3-amaliyot(1-u)

Sana01.01.1970
Hajmi
#115718
Bog'liq
3-amaliyot(1-u)


3- amaliy mashg’ulot .
1. Traposfera biror joydagi hozirgi yoki biror vaqtdagi holatiga ob- havo deyiladi. Ob-havoning qandayligi uning elementlari bilan tavsiflanadi. Ob-havo elementlariga havo harorati , namlik , bosim , bulutlilik , shamollar , tiniqligi, yog’inlar kiradi . Ob-havo tez o’zgarib turadi . bir kunda bir necha marta o’zgarishi mumkin . Lekin har bir joyda ob-havo o’zgacha bo’ladi .
Ob-havo meteorologik elementlarning birgalikda olingan miqdorlari bilan belgilanadi ; meteorologik elementlarga atmosfera bosimi , havo va tuproq harorati , havo va tuproq namligi, shamol , bulutlilik , ko’rinish uzoqligi , yogin’lar miqdori va turi , tuman , qor bo’roni , momaqaldiroq va boshqalar kiradi .
Ob-havo kamdan- kam va qisqa vaqt davomida barqaror turadi , u odatda tez-tez o’zgaradi , shuning uchun meteorologik elementlar ham tez-tez – sutkasiga sakkiz marotaba yoki muttasil o’lchab boriladi .
Havo harorati deb , havoning qanchalik isiganiga yoki soviganiga aytiladi . Havo harorati termometr asbobi yordamida o’lchanadi .
2. Inson uchun nisbiy namlik ta’siri kuchliroq bo’ladi .Havoning namligi psixrometr yordamida aniqlanadi . Nisbiy namlik deb , havodagi mavjud namlikning shunday haroratli havo to’yinishi uchun zarur bo’lgan nam miqdori nisbatiga aytiladi . Ya’ni harorat + 20 ‘ C bo’lgan havo to’yinishi uchun 17 gr nam kerak .Havoda esa 8 gr nam bor . Bunda nisbiy namlik 8 : 17 x100 % ga teng . Nisbiy namlik taxminan 47 % bo’ladi . Nisbiy namlik 100 % yetganda yog’in hosil bo’ladi . Yog’in hosil bo’lishi uchun yana kondensatsiya ( sublimatsiya ) yadrosi ham bo’lishi kerak .Havodagi mineral zarralar , muz zarralari kondensatsiya yadrosi bo’ladi . Yog’in turlariga yomg’ir , qor , do’l , qirov , shudring , tuman kiradi .
3. Havoda ma’lum miqdorda suv bug’lari mavjud . Havoda mavjud bo’lgan namlik havo namligi deyiladi . Biroq havoda qancha nam ushlab turilishi mumkinligi havo haroratiga bog’liq . Shu haroratlarda shunchadan nam bo’lgan havo to’yingan havo deyiladi. Havo namligi ikki xil birlikda- mutloq namlik va nisbiy namlik hisobida o’lchanadi .
Muayyan vaqtda havo tarkibida mavjud bo’lgan namlik mutloq namlik deyilib , g/m3, ya’ni 1 m3 havodagi namlik gramm hisobida belgilanadi .
4. Tumanlar va bulutlar suv bug’larining kondensatsiyalanishi natijasida hosil bo’ladi . Havo haroratining pasayishi natijasida esa radiatsion tumanlar hosil bo’ladi . Tumanlarning bu turi o’rta kengliklarda harorat pasayganda , havo ochiq bo’lganda , ko’pincha tunda hosil bo’ladi . Radiatsion tumanlar biror hududga sovuq havo kirib kelganda paydo bo’ladi . Advektiv tumanlar esa iliq , nam havo sovuq havo bilan to’qnashganda hosil bo’ladi .
Yer yuzasidan ma’lum balandlikda atmosferadagi namning kondensatsiyalanish bulutlar hosil bo’ladi . Har bir bulut tez o’zgarib turadigan hosiladir . Bulutlar suv tomchilari , muz kristallari va har ikkalasining aralashmasidan iborat bo’lishi mumkin. Bulutlarning suvli , aralash va muzdan iborst xillari ajratiladi .



Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling