12- amaliy ish Tog’ kompasidan foydalanib tog’ jinsi qatlamlarini yotish holati elementlarini aniqlashni o’rganish. Ishning maqsadi


Download 125.03 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi125.03 Kb.
#1541973
Bog'liq
12 (1)


12- Amaliy ish
Tog’ kompasidan foydalanib tog’ jinsi qatlamlarini yotish holati elementlarini aniqlashni o’rganish.
Ishning maqsadi: Amaliyotda geologik izlanishlarda, tog’- kon ishlarida tog’ jinslarini, foydali qazilma (rudali) jinslarni yer bag’rida yotish, joylashish xolati va tektonik buzilishlar natijasida xosil bo’lgan uzilma, siljishlar va boshqa tog’ jinsida hosil bo’lgan o’zgarishlarni yo’nalishi elementlarini aniqlash lozim bo’ladi. Ushbu amaliy ishni bajarish orqali yuqorida bayon qilingan nazariy bilimlarni mustahkamlash.
Tabiatda cho’kindi xosil bo’lish jarayoni Yerning ustki qismida xamda dengiz, okean, daryo, ko’l tublarida gorizontal qatlamlar ko’rinishida sodir bo’ladi. Bu cho’kindi jinslarning asosiy xususiyatlaridan biridir. Ular yupqa yoki qalin qatlamlar shaklida bo’ladi. Qatlamning ustki chegarasi xamda pastki chegarasi bilan farqlanadi. Qatlam qalinligi – bu qatlamni ustki satxidan (krovlya) – pastki satxigacha (podoshva) bo’lgan eng qisqa masofaga aytiladi.
Cho’kindi tog’ jinsi qatlamining birlamchi yotish xolati – gorizontal yotishi deyiladi va uni yotish qiyalik burchagi nol gradusga teng. Lekin Yer bag’rida ro’y beradigan tektonik xarakatlar natijasida bunday gorizontal yotish xolatidan – boshqa xolatga ya’ni gorizontalga nisbatan burchak ostida ( bu burchak 0° dan 90° gacha o’zgarishi mumkin) yotish xolatiga o’tadi.
Ko’pgina xollarda qatlam xamda plitasimon ko’rinishda foydali qazilmalar ( ko’mir ba h. k.) ham Yer bag’rida ma’lum burchak ostida joylashgan bo’lishi mumkin. Bundan tashqari tektonik siniqlar, uzilmalar, surilmalar ham Yer bag’ridagi tog’ jinslari qatlami va foydali qazilma jismlarini kesib, bo’ylamasiga bir necha o’n, yuz km masofaga ma’lum dunyo tomonlari bo’yicha cho’zilgan bo’lib, Yer bag’rida ko’ndalang kesimi bir necha, o’n km bo’lishi mumkin. Shu sababdan bunday tektonik buzilishlarni yo’nalishi va qaysi burchak ostida Yer bag’rida tog’ jinslarini kesib o’tishini aniqlash lozim bo’ladi.
Tog’ jinsi qatlamlari, foydali qazilma jismlari xamda tektonik yoriq, siniqlarni gorizontal tekislikka nisbatan qiyalik burchagi xamda dunyo tomonlariga nisbatan cho’zilish yonalish azimut burchagi deyiladi. Bundan tashqari ularni tushish yo’nalishi azimut burchagi ham aniqlanadi.
Ma’lum qiyalik burchak ostida yotgan tog’ jinsi qatlamini gorizontal tekislik bilan kesganda hosil bo’lgan chiziqqa, qatlam yo’nalish azimuti deyiladi. Tektonik siniq, yoriq uchun dunyo tomonlariga nisbatan uning yo’nalishi – yo’nalish azimuti deyiladi.
Demak qatlam, foydali qazilma jismlari xamda tektonik yoriq,
siniq va darzlarni yotish, qiyalik va yo’nalish burchaklarini aniqlashda qiyalik burchagi, yotish (tushish) azimuti xamda yo’nalish azimuti kabi elementlari aniqlanadi (12.1 – Rasm).

12.1 – Rasm. Tog’ jinsi qatlamini yotish elementlari:
AB – qatlamni yo’nalishi azimuti.
VG – qatlamning tushish yo’nalishi azimuti.
α – qiyalik burchagi.
Q – gorizontal tekislik.
Tog’ jinsi qatlamlari, tektonik yoriq, siniqlari tushish yo’nalishi azimuti 0° dan 360° gacha o’zgaradi, qiyalik burchagi esa 0° dan 90° gacha o’zgaradi. Agarda qatlamning qiyalik burchagi 90° ga teng bo’lsa, demak qatlam vertikal xolda Yer bag’rida joylashgan bo’ladi. Qatlamning yo’nalish azimut yoki tektonik yoriq, yoki siniqning yo’nalish azimut ham 0° dan 360° gacha o’zgaradi ( 12.2 – Rasm ).
Umuman olganda azimut burchak bu geografik meridian bilan kuzatilgan chiziq yo’nalishi orasidagi burchak xisoblanadi.
Yuqorida bayon qilingan burchaklarni amalda tog’ kompasi ( 12.2 – rasm) yordamida o’lchanadi. Bu asbob ikki asosiy qismdan iborat: 1) Magnit strelkasi – graduslar – minutlarga bo’lingan – limb doirasi bilan ba 2) Qiyalik burchak o’lchash strelkasi – yarim limbi bilan. Magnit strelkasining shimoliy uchi qora rangda, janubiy uchi qizil rangda. Tog’ kompasini, oddiy kompaslardan farqi shundaki – gradus, minut shtrixlari soat strelkasi yo’nalishiga qarama – qarshi bo’lib, 0° (360° ) va 180° sonlari bir to’g’ri chiziqda yotadi. Kompas limbining ichki plastinkasiga dunyo tomonlari 0° (360° ) – Shm (shimol), qarama-qarshi tomonida 180° Jb (janub), 90° - tomonida Shq (sharq), uning qarama- qarshi tomonida 270° G’b (g’arb) ( 12.3 – rasm ).
Kompasdan foydalanishda tog’ jinsi qatlamini yotish (tushish) qiyalik burchagini aniqlash uchun, kompasning ensiz tomonini qatlamga qo’yiladi va burchak o’lchagich strelkasi chizig’i joylashgan sonni (gradus, minutlarda) yozib olinadi ( bu son 0° dan 90° gacha bo’lishi mumkin ) (12.2. v- Rasm). Tog’ jinsi qatlamini cho’zilish azimutini o’lchashni 12.2. b – rasmdagidek amalga oshiriladi. Tog’ jinsi qatlamini tushish yo’nalishi azimutini 12.2.g – rasmdagidek amalga oshiriladi. Har bir o’lchov natijasi yozib boriladi.
Tog’ kompasidan foydalanishda, har doim hisob magnit strelkasining qora tomonidan olinadi.



12.2.Tog’ kompasini umumiy ko’rinishi. 12.3. – Rasm. Kompas yordamida
burchak o’lchash.
a - qatlamni cho’zilib yotish yo’nalishini
aniqlash;
b – qatlam yo’nalishi azimutini aniqlash;
v – qiyalik burchagini aniqlash;
g – yotish azimutini aniqlash.


Topshiriq: Stolga o’rnatilgan maket bo’yicha cho’kindi tog’ jinslarining qatlamlarini yotish elementlarini aniqlang.
Kerakli qurollar:
1. Ish daftari
2. Chizg’ich, ruchka, qalam
3. Uslubiy ko’rsatma
4. Tog’ jinsi qatlamlari maketi
5. Tog’ kompasi.


Amaliy ishni bajarish tartibi:
1. O’qituvchi talabaga tog’ jinsi qatlamlari maketini (monklinal qatlamlar maketi) stolga o’rnatib beradi. Talaba o’qituvchi tushuntirib berganidek uslubiy ko’rsatmadan foydalanib, yozma ravishda yozib so’ngra aytib beradi.


Hisobot turi:
Dars mashg’uloti tugagandan so’ng yozma xamda chizma rasm orqali burchak o’lchash natijalarini topshiradi.
Download 125.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling