14-amaliy mashg‘ulot Metro­logik ekspertizani maqsadi, vazifalari va mazmuni. Mashg’ulotning maqsadi


Download 41 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi41 Kb.
#1057565
  1   2
Bog'liq
14-аmaliy mashg'ulot


14-amaliy mashg‘ulot
Metro­logik ekspertizani maqsadi, vazifalari va mazmuni.

Mashg’ulotning maqsadi:
Metrologik ekspertiza haqidagi umumiy ma’lumotlar, normativ texnik va texnologik hujjatlarning ekspertizasini o’tkazish tartibi, metrologik ekspertiza natijalari va uni rasmiylashtirish bo’yicha ma’lumotlarni o’rganish.

Nazariy qism.
Metrologik ekspertiza –bu ekspert - metrologlar tomonidan o‘lchashlar birliligi aniqligi bilan boglik bo‘lgan, talablar, qoida va normalarning to‘g‘ri va qollanilishining tahili va baholanishidir.
Normativ texnik va texnologik hujjatlarning ekspertizasi o‘lchashlar birliligini taminlashning ajralmas qismi bo‘lib metrologik nazoratning zaruriy korinishidir.
ME - bu o‘lchashi kerak bo‘lgan parametrlarni tanlash, mahsulotlarni ishlab chiqarish, sinash ekspluatatsiya, remont va ularni amaldagi normativ hujjatlar talablariga mosligi bo‘yicha texnik echimlarning metrologik darajasini tahlil qilish va baholashdir. Metrologik ekpertizaga mahsulot va xizmatlarga ta’luqli normativ va texnologik hujjatlar ular hayotiy sikllarning barcha yetaplarida tortiladi.
Metrologik ekspertizaga tortiladi:

  1. Davlatlararo, Davlat, tarmoq va O‘zbekiston informatsion fondida registratsiyadan o’tgan tashkilotlarning mahsulot va xizmatlariga bo‘lgan standartlarning loyihalari;

  2. Rahbariy hujjatlarning loyihalari;

  3. Texnik shartnomalarning loyihalari;

  4. Import bo‘yicha qabul qilingan mahsulotlarni sinash usullari va programmalarning loyihalari;

  5. O‘lchash vositalarini, shu jumladan standart namunalarini ishlab chiqish texnologik topshiriqlarining loyihalari;

  6. O‘V turini tasdiqlash bo‘yicha sinov usullari va programmalarning loyihalari;

  7. O‘V ni qiyoslash usulini loyihalari va boshqalar.

Ekspertizani o‘tkazish muddati 30 kundan oshmasligi kerak. Ekspertizadan o‘tmagan hujjatlar qayta ekspertizaga tortiladi.


Mahsulot (xizmatlar) sifati tadqiq etish, ishlab chiqish, loyihalash, tajriba-konstruktorlik ishlari bosqichlarida shakllantiriladi va me’yoriy hujjatlarda belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida“ qonunida ko’rsatilishicha, standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar mamlakatimiz va xorijiy fan va texnikaning zamonaviy yutuqlariga asoslangan bo‘lishi va O‘zbekiston respublikasining qonunlariga mos kelishi lO‘zim. Bu talablarni bajarish uchun me’yoriy hujjatlarni ilmiy-texnologik ekspertizasi (MX, ITE) ni o‘tkazish kerak. Ekspertiza O‘zbekiston davlat standarti O‘z DSt 1.21:2001 “O‘z DST. Me’yoriy hujjatlarni ilmiy-texnologik ekspertiza qilish“ da belgilangan.
MH, ITE me’yoriy hujjatlarning xalqaro, xududiy, davlatlararo, xorijiy standartlar bilan uygunlashtirilganlik darajasini ornatish, fan, texnikaning zamonaviy rivojlanganlik darajasiga muvofiqligini, amaldagi qonunlarga va O‘z DST, Uz UDT, Uz SMT asos boluvchi me’yoriy hujjatlarga va boshqa standartlashtirish tarmoqlararo tizimlariga mosligini ornatish maqsadida bajariladigan tadqiqotdan iborat.
O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi talablariga muvofiq quyidagilar ekspertizadan o‘tkaziladi:

  • MH, loyihlari;

  • tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar;

  • davlat ro’yxatidan o‘tkaziladigan MH,;

  • amaldagi MH;

  • MH o‘zgartirishlarning loyihalari;

  • davlat royxatidan o‘tkaziladigan, MX ning tasdiqlangan O‘zgartirishlari.

  • Ekspertizaning quyidagi xillari ornatilgan:

  • normallashtirish tekshiruvi;

  • kelishishning toliqligi;

  • majburiy talablarga muvofiqligi;

  • patent sofligiga tekshirish;

  • ochiq chop etilmaydigan malumotlar;

  • texnik ekspertiza;

  • iqtisodiy ekspertiza;

  • metrologik ekspertiza;

  • ekologik ekspertiza;

  • terminologik ekspertiza;

  • huquqiy ekspertiza;

  • nashriyot tahriri;

  • ilmiy-texnologik darajani baholash.

O‘zStandart Agentligining topshirig’i, buyurtmachining surovnomasi, shuningdek zarurligiga qarab, standartlashtirish ob’ektining hususiyatlariga qarab, ekspertiza alohida turlar bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.
O‘zStandart Agentligi, standartlashtirish bo‘yicha texnik qomitalar, standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar va ekspertiza o‘tkazishga vakolatlangan boshqa tashkilotlar me’yoriy hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazadi.
Texnik ekspertizayai o‘tkazishda:
- me’yoriy hujjat nomining texnik topshiriqqa (mavjud bo‘lganda), me’yoriy hujjatning mazmuniga va standartlashtirish rejalari (dasturlari) ga mosligi, standartlashtirish ob’ektining me’yoriy hujjat darajasiga muvofiqligi, me’yoriy hujjatning to‘g‘ri bayon etilganligi va mazmunining to‘g‘riligi aniqlanadi;
- me’yoriy hujjat kor’satkichlarining davlatlararo standartlar va milliy hujjatlarning talablariga muvofiqligi;
- tekshirilayotgan me’yoriy hujjatning uxshash mahsulotga amaldagi me’yoriy hujjatlarning takrorlanganlik xoli aniqlanadi.
Iqtisodiy ekspertiza tushuntirish yozuvidagi malumotlarni tasdiqlovchi, me’yoriy hujjatni joriy etish texnik-iktisodiy va ijtimoiy samaradorligi hisobining to‘g‘riligini tekshirishdan iborat.
Metrologik ekspertiza O‘z RH 51 - 106:2001 bo‘yicha bajariladi.
Terminologik ekspertiza ornatilgan ilmiy-texnologik atamalarning me’yoriy hujjatda to‘g‘ri qollanilganligini, davlatlararo va respublika terminologik standartlariga rioya qilinganlikni tekshirish bosqichi boladi.
Xususiy espertiza me’yoriy hujjat mazmunining amaldagi konunlarning talablariga muvofiqligini tekshirishdan iborat.
Nashriyot tahriri me’yoriy hujjat matnini ilmiy va adabiy taxrir, texnik taxrir qilishdan iborat.

Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling