14-mavzu: Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni (2 soat) Reja


Download 58.7 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi58.7 Kb.
#1509438
  1   2   3
Bog'liq
14 ma`ruza o`lkashunoslik (1)


14-mavzu: Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni (2 soat)
Reja:
1.Muzeyshunoslik haqida umumiy ma’lumot.
2. O‘zbekistonda muzey ishlari shakllanishi tarixidan
3. Muzeyshunoslik va turizmning dolzarb muammolari
4.Muzey ishlarining rivojlanishi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Muzeyshunoslik xaqida tushuncha. Muzeylarni tashkil etish. Muzey turlari. Muzey eksponatlari. Muzey manbalaridan foydalanish, muzeylarning o‘lkamiz tarixini o‘rganishdagi ahamiyati. Fan tizimida muzeyshunoslik. O‘zbekiston Respublikasidagi asosiy muzeylar va ularning o‘lkamiz tarixini o‘rganishdagi va tadqiq qilishdagi ahamiyati. Muzeylarni jihozlash ishlari. Hujjatlashtirish ishlarini olib borish qoidalari. Muzeylarning ilmiy ekspeditsion ishlari. Muzeylarning ijtimoiy vazifasi va ma’lumotlar tizimi. Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni.
14. 1. Hozirgi davrda g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarda muzey va madaniyat yodgorliklarining o‘rni. Mustaqillik davrida muzeylarning holati va bu borada olib borilgan chora tadbirlar. Har bir millatni ma’naviy jixatdan yuksaltirishda, milliy g‘oyani tarkib toptirishda va mamlakat aholisini madaniyat yutuqlaridan baxramand etiщda muzeylar g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki muzeylarda xalqmizning o‘tmishi, xayot tarzi, urf-odatlari bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy madaniyatimiz namunalari saqlanadi.
Muzeylar aholini, eng avvalo, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, madaniyatimiz qadriyatlariga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. Muzeylarning asosiy faoliyati muzey buyumlari deb ataluvchi tabiiy, moddiy va madaniy yodgorliklar namunalari bilan bog‘liq. Muzey buyumi g‘oyat katta ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotni o‘zida saqdaydi, tabiat va ijtimoiy xayotda kechgan turli xodisalar va jarayonlarniig ashyoviy isboti bo‘lib maydonga chiqadi, tarixiy hodisalar asosida fan, ta’lim va tarbiyaning rivojiga munosib hissa qo‘shadi.
Mamlakatimizda istiqlol yillarida muzeylari xayotida tub burilish ro‘y berdi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1998 yil 12 yanvardagi «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni muzeylar mamlakatimizning xaqiqiy ma’naviy va madaniy o‘choqlariga aylanishida muhim rol o‘ynadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 5 martdagi «Muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari to‘g‘risida»gi 98-sonli qarori va hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 3 oktabrdagi « Muzeylar faoliyatiga taallukli meyoriy xujjatlar to‘g‘risida»gi 231-sonli qarorlarida muzey fondlarida saqlanayotgan osori-atiqalarni avaylab-asrash va ularni xalqimiz o‘rtasida keng targ‘ib etish yuzasidan muzeylar oldida turgan asosiy vazifalar belgilab berildi.
O‘lkashunoslik manbalari orasida haqiqiy ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasaga aylanib qolgan muzeyning o‘rni va ahamiyati kattadir. U moddiy va ma’naviy madaniyat yodgorliklarining asl nusxalarini, arxeologiya, etnografiya, tomonimikaga oid materiallarni to‘playdi, saqlaydi va ilmiy asosda o‘rganib tahlil qiladi, natijalarini esa ekspozitsiya sifatida ommalashtiradi. Yig‘ilgan va muzeyda saqlanayotgan barcha materiallar muzeyning ilmiy bazasini tashkil etadi va uning ijodiy faoliyatida asos bo‘lib xizmat qiladi. Mana shu manbalar asosida muzeylar ilmiy tadqiqot va ilmiy hamda madaniy-ma’rifiy ta’lim-tarbiya ishlarini olib boradi. Respublikamiz hududida uch turdagi muzeylar mavjud bo‘lib, birinchi turdagi muzeylarga ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma’rifiy ishlarini olib boradigan muzeylar kiradi. Ular bir vaqtning o‘zida ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma’rifiy hamda ta’lim-tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Ikkinchi turdagi muzeylarga faqat bir soha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradigan muzey laboratoriyalariga ega bo‘lgan maxsus muzeylar (masalan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi bakteriologiya va mineralogiya muzeyi) kiradi va nihoyat, uchinchi turdagi muzeylarga faqat o‘quv turidagi" muzeylar kiradi. Bu muzeyning asosiy maqsadi o‘quv jarayonini yaxshilashdan iborat.

Download 58.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling