12-mavzu: Oʻlchash vositalari va ularning metrologik xususiyati


Download 57.68 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi57.68 Kb.
#1641490
  1   2   3
Bog'liq
12-MA\'RUZA (2)


12-MAVZU: OʻLCHASH VOSITALARI VA ULARNING METROLOGIK
XUSUSIYATI



Ma’ruza mavzusining rejasi:




a) Asboblarning va oʻlchashning aniqligi;
b) Oʻlchash birligini taʻminlash asoslari
.

Toʻqimachilik va yengil sanoat sohasidagi sinash asboblarining asosiy metrologik koʻrsatkichlariga ularning shkalasi, asbobning xatoliklari, aniqligi va sezgirligi kiradi.
Har bir oʻlchash asboblaridan foydalanishdan avval ularning metrologik koʻrsatkichlarni, yaʻni ularning shkala boʻlimlari qiymatini, oʻlchash chegarasini, oʻlchash xatosini va undan foydalanish uslubini aniqlab olish kerak. Oʻlchangan natijalarni koʻrsatuvchi asbobning kismini shkala deb ataladi.
Shkalalar tuzilishi boʻyicha har xil belgilanadi: chiziqcha, nuqta, shtrix, raqam va h.k. Shkaladagi ikkita boʻlim orasidagi uzunlik (a) shkalaning boʻlim qiymati (S)ni beradi, yaʻni a=S boʻladi. Asbobning shkala boʻlimlari oʻlchangan natijalarni olishga qulay boʻlishi kerak. Asboblarda shkala chiziqlari uzunligi, yoʻgʻonligi boʻyicha har xil boʻladi (2.1-rasm).

10

8

6

4

2

0

10

5

0

10

5

0





б

в

а



10

5

0

10

5

0





г

д

2.1-rasm. Shkala chiziqlarining koʻrinishi.


a-agar oʻqish maydoni kichik boʻlsa, qulay; b-noqulay shkala; v-koʻp tarqalgan; g-qulay shkala; d-chiziklari yoʻgʻon, aniqligi kichik.
Asbob shkalasidan olingan natija asbobning mili boʻyicha oʻqiladi. Asbob milining qalinligi shkala boʻlimlar orasidagi masofadan kichik boʻlishi kerak, aks holda oʻlchash xatosi katta boʻladi. Shkala ustidagi milning holati olinadigan natijaning aniqligiga taʻsir kiladi.

2.2-rasm. Asbob milining koʻrinishi.
Milning 1-koʻrinishda natija aniqligi oʻrtacha boʻladi, 2-koʻrinishda yaxshi, 3-koʻrinishda yomon (2.2-rasm).
Shkaladan natijani oʻqishda milning toʻgʻrisidan qarab olish kerak. Agar yon tomonlaridan oʻqilsa, natija notoʻgʻri boʻladi. Bu hodisani oʻlchashdagi «parallaks» deb ataladi (2.3-rasm).

2.3-rasm. Oʻlchash parallksi.


Oʻlchash natijasida doimo xatoliklar boʻladi. Oʻlchash xatoliklari quyidagicha tabaqalanadi:
1) oʻlchash xatoliklari oʻlchash sharoitiga koʻra ikki xil boʻladi:
a) Statik xatoliklar-statik oʻlchash sharoitlariga xos boʻlgan natijasining xatoligi;
b) Dinamik xatoliklar-dinamik oʻlchash sharoitlariga xos boʻlgan oʻlchashlar natijasining xatoligi.
2) Oʻlchash xatoliklari kelib chiqishi boʻyicha ikki xil boʻladi:
a) asosiy xatoliklar;
b) qoʻshimcha xatoliklar.
Normal sharoitda ishlaydigan asboblarda hosil boʻladigan xatolik asosiy xatolik deyiladi.
Normal sharoit GOST 10681-75 boʻyicha laboratoriyadagi harorat t=2020S, nisbiy namlik w=652 % boʻlishi kerak.
Qoʻshimcha xatolik-normal sharoitdan farqli boʻlgan sharoitda kattalikni oʻlchashdan hosil boʻladigan xatolikdir.
3) Oʻlchash xatoliklari ifodalanishiga qarab, ikki xil boʻladi:
a) Mutloq xatolik;
b) Nisbiy xatolik.
a) Mutloq xatolik oʻlchanayotgan kattalik birligi bilan ifodalanadi.
(2.19)
bu erda:ax - haqikiy mutloq xatolik; A - oʻlchash natijasi; Ax-kattalikning haqiqiy qiymati.
b) Nisbiy xatolik-mutloq xatolikni kattalikning haqiqiy qiymatiga nisbati bilan hisoblanadi:
; (2.20)
4) Oʻlchashning natijasiga taʻsir etadigan xatoliklar 3 xil boʻladi:
a) Muntazam xatoliklar;
b) Tasodifiy xatoliklar;
v) Qoʻpol xatoliklar.
Muntazam xatoliklar oʻlchanayotgan kattalikka vaqt ichida bir hilda taʻsir qiladi. Muntazam xatoliklar uslubiy, asbobiy yoki subʻektiv boʻlishi mumkin.
Oʻlchash usulini nazariy jihatdan aniq asoslanmaganligi natijasida uslubiy xatolik kelib chiqadi.
Oʻlchash asboblarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan xatolik asbobiy xatolik deb ataladi.
Subʻektiv xatoliklar sinov ishlarini olib boruvchi shaxsning aybi bilan chiqadigan xatoliklar.
Tasodifiy xatoliklar hisobga olib boʻlmaydigan har xil omillar taʻsirida hosil boʻladi. Bu xatoliklarni takroriy tajriba bilan aniqlanadi.
Qoʻpol xatoliklar-kuzatuvchining notoʻgʻri yozishi, hisoblashi va asbobning notoʻgʻri ishlashidan hosil boʻladi.
Qoʻpol xatolar olingan nitijalar ichida yaqqol koʻrinadi.
Ularni maxsus formulalar bilan normalligi yoki nonormalligi tekshiriladi.
Sinov natijasida olingan eng katta koʻrsatkich quyidagi formula bilan tekshiriladi.
(2.21)
bu erda: Mmax -katta koʻrsatkich; -oʻrta arifmetik koʻrsatkich; - oʻrta kvadrat ogʻish miqdori.
(2.22)
Sinov natijasida olingan eng kichik koʻrsatkich quyidagi formula bilan tekshiriladi.
(2.23)
bu erda: -eng kichik koʻrsatkich.
Agar U1 va U2 jadvalda beriladigan «U» koeffitsientidan (95 foiz ehtimollikda tajriba soniga nisbatan olinadi) katta boʻlsa, u holda U1 va U2 koʻrsatkichlari nonormal deb hisoblanadi va ularni umumiy koʻrsatkichlardan olib tashlanadi, natija qolgan koʻrsatkichlar boʻyicha aniqlanadi.
«U» mikdorining «n» ga nisbatan oʻzgarishi (ehtimollik koeffitsienti =0,05).

N

3

5

10

15

20

25

U

1,41

1,87

2,29

2,49

2,62

2,72


Download 57.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling