12-mavzu: viruslar ekologiyasi va virus infeksiyasi epidemiyalogiyasi yuqumli kasalliklarning tarqalishi


Download 18.6 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi18.6 Kb.
#1598047
  1   2
Bog'liq
12-mavzu(1)


12-MAVZU: VIRUSLAR EKOLOGIYASI VA VIRUS INFEKSIYASI EPIDEMIYALOGIYASI
Yuqumli kasalliklarning tarqalishi Yuqumli kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlar tarqalish hududining kengligiga qarab epidemik o'choq, epidemiya, pandemiya, endemiya turlariga bo'linadi.
Epidemik o‘choq-patogen mikroorganizmlar tarqala boshlagan kichik bir hudud. Masalan, oziq-ovqat korxonasi, bolalar muassasasi, maktab yoki mahalla.
Epidemiya-kasallikning bir tuman miqyosidan davlat hududi miqyosigacha tarqalishi. Masalan, qorin tifi, vabo.
Pandemiyada kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm bir necha davlatlar, hatto qit’alarni qamrab oladi. Masalan, gripp pandemiyalari davrida bir necha milliard odam kasallanib, shulardan bir necha millioni nobud bo‘lishi.
Endemiya-ayrim yuqumli kasallikning ma’lum bir hududda uzoq vaqt saqlanib qolishi; bu ko‘proq ijtimoiy va tabiiy sharoitlarga bog'liq.
Viruslarning infeksion xossalari Odam va hayvonlarning viruslari qat’iy hujayra ichi parazitlari hisoblanib, ularga moyil hujayralarda ko‘payadi. Viruslarning virulentligi yuqumliligi yoki infeksionligi bilan belgilanadi. Virusli infeksiyalar asosida virus va hujayra genomlarining o'zaro ta’sirlashuvi yotadi. Bunda xo‘jayin hujayrasining ribosomasi maxsus oqsillarni sintez qila boshlaydi. Viruslar ham boshqa mikroorganizmlar kabi makroorganizmga kiradi. Masalan,gripp va qizamiq viruslari aerozol yo’l bilan, В, C, D gepatit viruslari va OITS virusi parenteral va bevosita aloqa yo’li (jinsiy yo’l) bilan, gerpes viruslari turli yo’ilar bilan odam organizmga tushadi. Infeksion jarayon boshida virus o'ziga ta’sirchan xo‘jayin hujayralaridagi retseptorlarga adsorbsiya qiladi. Keyingi bosqichlar bakterial, zamburug‘ va protozoa infeksiya jarayonlaridan farq qiladi, chunki keyingi jarayonlarda faqat virusning nuklein kislotasi qatnashadi. Shunga kо‘ra virusli infeksiyalar faqat o'ziga xos quyidagi xususiyatlarga ega: Birinchi xususiyati. Ko'pgina RNK va DNK tutuvchi viruslar integrativ infeksiya (virogeniya)ni yuzaga keltiradi, bunda virus nuklein kislotasi xo'jayin hujayrasi xromosomasiga o'rnashadi. Bunday holat, gepatit В adenovirus va gerpes kabi infeksiyalarda kuzatiladi. Virogeniyada reproduksiya bosqichi, virusning yig'ilishi va hujayradan chiqish davrlari yo'q. Virus genomi (provirus) birikkan hujayra o'z vazifasini saqlab qolishi mumkin. Ammo ma’lum bir sharoitlarida virus genomi ta’sirida mutatsiyalar va hujayraning nazoratsiz bo’linishi boshlanadi. Natijada hujayra DNKsi bilan birga virus DNKsi ham replikatsiya qilib, qiz hujayralarga o'tadi. Agar virus DNKsi hujayra genomidan ajralib chiqsa, unda uning transkripsiya va replikatsiyasi alohida amalga oshadi. Ikkinchi xususiyati Virusemiya bosqichi, bunda virus limfatik tizim orqali qonga tushib, organizmda aylanib yuradi, chunki ular asosan leykotsitlar yordamida tashiladi, qon kapillarlari hujayralarini zararlaydi. Organizmda neyrogen yo'l bilan tarqaladigan viruslar ham mavjud (masalan, quturish, oddiy gerpes viruslari va boshqalar).Uchinchi xususiyati. Viruslar immun tizim hujayralari bo'lgan limfotsitlarni ham zararlay oladi. Gripp, qizamiq, gerpes, shol, rotavirus kabilar T-limfotsitning immun reaksiyalarini susaytiradi. Suvchechak, o‘rab oluvchi temiratki, sitomegaliya viruslari T-supressorlar sonini, kanaensefaliti virusi esa bu hujayralar faolligini oshiradi. Tabiatda bevosita limfotrop xususiyatga ega 4 ta virus aniqlangan.Birinchi ikkitasi (ingl. HTLV-I va HTLV-II-human limphotropic virus -odam T-hujayrasi limfotrop virusi) T-limfotsitlarning proliferatsiyani kuchaytirib leykoz kasalligini keltirib chiqaradi. Uchinchi virus HTLV-IIIyoki OITS qo'zg'atuvchisi birinchilardan farqli o'laroq T-limfotsitlarni parchalaydi. Epshteyn-Barr virusi (to‘rtinchisi) B-limfotsitlarni proliferatsiyaga uchratib, infeksion mononukleoz kasalligini qo‘zg‘atadi. To‘rtinchi xususiyati. Bir qator virusli infeksiyalar (chechak, quturish,gerpes, qizamiq va boshqalar) yadro ichi yoki sitoplazma ichi kiritmalari hosil qiladi. Boshqa mikroorganizmlardan faqat xlamidiyalar shunday kiritmalar hosil qila oladi.Viruslar keltirib chiqargan infeksion jarayonning asoratlari har xil, ya’ni xo'jayin hujayrasida saqlanib qolishidan to hujayrani har xil darajada zararlashigacha bo'lishi mumkin. Bunda organizm tuzalganidan so'ng virusning yo'qolishi yoki uzoq vaqtgacha saqlanib qolishi kuzatiladi. Organizmda virusni bo'lishi uning doimo tashqariga ajralib chiqishini bildirmaydi.Virusli kasalliklar o'tkir va surunkali ko'rinishda kechadi. O'tkir infeksiyada xo'jayin hujayrasida virusning reproduksiyasi amalga oshib, tezda organizmdan ajralib chiqadi.O'tkir infeksiyalarni o'choqli va keng tarqalgan (generalizatsiyalash) turlarga bo'lish mumkin. Birinchisida virus reproduksiyasi birlamchi tushgan joyida amalga oshsa, ikkinchisida virus organizmga tarqalib, infeksiyaning ikkilamchi o'choqlarini tashkil qiladi. Ko'pgina viruslar odam organizmining har xil hujayralarida (masalan, adenoviruslar-murtak bezlarida, gerpes viruslari-uch shoxli nerv gangliyalarida va hk.) uzoq vaqt saqlanib qola oladi. Bunday infeksiya har xil (latent, surunkali va asta-sekin kechuvchi) shakllarda namoyon bo'lishi mumkin. Latent simptomsiz kechuvchi infeksiyalar uzoq vaqt, gohida odam organizmida umrining oxirigacha saqlanib qolishi va tashqi muhitga ajralib chiqmasligi bilan tavsiflanadi. Aftidan bu virus genomida nuqson hosil bo‘1ishi bilan bog'liq bo'lsa kerak, natijada reproduksiya amalga oshmaydi va avlod hosil qila olmaydi. Ikkinchi holatda virus DNK yoki RNKsi hujayra xromosomasi lokusidagi joyiga bog'liq bo'lishi kerak. Agar virus nuklein kislotasi xromosomasidagi promotor atrofiga o'rnashsa, oqsilsintezining nazorati buziladi va hujayraning nazoratsiz bo‘linishi o‘sma rivojlanishiga sabab bo'ladi. Masalan, B-gepatit bo'lgan odamlardagi jigarning birlamchi o'smasi (raki) B-gepatit DNKsini gepatotsitlar genomidagi promotor yoniga birikishiga bog'liq. RNK tutuvchi viruslarning hujayra genomiga birikishi qayta transkriptaza yordamida amalga oshadi. Bunda hosil bo'lgan genlar retrotranspozonlar deb yuritiladi. Ular tirik mavjudotlar xromosomasiga tartibsiz o'rnashadi, bu o'z navbatida mutatsiyalarga olib keladi. Shunday qilib, ushbu onkogenlar o'smalar hosil bo’lishiga sabab bo'ladi. Odamda taxminan hujayra genomining 10% ni qayta transkriptaza mahsulotlari (retrotranspozonlar, endogen proviruslar) tashkil qiladi. Asta-sekin yuzaga chiqadigan infeksiyalarning yashirin davri juda uzoqqa cho'ziladi, bu vaqt ichida kasallik belgilari ko'payib boradi va ko'p hollarda bemorning o'limi bilan tugaydi. Bu guruh kasalliklarga MNSni zararlaydigan kasalliklar: Kreytsfeld-Yakob kasalligi, tarqoq skleroz va boshqalarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Shunday qilib, virusli infeksiya yangi virionlar hosil bo'lishi, ularning bo'linishi yoki ko'payishini to'xtashi (abortiv infeksiya), virus va hujayraning moslashuvi (virogeniya), neoplastik jarayonining rivojlanishi (viruslarning onkogen funksiyasi) kabi ko'rinishda kechishi mumkin.

Download 18.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling