13-amaliy mashg’ulot. Marshurtizatorlar va ularning xillari Ishni bajarishdan maqsad


Download 253.78 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi253.78 Kb.
#1506511
Bog'liq
amal -13


13-amaliy mashg’ulot.
Marshurtizatorlar va ularning xillari
Ishni bajarishdan maqsad: Cisco packet tracer dasturi yordamida Cisco marshrutizatorlarini asosiy koʻrsatkichlarini sozlashni oʻrganish.
Nazariy qism
Marshrutizator ( router) – bu ikki va undan ortiq turli xildagi tarmoqni birbiri bilan bog’lab beruvchi qurilmadir. Bu qurilma biror bir portga kelib tushgan
paketni qayta ishlab, xotirasida mavjud jadvaldan qabul qiluvchini qaysi portda
ekanligini aniqlab, soʻngra shu port orqali uzatadi.. Marshrutizator dastur va
qurilma koʻrinishida boʻladi.
Dastur koʻrinishidagi marshrutizator oddiy shaxsiy kompyuterga oʻrnatilgan
va unga ikkita turli tarmoq ulangan boʻladi. Bu koʻrinishdagi marshrutizator bizdan
ortiqcha mablag’ talab qilmasada, ishonchli hisoblanmaydi. Chunki kompyuterni
har doim ham yoqig’ holatda saqlab boʻlmaydi. Shuning uchun ham qurilma
koʻrinishidagi routerlar afzaldir. Eng sodda routerda, kamida 2 ta port mavjud
boʻladi. Biri WAN port hisoblansa, ikkinchisi LAN port hisoblanadi. WAN portga
turli tehnologiyalarga mansub tarmoq – xDSL, Frame Relay, ATM va boshqa
kabilar ulanishi mumkin. LAN portga Ethernet texnologiyasiga tegishli tarmoq
ulanadi. Hozirgi kunda router ishlab chiqaruvchi firmalar soni kundan kunga
koʻpayib bormoqda. Cisco, Huawei, ZTE, Tenda, Zyxell, Fast, Telmax va
boshqalar shular jumlasidandir.
Endi routerning ishlash prinsipini koʻrib chiqsak. Siz honadoningizga
oʻrnatadigan ADSL modemlar ham router hisoblanadi WIFI routerlar. Bu
modemlar koʻpi bilan 10 Mbit/s tezlikni koʻtarib bera oladi. Ammo hozirgi
abonent liniya tarmoqlari bu tezlikni koʻtarmaydi. Boshqariladigan routerlar
nafaqat ikki tarmoqni bir biri bilan bog’lab beradi, balki sizning lokal
tarmog’ingizni tashqi hujumlardan himoya vazifasini ham bajarib beradi. Ularda
tarmoq ekrani – firewallar mavjud boʻlib, ular yordamida sizning tarmog’ingizga
ruhsatlarni berishi mumkin. Router marshrutizasiya jadvaliga asoslangan holda ishlaydi. U ikki hil koʻrinishda boʻladi:
Dinamik marshrutizasiya va Static marshrutizasiya. Dinamik
marshrutizasiya, koʻrinishidan qulay, uni sozlash shart emas. U oʻziga ulangan
barcha qurilmalar tog’risida ma’lumotni saqlaydi. Vaqti – vaqti bilan tarmoqqa
paketlar joʻnatib turadi va ulardan qaytgan javob orqali tarmoqni hotirasida
saqlaydi. Ammo bu routerni koʻproq ishlashiga sabab boʻladi (yuklama
koʻpayadi). Havsizklik jihatda ham mukammal deb boʻlmaydi. Statik
marshrutizasiya esa tarmoq havfsizligining barcha talablariga javob beradi. Shu
bilan birga statik router tarmoq administrator tomindan sozlamalar buyrig’i
kiritilib tarmoqming barcha imkonyatlari quriladi.


Amaliy ishini bajarish tartibi. Amaliy ishini bajarish uchun dasturdan foydalangan holda kerakli boʻlgan tarmoqni loyihalab olish kerak boʻladi.
sodda holdagi tarmoq misol keltirilgan tarmoq uchun bir nechta
kopmyuter, switch, server axborot uzatuvchi kabellar va eng asosiysi router
qurulmasi asosida loyihani amalga oshiriladi. Barcha qurulmalar kabellar orqali
ulangan.
Kerakli routerni sozlash uchun ushbu router hususiyatlari oynasiga kiriladi.
Sozlamalar rejimiga oʻtgandan soʻng bir nechta buyruqlar ketma-ketligini kiritish
lozim.

Shu bilan birga biz routerni chap tomonni LAN tarmoq desak, oʻng


tomonini Internet tarmog’i desak LAN tarmog’imizni Internet tarmog’iga
bog’lashimiz uchun router eng katta manba hisoblanadi. Sozlamalar oynasi
Routerga kirib sozlamalr rejimidan routerni chap va oʻng tomonidan kelgan
interfeys portlari yoqiladi va shu inerfeyslarga Gateway IP adresi beriladi.
Kiyingi kiritadigan buyruqlar LAN tarmoq tamondagi foydalanuvchilarga
yanada qulaylik tug’dirish maqsatida routerda DHCP protokolining buyruqlari
kiritiladi. DHCP bu LAN tarmogining foydalanuvchilariga avtomatik tarzda IP
addres ketma-ketlikda berishi tushuniladi. LAN tormoqni sozlash jarayoni
DHCP prtokoli kiritib olingach, foydalanuchini kompyuteri aftomatik tarzda
IP address olganini koʻrish uchun “Desktop” boʻlimiga oʻtiladi. IP addressni koʻrish oynasi.
Routerga komandalarni kiritilgandan soʻng LAN tarmoq bilan Internet
orasida olaqa borligini, foydalanuvchi kopyuteridan paket yuborish orqali
tekshirib koʻrish mumkin. Tarmoqni tekshirish jarayoni.

Foydalanuvchi kompyuteridan paket yoborilib swichdan, routerdan oʻtib
serverga yetib borib, yana paketning qaytib kelish holati quydagi rasmlarda
koʻrsatilgan
Download 253.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling