Mavzu: Axborot resurslari – axborot texnologiyasining asosi. Axborot tizimi. Reja


Download 342.53 Kb.
bet1/2
Sana22.02.2023
Hajmi342.53 Kb.
#1221730
  1   2
Bog'liq
Informatika mustaqil ish 3-mavzu



Mavzu: Axborot resurslari – axborot texnologiyasining asosi. Axborot tizimi.
Reja:

  1. Kirish.

  2. I bob. Axborot resurslari – axborot texnologiyasining asosi.

  3. II bob. Axborot tizimlari.

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Resurslar axborotlardan kelib chiqadi. Shunin uchun ham fanga “Axborot resurslari” kiritilgan. Axborot tarqatuvchi qurilmalar ya’ni texnologiyalar vositasida:axborot resurslari yig’iladi, tarqatiladi. Masalan, elektron kutubxona ham axborot resurslarining texnologiyalari bilan hosil qilgan birlshmasi sifatida qarasak bo’ladi.
Agar axborot resurslari bo’lmasa axborotni yetkazib beruvchi texnologiyaning ham keragi bo’lmaydi.
Axborot tizimining – muayyan professional faoliyat bilan bog’liq bo’lgan professional axborot ishlab chiqarish. Axborot tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni hal qilish jarayonida zarur bo’ladigan axborotni to’plash, saqlash, ishlov berish, chiqarib berishni ta’minlaydi.
Axborot tizimi – qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash, saqlash, ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq majmui.
I bob.
«Texnologiya» atamasi grekcha techne so’zidan olingan bo’lib mohirlik, ustalik, biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu ma’lum bir jarayonga nisbatan qo’llanilgan. Jarayon deganda esa maqsadga erishishga yo’naltirilgan xatti harakatlar majmui tushunilgan. Ushbu jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi. Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan xom-ashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot shakli, xususiyati, holatining o’zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir.
Axborot texnologiyalari to’g’risida gap ketganda, qayta ishlashning materiali sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob’ekt, jarayon yoki hodisa to’g’risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot bo’ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo’ladi.

Download 342.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling