14-mavzu. Elektromobillarning qo‘chimcha qulayliklari reja


Download 0.49 Mb.
Sana04.02.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1162266
Bog'liq
14-MAVZU. ELEKTROMOBILLARNING QO‘CHIMCHA QULAYLIKLARI


14-MAVZU. ELEKTROMOBILLARNING QO‘CHIMCHA QULAYLIKLARI
REJA:

  1. Elektromobillarning avtomobildan ustunliklari

  2. Elektromobillarning innovatsion yangiliklari

  3. Elektro karlarning yetakchi avtoulovlari

Zamonaviy avtomobil modellarida ishlatiladigan dvigatelning yana bir turi mavjud bo’lib, bu motorli g’ildirak tizimidir. Bu tizimning boshqa elektromobillar tizimlaridan asosiy farqi, bunda zaryadlash g’ildiraklarga o’rnatilgan hajmi kichikroq generatorlar asosida akkumulyator quvvatlantiriladi.
Albatta bu elektromobilning doimiy yurishi uchun yetarlicha bo’lmasligi mumkin. [10]Shu sababli bu gibrid tizimda ishlaydi ya’ni, elektr energiyasi bilan ta’minlab beruvchi litiy ionli akkumulyatorni quvvatlantirishda ham g’ildiraklar harakatidan ham zaryadlash stantsiyalaridan foydalanish mumkin.


[ 4]Elektromobillarning inovatsion qulayliklaridan yana biri bu uning rekuperativ tormoz tizimi bo’lib, unda harakatlanish asosan bitta pedalga asoslangan.
Ya’ni, harakat davomida gaz pedali qo’yib yuborilsa elektromobil avtomatik tarzda to’xtaydi.
Shu o’rinda aytib o’tish joizki elektromobillarda faqat 2 ta pedal mavjud. Bular: gaz pedali va tormoz pedali
Elektromobillarda harakat elektrodvigateldan to’g’ridan-to’g’ri yetakchi g’ildiraklarga yetkazish natijasida, kardanli valga muhtojlik sezilmaydi.
Shu sabab odatiy avtomobillardagidek orqa o’rindiq oldida noqulay tepalik yo’q.

Shu bilan bir qatorda, avtomobilda dvigatel turish joyi juda kam maydonni band qiluvchi yirik agregatlar bilan to’la. Elektromobillar esa ixcham agregat va mexanizmlardan tashkil topgani sabab, old va orqa yukxona birdek faqat qo’shimcha yuk ortishga mo’ljallangan.


Elektromobillar soni masshtabli o‘sib borishi energiyaning yangi sinfdagi iste’molchilari yuzaga kelishiga sabab bo‘lib, bu iste’molchilar nafaqat elektr energiya iste’moli o‘sishiga, balki, elektr iste’moli xarakteriga ham ta’sir qilib, megapolis elektr ta’minot tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Natijada generatsiya qilinayotgan quvvat strukturasi, yil va mavsum kesimida elektr iste’mol xarakteri va xajmi, shaxar tarmoqlarini kuchaytirishni hisobga olish lozim. Buning sababi, elektromobillarni zaryadlash uchun hozirda mavjud 220 V li tarmoqdan farqli ravishda 660 V li tarmoq kerak bo‘ladi.


Generatsiya qilinayotgan quvvat strukturasini ko‘rib chiqishning sababi, 2030 yilda ishlab chiqarilayotgan elektr energiya qayta tiklanuvchi manbalar asosida ishlab chiqarish 35% ga yetkazish ko‘zda tutilgan bo‘lsada, ko‘mir yordamida ishlab chiqarish 25% miqdorida qolmoqda va elektromobillar hisobiga iste’mol oshishi atmosferaga qo‘shimcha karbonant angidrid chiqarishga olib keladi [1].
Agar AQshda elektromobillar soni 145 gacha o‘ssa atmosferaga zaxarli chiqindi chiqarish 92 mln. Tonnagacha, 21% gacha o‘sishi esa 235 mln. Tonnagacha yetishi mumkin.
Bu qiziq. AQSh energetika vazirligi elektromobillarni amalga tadbiq qilishning ikki ssenariyasini ishlab chiqdi, unga ko‘ra mamlakatda elektromobillar soni 2030 yilda:
- A rejaga ko‘ra – 14%;
- B rejaga ko‘ra- 21%.
Hisob-kitoblarga ko‘ra elektr iste’moli mos ravishda 7 va 30% bo‘ladi. Bunda elektr iste’moli o‘sishi qo‘shimcha generatsiya quvvatlarini ishga tushurishni talab qilmaydi, chunki elektromobillarni zaryadlash asosan tungi vaqtda, energotizim yuklamasi pasayishi davriga to‘g‘ri keladi. Zaryadlashning yillik vaqti energotizimning o‘rnatilgan quvvati 90% yuklanishida 400 soatni tashkil etadi.
Energotizimning quvvati o‘ta yuklanishi yuklama grafigini tenglashishi, grafik baza qismi o‘sishi hisobiga energotizim texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari yaxshilanishi, tungi to‘xtashlarni tenglashtirish imkonini beradi.
Energotizimdagi generatsiya qilinayotgan quvvatlar strukturasini hisobga olishni asosiy elektr energiya ishlab chiqarish qo‘mirda ishlovchi elektr stansiyalarda amalga oshiriladigan Singapur misolida ko‘rish mumkin. Tesla S elektromobili egasiga 11 ming AQsh dollari miqdorida jarima yozilgan, chunki elektromobil atmosferaga tashlanayotgan zaxarli gazlari me’yorga to‘g‘ri kelmaydi [2].
Katta sondagi (yuzlab tonna) maishiy organik chiqindi hosil bo‘ladigan megapolislarda ko‘mir yordamida elektr energiya ishlab chiqarishdagi zaxarli chiqindini kamaytirish bioenergetik qurilma asosida kamaytirilishi mumkin. Bu esa maishiy chiqindilarni likvidatsiyalash va ko‘mish bilan bog‘liq kompleks muammolarni hal qilish, xususiy zaxiralar asosida energiyaga extiyojni qondirish va megapolis sharoitida katta muammo hisoblangan bo‘sh yer mavjudligini talaba qiladi.
Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling