12-Ma’ruza: Erkli sinovlar ketma-ketligi
Download 0.53 Mb.
|
3-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tusunchalar
3-Ma’ruza: Tajribalar ketma-ketligi. Bernulli sxemasi. Eng katta ehtimollik soni. Puasson teoremasi. Muavr-Laplasning lokal va integral teoremalari. Reja: Erkli sinovlar ketma-ketligi. Bernulli formulasi. Eng катта ehtimolli son Muavr-Laplasning lokal va integral teoremalari. Puasson teoremasi. Tayanch tusunchalar: Tajribalar ketma-ketligi. Bernulli sxemasi. Eng katta ehtimollik soni. Puasson teoremasi. Muavr-Laplasning lokal va integral teoremalari. Erkli sinovlar ketma-ketligi. Bernulli formulasi Agar bir nechta sinov o‘tkazilayotgan bo‘lib, har bir sinashda A hodisaning ro‘y berish ehtimoli boshqa sinov natijalariga bog‘liq bo‘lmasa, u holda, bunday sinovlar A hodisaga nisbatan erkli sinovlar deyiladi. Faraz qilaylik, n ta erkli takroriy sinovning har birida A hodisaning ro‘y berish ehtimoli p, ro‘y bermaslik ehtimoli q=1–p bo‘lsin. Shu n ta sinovdan A hodisaning (qaysi tartibda bo‘lishidan qat’iy nazar) rosa k marta ro‘y berish ehtimoli Pn(k) ushbu Bernulli formulasi bilan hisoblanadi. A hodisaning o‘tkazilayotgan n ta erkli takroriy sinov davomida: Hodisaning k martadan kam sonda ro’y berish ehtimoli Рn (0) + Pn (1) + … Pn (k-1); Hodisaning k martadan ko’p sonda ro’y berish ehtimoli Рn (к+1) + Pn (k+2) + … + Pn (n); Hodisaning kamida k marta ro’y berish ehtimoli Рn (к) + Pn (k+1) + … + Pn (n); Hodisaning ko‘pi bilan k marta ro’y berish ehtimoli Рn (0) + Pn (1) + … + Pn (к); formulalar bilan hisoblanadi. Мисол. Автомат станокда стандарт детал тайёрлаш эхтимоли 0,9 га тенг. Таваккал олинган 6 та деталдан 4 тасини стандарт бўлиш эхтимолини топинг. Ечиш. Масала шарти буйича n=6; к=4; р=0,9; q=0,1. Демак, Р6(4)=С64∙ (0,9)4∙ (0,1)2=0,0984 1-misol. Har bir otilgan o‘qning nishonga tegish ehtimoli p= . Otilgan 10 ta o‘qdan uchtasining nishonga tegish ehtimolini toping. Yechish: n=10; k=3; p= ; q= . U holda Bernulli formulasiga asosan: Masala 2. Omborga keltirilga maxsulotning 5% i sifatsiz. Ularning ichidan tasodifiy ravishda olingan 6 ta maxsulotning 2 tasi sifatsiz chiqishi ehtimolini hisoblang. Yechish. Maxsulotlar ichidan 6 ta maxsulot tasodifiy ravishda tanlab olinganligi sababli ularning har birining sifatli yoki sifatsiz chiqishi hodisasi bir-biridan bog`liq emas. Demak, masala sharti Bernulli formulasi shartlarini qanoatlantiradi. Barcha maxsulotning 5% i sifatsiz bo`lganligi uchun har bir tasodifiy olingan maxsulotning sifatsiz chiqish ehtimoli va sifatli chiqish ehtimoli bo`lib, n = 6 va m = 2. Demak, tasodifiy ravishda olingan 6 ta maxsulotning 2 tasi sifatsiz chiqishi ehtimoli 0,031 ga teng bo`di. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling