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
  • Hasharotlar va qushlarda uchishga moslanishlar yuzaga keladi. Havo massalarining harakati ayrim mayda organizmlar (o‘rgimchaklar, hasharotlar) ning passiv tarqalishini ta’minlaydi. Evolutsiya jarayonida hayvonlarda tashqi (bo‘g‘imoyoqlilar) va ichki skeletning (xordalilar) mukammallashuvi havo zichligining pastligi bilan bog‘liq.

Download 9.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling