2- ma`ruza. Xom ashyo yarim tayyor va tayyor mahsulot sifatini aniqlash usullari
Download 9.32 Kb.
|
2-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Organoleptik metod.
- Fizikaviy metod
- Mikrobiologik metod
2- MA`RUZA. XOM ASHYO YARIM TAYYOR VA TAYYOR MAHSULOT SIFATINI ANIQLASH USULLARI. Standartlar meva-sabzavot mahsulotlarini bir o’lchamga keltirish, ya’ni o’lchamlari bo’yicha navlashga nisbatan muayyan talablarni nazarda tugadi. O’lchamiga ko’ra bir xil mahsulot yengil va tez kadoklanadi: uning tashilishi kam xarajat va sarflar bilan bog’dikdir. Bir xil o’lchamdagi meva va sabzavotlar birmuncha jalb etuvchi tovar kurinishiga ega bo’ladi. Sanoatda kat’iy ishlash uchun yetkazib beriladigan mahsulotlarga standartlarda texnologik xususiyatini tavsiflaydigan asosiy moddanning tarkibiga (o’zumda qand, kartoshkada kraxmal, pomidorda kuruk moddalar va xokazo) doir bazis ko’rsatkichi belgilanadi. Mahsulot sifatini bir necha xil tekshirish metodlari orqali aniqlaymiz. 1.Organoleptik metod. (rangi, hidi, ta’mi, ko’rinishi aniqlanadi) 2.Laboratoriya metodi. Bu metod qilinadigan analizga qarab kimyoviy, fizikaviy optik, mikrobiologik va biologic xillargabo‘linadi. Kimyoviy metodbilan mahsulot va xomashyoning sifati va miqdori analiz qilinadi, ulardagi qand, kraxmal, kletchatka, oqsil, yog‘, kislotalar, mineral moddalar, suv, tuzlar, og‘ir metallar va boshqa moddalarning bor-yo‘qligi aniqlanadi. Fizikaviy metodmahsulotning zichligi, erish, qaynash va sovish harorati, gigroskopikligi, konsistensiyasi, yopishqoqligi, chidamliligi, donning tabiiy holati va boshqalarni aniqlashga xizmat qiladi. Optik metodmahsulotlarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va turli xossalarini mikroskop, refraktometr, polyarimetr, kalorimetr singari asboblar bilan tekshirishda qo‘llaniladi. Mikrobiologik metodmahsulotlarning mikroorganizmlar bilan urug‘lanish darajasini aniqlashda qo‘llaniladi. Biologik metodmahsulot namunasini tajriba uchun boqiladigan hayvonlarga yedirib ko‘rib sinashdan iborat. TayyorMahsulot savdoga chiqarishdan oldin sifat darajasini aniqlash usullari-differensial, kompleks va aralash usullar yordamida aniqlanadi. Differensial usulda sifat ko’rsatkichlari etalonga solishtirib aniqlanadi. Kompleks yoki umumlashtirilgan usulda ballar umumlashtirishda va bu bal hamma ko’rsatgichlar uchun umumiy hisoblanadi. Aralash usul-ikkala usuldan ham foydalaniladi. Mahsulotlar sifatini tekshirish- tovarlarning sifat va morfologik ko’rsatgichlarini normativ-texnik hujjatlarga to’g’ri kelishiga aytiladi. Mahsulotlar ishlab chiqishidan oluvchiga yetib borguncha bir necha bor tekshiriladi: operatsion,qabul,daromad tekshiruvlar mavjud. Operatsion-har bir bosqichdan keyin tekshiriladi. Qabul tekshiruvi-ishlab chiqarishni oxirida bajariladi. Sifatni boshqarish bo’limi tamg’asi bosilishi tovarni sifatliligini bildiradi. Daromad tekshiruvi- korxonalarga kelgan xomashyolarni va savdoga kelgan tovarlarni sifati bo’yicha qabul qilish jarayoniga aytiladi. Download 9.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling