14-laboratoriya ishi chigitdagi mag’iz va sheluxaning massa ulishini aniqlash


Download 3.8 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi3.8 Kb.
#1104640
Bog'liq
14-lab


14-LABORATORIYA ISHI
CHIGITDAGI MAG’IZ VA SHELUXANING MASSA ULISHINI ANIQLASH
14.1.Chigitdagi mag’iz va sheluxaning massa ulushini aniqlash.
Asboblar: 4-sinf laboratoriya tarozisi; pichoq yoki skalpel; preparatlash ignasi;chinni kosacha.
Ishning bajarilishi. Ajratish taxtasiga yupqa qatlam hamda bir tekis yoyilgan urug’ni o’rtacha namunasidan 50 dona chigit ajratib olinadi va tarozida tortiladi. Har bir chigit o’tkir pichoq yoki skalpel bilan teng ikkiga bo’linadi. Qobiq (sheluxa)ni igna yordamida urug’idan ajratib olib, oldindan tarozida tortilgan chinni kosachaga solinadi va 0,01 gr aniqlikda tortiladi.
Chigitdagi sheluxaning massa ulushi X (%da) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
X = m1*100/m
bu yerda: m1sheluxani massasi, gr; m – chigitni massasi, gr.
Chigitdagi mag’izning massa ulushi X1 (%da) quyidagi formula bilan hisoblanadi:
X1=100-X
bu yerda: X – chigitdagi sheluxaning massa ulushi, %
Download 3.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling