13-mavzu. Paxta tо‘qimachilik klasterlarini tashkil etish asoslari


Download 92.13 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi92.13 Kb.
#1591769
  1   2   3   4
Bog'liq
13-мавзу. Пахта-тўқимачилик кластерларини ташкил этиш асослари (1)


13-MAVZU. PAXTA TО‘QIMACHILIK KLASTERLARINI TASHKIL ETISH ASOSLARI
Paxta-tо‘qimachilik sohasida tashkil etiladigan klasterlar tarkibidagi tashkilotlar yakuniy mahsulot yaratish yо‘lidagi faoliyatda bir butunlik kasb etadi va bir-biri bilan mustahkam aloqaga kirishadilar. Bu faoliyatda ular bir-birlarini tо‘ldiradilar hamda zarur xolatlarda bir-birlariga kо‘mak beradilar. Ular garchi, mustaqilliklarini saqlab qolgan bо‘lsalarda, bir yaxlit tashkilot singari faoliyat olib boradilar. Ularning maqsadi – yakuniy mahsulotni kо‘proq va sifatliroq xolda ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Paxta-tо‘qimachilik sohadagi klasterlar xajmi jihatidan katta bо‘lishi va egallagan hududi bо‘yicha tuman yoki viloyat miqyosida ham tashkil etilishi mumkin.
О‘zbekiston jahon tajribasiga asoslangan holda klasterlarni qishloq xо‘jaligi iqtisodiyotiga joriy etish amaliyoti boshlangan bо‘lib, bundan kuzlangan maqsad mamlakatning importga qaramligini kamaytirish, iqtisodiyotni import о‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga yо‘naltirish, diversifikatsiya qilish va mahalliylashtirish orqali rivojlantirish va mamlakatni eksport salohiyatini oshirish hisoblanadi. Yana ham batafsilroq tushuntiradigan bо‘lsak, mamlakat butun diqqatini paxta tolasi eksportidan, uni qayta ishlab, tayyor mahsulot sifatida eksportga yо‘naltirmoqda. Paxta-tо‘qimachilik tarmog‘i bо‘yicha klasterlarni tashkil etish va ular faoliyatini samarali tashkil etishdan kо‘zlangan asosiy maqsad iqtisodiyotni rivojlantirish hamda aholining farovon turmush darajasini ta’minlab berishdan iboratdir. Prezidentimiz SH.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomalarida bu alohida ta’kidlab о‘tildi: “...qishloq xо‘jaligidagi islohotlardan maqsad – iqtisodiy foyda kо‘rish bilan birga, xalq farovonligini oshirishdan iboratdir. Buni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur.”1 deb ta’kidladilar.
Istiqbolda mamlakatimizda paxta-tо‘qimachilik tarmog‘i jadal sur’atlarda rivojlanishi va ortib borayotgan ehtiyojlarni tо‘laroq qondirishga xarakat qilishi lozim. Respublikamiz paxta-tо‘qimachilik tarmog‘ining barqaror va innovatsion rivojlanishini ta’minlash tizimida tо‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kо‘paytirish va eksport salohiyatini oshirish, ularning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlash yо‘llaridan biri sohani klasterli yondoshuv asosida rivojlantirish hisoblanadi. О‘zbekiston Respublikasida keng turdagi sifatli tо‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishini tashkil etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda dunyodagi ilg‘or davlatlar iqtisodiyotining qariyb 50 foizi klaster usuliga о‘tgan. Masalan, Yevropa Ittifoqida 2 mingdan ziyod klasterlar mavjud bо‘lib, ularda ishchi kuchining 38 foizi qamrab olingan. Daniya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya sanoatida tо‘liq klaster usuli tatbiq qilingan. AQShda esa mamlakatdagi mavjud korxonalarning yarmidan ziyodi shu tizimda ishlab, ular tomonidan tayyorlanayotgan tovarlar yalpi ichki mahsulotning 60 foizini tashkil qiladi2.

Mazkur klaster atamasi kо‘pgina iqtisodchilar va mutaxassislar tomonidan keng о‘rganilgan va о‘z atamalarini bayon etishgan. Klaster atamasi ingliz tilidan olingan bо‘lib “tо‘planish”, “guruh” degan ma’nolarni bildiradi.


Klaster atamasi amerikalik iqtisodchi, Garvard maktabi professori, raqobat imkoniyatlarini о‘rganish bо‘yicha mutaxassis bо‘lgan Maykl Yujin Porter (2003)tomonidan ilk bor qо‘llangan edi.
U klasterga geografik jihatdan qо‘shni bо‘lgan, bir-biri bilan bog‘langan, muayayn bir sohada faoliyat olib boradigan hamda bir-birining ishini tо‘ldiradigan korxona va tashkilotlar birlashmasi sifatida ta’rif bergan. Uning fikricha, klasterlar quyidagi umumiy jihatlarga ega bо‘lishi lozim;

  • ilmiy-tadqiqot muassasalari mavjudligi;

  • ish resurslari;

  • raqobatbardoshlik holati;

  • mansublik;

  • maxsus о‘quv muassasalarining mavjudligi;

  • maxsus xizmatlarga egalik imkoniyatining mavjudligi;

  • xomashyo yetkazib beruvchilarning yetarliligi.

Iqtisodiy mohiyatiga kо‘ra klaster ayrim hududlarga birlashgan о‘zaro aloqador tashkilotlar (korxonalar, kompaniyalar, firmalar, oliy о‘quv yurtlari va boshqalar) guruhidir (Wikipedia, 2019).
Buxoro viloyatining Romitan tumanida tashkil etilayotgan “VST Cluster” MCHJ rahbari, i.f.d. prof. M. Rahmatov hamda akademik B. Zaripovlarning (2018) ta’rifiga kо‘ra klaster – geografik yaqin joylashgan о‘zaro bog‘liqdagi korxonalar guruhi bо‘lib, ular о‘rtasidagi о‘zaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni barqarorlashishi natijasida raqobatbardoshlikning oshishi, kо‘proq qо‘shimcha qiymat yaratishiga va bozorda sotilishiga imkoniyatlar yaratishdir.
Manukyan (2016) klasterni yagona muvofiqlashtiruvchi markazga ega bо‘lgan, biznes loyihalarni birgalikda amalga oshiradigan, shuningdek, kompaniya resurslaridan yagona maqsad yо‘lida samarali foydalanadigan korxonalar, firmalar va tashkilotlarning tuzilmaviy guruhi, deb hisoblaydi.
Larionova (2007) klasterni mohiyatini kengroq tushuntirishga harakat qiladi: “klaster – bir-biriga о‘zaro bog‘liq bо‘lgan, muayyan maqsad bilan birgalikda faoliyat yuritadigan yagona tashkiliy tuzilmaga birlashtirilgan turli tarmoqlarning о‘zaro bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik subyektlar majmuasi. Bir nechta mustaqil xо‘jalik yurituvchi subyektlardan samarali texnologik zanjirlarni shakllantirish strategik hodisa bо‘lib, ularni amalga oshirishda uzoq muddatli investitsiyalarni talab qiladi va bu mumkin tizimlar ichida ham, tashqarisida ham ishlab chiqilgan old shartlarning о‘zaro ta’siri natijasida о‘z-о‘zini tashkil qilish yо‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunday aloqalar xо‘jalik yurituvchi subyektlarning har biriga qо‘shimcha foyda keltirishi, yagona tizimni shakllantirishga, integratsiyalashgan tizimni ta’minlashga muayyan rag‘batlantirilishi kerak”3.
Klasterlarni tashkil etishdan maqsad – ishlab chiqarishni komplekslashtirish, u bilan yagona texnologik zanjirda bо‘lgan infratuzilmalar (ta’lim, konsalting, sertifikatlashtirish va h.k) va boshqa xizmatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuqori qо‘shimcha qiymatga ega bо‘lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bunda xom ashyo tayyorlashdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bо‘lgan texnologik zanjir yagona boshqaruv ostida bо‘lishi lozimligini inobatga olish kerak.
Mamlakatimizning yetakchi iqtisodchi olimlari B.A.Akramov, B.Berkinov, F.Nazarova, K.A.Nasirova tomonidan agrar soha muammolari, shu jumladan, qishloq xо‘jaligi korxonalarini boshqarishning nazariy asoslari hamda qishloq xо‘jaligi sohasida tadbirkorlik faoliyatini boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borilgan.
Shu bilan birga, mamlakatimiz paxta-tо‘qimachilik tarmog‘ida klasterlarni shakllantirish va ular faoliyatini samarali tashkil etish masalalari hozirgi keskin raqobat muxitini e’tiborga olgan xolda yoritishga xarakat qilingan.
Bugungi kunda Respublikamizda ishlab chiqarish jaraѐnida tо‘qimachilik korxonalari muhim о‘rin egallaydi. Tо‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarilaѐtgan mahsulotlar sifatini jahon andozalariga mos keladigan paxta tolasini, kalava ip, bо‘yalgan kalava ipni, ip gazlamani, trikotaj matasini, ipak xom-ashyosini meyorda ta’minlash dolzarb muammolardan biridir. Mamlakatimizda tо‘qimachilik mahsulotlariga bо‘lgan talab nihoyatda katta, shu ehtiѐjlarni qondirish maqsadida tо‘qimachilik sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan birgalikda qо‘shma korxonalar shartnoma asosida ochilmoqda (Farmon 2017).
- О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 sentabridagi PQ-4453- sonli qarorida “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayѐr mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori (Qaror, 2019)
- 2018 yil 31 martdagi PQ-253-sonli “Paxta-tо‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi qarori (Qaror, 2018)
- “О‘ztо‘qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalari tо‘g‘risidagi ma’lumot. 2020 yil.
- О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi “Tо‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF- 5285-son Farmoni.(Farmon 2017y)

Tо‘qimachilik korxonalarining tashkiliy-iqtisodiy faoliyatini takomillashtirishda bir qator holatlar mavjud. Ayni paytda kо‘pgina tо‘qimachilik korxonalarini samaradorligini oshirishda, moliyaviy, mehnat va moddiy kо‘rsatkichlardan foydalanish kо‘rsatkichlariga bog‘liq.


О‘zbekiston Respublikasida keng turdagi sifatli tо‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishini tashkil etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Klasterlarni shakllantirishdan maqsad–shahar, tuman va
viloyat ichida joylashgan bir xil soha korxonalarini va ular bilan yagona texnologik zanjirda bо‘lgan ta’lim, ilmiy, injiniring, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni uyg‘unlashtirish–innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida raqobatbardosh tovarlar yaratishga yо‘naltirishdan
iborat.
Shuning uchun keyingi yillarda qator mamlakatlarda samarali "klaster strategiyasi" qurilib, ular barpo etilmoqda global bozorda о‘z kuchini va raqobatbardoshligini isbotlagan biznes markazlarida. Hukumatlar mavjud klasterlarni qо‘llab-quvvatlashga va ilgari muloqot qilmagan kompaniyalarning yangi tarmoqlarini yaratishga e’tibor qaratmoqdalar hamda tarmoqlardagi ishtirokchiga aylanadi. Klaster strategiyalari yevropada keng qо‘llaniladi. Quyidagi 1-rasmda jaxon mamlakatlarining klasterlari berilgan.

Download 92.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling