14-amaliy mashg‘ulot. Sip signalizatsiyasini o’rganish va sip protokoli bo’yicha ulanishni tashkil etish
Download 44.52 Kb.
|
амалиет 14
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.2Topshiriq
- 14.3 Nazorat savollari
- 14.4 Adabiyotlar
- 14.5 Nazariy qism 14.5.1 Internet bo‘ylab ovozni uzatish SIP
14-amaliy mashg‘ulot. SIP SIGNALIZATSIYASINI O’RGANISH VA SIP PROTOKOLI BO’YICHA ULANISHNI TASHKIL ETISH 14.1. Mashg‘ulot maqsadi va mazmuni SIP protokoli bazasida IP tarmoqlarni qurish tamoyillari, protokolni qo‘llashning asosiy mexanizmlari, SIP asosida tarmoq tuzilishi, uning muhim xarakteristikalari bilan tanishish. 14.2Topshiriq Amaliy mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rilayotganda [1-4] adabiyot o‘rganish lozim. Ko‘rsatilgan adabiyotlardan foydalanib quyidagi savollarni o‘rganish kerak: SIP protokoli, uni IP tarmoqlarda qo‘llashning asosiy afzalliklari, real vaqt masshtabida ushbu protokoldan foydalanib ovoz va tasvir axborotlarini uzatishning muhim tavsiflarini o‘rganish. 14.3 Nazorat savollari SIP protokoli, uning qo‘lanish tavsifi, xarakteristikalarini izohlang. SIP bazasida keng polosali tarmoqlarni qurish asosiy jihatlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz? Real vaqt tushunchasiga ta’rif bering? Internet bo‘ylab ovozni uzatish jarayonini tushuntiring? SIP asosida tarmoq qurish asosiy afzalliklari. SIP protokoli bo‘yicha tarmoq strukturasi. 14.4 Adabiyotlar 1. The Future of Telephony. Jim Van Maggelen, Leif Madsen, Jared Smith. O’Reilly. USA. 2010. 2. Olifer V.G., Olifer N.A. Kompyuternыe seti.Prinsipы, texnologii, protokolы. 3-e izd. SPb.: Piter,2006- 958 s. 3. Computer Networks. Andrew S. Tanenbaum.Upper Saddle River, New Jersey. 5th edition. 2013. 5.Semenov YU.A. Protokolы Internet.M.: Goryachaya liniya-Telekom,2001.- 1100 s. 14.5 Nazariy qism 14.5.1 Internet bo‘ylab ovozni uzatish SIP (Session Initiation Protocol — seans o‘rnatish uchun protokol) — foydalanuvchi internet-seansini o‘rnatish va o‘chirish uchun standart bo‘lib, multimediali ma’lumotlarni almashishni xam ta’minlaydi, ya’ni audio-video konferensiya, tezkor xabar xamda onlayn o‘yinlar. SIP asosan ovozli xamda video chaqiruvlarni o‘rnatish uchun ishlatiladi. OSI modelida SIP amaliy pog‘onadagi tarmoq protokoli hisoblanadi. Protokol klient dasturining boshqa klient dasturi bilan bog‘lanish kelishuvini uning unikal nomi bilan aniqlaydi. SIPVoIPasosida yotuvchi protokollardan biri hisoblanadi. Protokol asosida quyidagi prinsiplar qo‘yilgan: oddiylik: o‘z ichiga faqatgina oltita funksiyani oladi. Transport pog‘onasida mustaqillik: UDP, TCP, ATM va boshqa transport protokollaridayam ishlaydi. Foydalanuvchilar harakatchanligi (mobilligi): foydalanuvchilar tarmoq ichida chegarasiz harakatlanishi mumkin. Bunga foydalanuvchilarga unikal nom berish yo‘li bilan erishilgan. Tarmoq kengayuvchanligi: SIP protokoli asosidagi tarmoq strukturasi uni oson kengaytirish va elementlar sonini ko‘paytirish imkoniyatini beradi. Protokol kengayuvchanligi: yangi xizmatlar yaratilishida yangi funksiyalar qo‘shish imkoniyati mavjud. Internetning mavjud protokollari stekiga joylashtirish mumkinligi. Protokolni boshqa VoIPprotokollari bilan bog‘lash imkoniyati, va intellektual tarmoqlar bilan aloqa qilishi. SIP klientlari odatda TCP va UDP ning 5060 porti orqali bog‘lanadi. Tovushli va video ma’lumotlarni uzatish uchun RTP (Real-time Transport Protocol) protokoli ishlatiladi. IP tarmoqlarining mavjud dasturlari bilan bog‘lash uchun hamda foydalanuvchilarning mobilligini ta’minlash uchun SIP elektron pochta ko‘rinishidagi manzillarni ishlatadi. SIP URL deb nomlanuvchi bu manzillar quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: nom@domen nom@xost nom@IP-manzil SIP manzillar sip: so‘zi bilan boshlanadi, bu aynan SIP manzil ekanligini bildiradi, huddi shunga o‘xshash boshqa manzillardan farqli, malasan mailto: Protokol klient-server arxitekturada ishlaydi. Klient serverga kerakli bo‘lgan ma’lumotni so‘rab so‘rov jo‘natadi. Server so‘rovni qabul qilib, unga ishlov beradi va so‘rovni to‘g‘ri bajarilganligi yoki xatolik haqida javob yoki klient so‘ragan ma’lumotni qaytaradi. SIP protokolida xabarlar (so‘rovlar va javoblar) RFC 2279 standarti asosida kodlangan matnli ko‘rinishda bo‘ladi. Sintaksis va strukturasi HTTP protokoli so‘rovlariga o‘xshash bo‘ladi, ya’ni
Download 44.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling