12-ma’ruza: Rostlagichlarni tahlil qilish. Reja
Download 360.91 Kb. Pdf ko'rish
|
КИМваА 12-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rostlash qonunlari
12-ma’ruza: Rostlagichlarni tahlil qilish. Reja: 1. Rostlash qonunlari. 2. Uzluksiz ishlovchi rostlagichlar: proporsional, proporsional-integral, proporsional- integral-differensial va ularning dinamik tavsifi. 3. Avtomatik rostlash tizimining (ART) tahlili. 4. Bevosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar. 5. Jarayonga ta’sir qiluvchi vositalar. Rostlash qonunlari Rostlagichlar asosan ketma - ket solishtirish, kuchaygirish va ijrochi elementlardan iborat. Taqqoslash (ko‘prik, potensiometr), signal kuchaytirish (elektron signal kuchaytirshch) elementlari inersiyasiz bo‘g‘in, ijrochi elementlar (elektro, gidro, pnevmomotorlar, servomotor) esa integrallovchi bo‘g‘inlardan iborat bo‘lgan rostlagichlarning tarkibiy sxemasini ko‘rib chiqamiz (9.1-rasm) 9 .1-rasm. Rostlagichlarning tarkibiy sxemasi - o‘lchash va taqqoslash elementining uzatish funksiyasi; -elektron signal kuchaytirgichning uzatish funksiyasi; U/G„r-servomotorning uzatish funksiyasi Bu tizimning ekvivalent uzatish funksiyasi: rostlagichni integrallovchi bo‘g‘in tipiga kirishini ko‘rsatadi. APT da ko‘pincha P, PI, PID bo‘g‘inlar qo‘llaniladi. Ularni hosil qilish uchun bu sxemaning alohida elementlariga teskari bog’lanish zanjiri kiritish va unga tarkibiy o‘zgarishlarini vujudga keltirish yo‘li bilan bajariladi. P- proporsional bo‘g‘in qonuni bo’yicha ishlaydigan rostlagich sxemasini tuzish uchun sxemadagi ijrochi mexanizmning proporsional bo‘g‘in orqali qayta bog‘lanysh zanjirini tuzish kerak (9.2-rasm). 9.2-rasm. Qayta boglanish zanjiri sxemasi Bu yerda tizimning ekvivalent uzatish funksiyasi: qayta boglanish zanjirining uzatish koeffitsenti. PI rostlagichining sxemasini tuzish uchun elektron kuchaytirgich elementa: bilan inersion bo‘g‘in dan tuzilgan manfiy ishorali teskari bog‘lanishli yopiq zanjirdan foydalaniladi.(9.3-rasm) Avtomatik rostlagichlar tuzilishi bo’yicha namunaviy bo‘g‘inlardan tashkil topadi va o‘zining rostlash funksiyasini ana shu bo‘g‘inlarning ishlash qonunlariga muvofiq bajaradi. Bu qonunlar rostlagichning rostlash qonuni deyiladi. Bu qonunlar asosan rostlagichdan chiquvchi signal (rostlanuvchi kattalikning og‘ishi) orasidagi bog’lanishni ifodalaydi: Bu yerda birinchi ko‘shiluvchi chetga chiqishlar bo’yicha rostlashga, kattaliklari tashqi ta’sirlar bo‘yicha rostlashga mos keladi. Uzluksiz rostlash rostlagichlari rostlash jarayoni davomida ob’yektga uzluksiz ta’sir qo‘rsatib turadi. Uzlukli (pozitsion) rostlash rostlagichlari rostlash jarayoni davomida ob’yektga belgilangan vaqt oraliqlarida yoki rostlanuvchi kattalikning qiymati ma’lum bir qiymatga etganda diskret ta’sir ko‘rsatadi. Rostlovchi organning surilishi uchun zarur bo‘lgan energiya manbaiga muvofik rostlagichlar rostlovchi organga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan rostlagichlar turlariga bo‘linadi. Bevosita ta’sir qiladigan rostlagichlarda rostlovchi organni surish uchun zarur bo‘ladigan energiya manbai ob’yektning o‘zida mavjud bo‘ladi. Bilvosita ta’sir qiladigan rostlagichlarda rostlovchi organni surish uchun zarur energiya tashqi manbadan olinadi. Bunday rostlagichlar tashqi manba energiyasining turiga qarab elektr, pnevmo, gidrorostlagichlar deyiladi. Kirish signali rostlanuvchi ob’yektdan o‘tish vaqtida deformatsiya va kechikishga duch keladi. Chiqish kattaligi kirish signaliga nisbatan amplituda bo‘yicha kamayib, faza bo‘yicha kechikadi. Bu hodisalarni yo‘q otish uchun rostlanuvchi ob’yekt avtomat rostlagich bilan ta’minlanadi. Avtomat rostlagich chiqish signali amplitudasini oshirib, faza bo’yicha ilgarilashini ta’minlaydi. O‘tish jarayonining sifati rostlanuvchi ob’yekt va rostlagich tavsifnomalariga bog’liq. Rostlagich sozlanishining o‘zgarmas kattaliklarida boshqaruvchi yoki rostlovchi ta’sir va rostlanuvchi kattalik o‘rtasidagi bog’lanish rostlash qonuni deyiladi. Avtomatik rostlagichlar diskret impul’sli yoki uzluksiz harakatli bo‘ladi. Uzluksiz harakatli rostlagichlar tarkibiga P, I va ularning kombinatsiyalari bo‘lgan 1SH, PD, PID qonunlari kiradi. Qishloq xo‘jalik avtomatikasida -qonunlari keng qo‘llaniladi. Download 360.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling