14-mavzu: Tropik va subtropik


Download 32.89 Kb.
bet1/4
Sana20.09.2023
Hajmi32.89 Kb.
#1682474
  1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tropik va subtropik mintaqasi dorivor o‘simliklari.


14-mavzu: Tropik va subtropik mintaqasi dorivor o‘simliklari.
Reja:

  1. Tropik va subtropik zonasining iqlim sharoiti.

  2. Tropik va subtropik iqlim zonasininh o’simliklari.

Kalit so’zlar: tropik iqlim zonasi, subtropik iqlim zonasi, surutus, nam tropik o‘rmonlar, qishda yashil o‘rmonlar, Magra o‘rmonlari yoki nam tropik butazorlar, savannalar-qishda yashil kserofill o‘rmonlar.
Yerning quruqlik qismida o‘simliklar dunyosi o‘zi yashayotgan ekologik sharoitlarga moslashishi va shu moslashish genetik jixatdan o‘zining ma’lum shakliga ega bo‘ladi. O‘simliklar yer sharini hamma joyida iqlim har xil bo‘lganligi uchun tarqalishi xam har xil bo’ladi. Bunga bir qancha omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi:

    1. O‘simlik miqdori ekvatordan qutublarga qarab pasayib boradi.

    2. O‘rtacha kengliklarda doimiy nam shamollarni dengizdan quruqlikka qarab esishi.

    3. Ekvatorda esa quruq shamollarni passatlarni quruqlikdan dengizga esishi.

    4. Dengizdan uzoqlashgan sari quruqlikning ichkari tomonlarida yog‘ingarchilikni kamayib borishi natijasida.

    5. Quyosh yorug’ligining yer shariga bir xil burchak ostida tushmasligi.

    6. Tuproq tiplarining turlichaligi kabi hususiyatlar yer sharida o‘simliklarning turlicha tarqalishiga sabab bo’lgan.

Yer sharida o‘simliklar tarqalish xususiyatlariga ko’ra quyidagi zonalarga ajratiladi:

  1. Arktika muz saxrolar zonasi;

  2. Tundra zonasi;

  3. Mo’tadil iqlimli zona;

  4. Cho‘l zonasi;

  5. Tropik o‘rmonlar zonasi;

Subtropik zona yaxlit maydonni tashkil qilmaydi. U shimoliy va janubiy kenglikning 30-35° va 40-45o larida janubiy-sharqiy Xitoyda, Yaponiya orollarida, Shymoliy Amerikaning Kalyforniya va Janubiy Amerikaning Chili shtatlarida, O’rta dengiz atrofidagi mamlakatlar hududida, Shimoliy va Janubiy Afrikada, Avstraliyada uchraydi. Shuning uchun ham bu zonaning barcha maydonlari uchun o`simliklarning umumiy bir vakilini ko`rsatish mumkin emas.
Subtropik zona o`simliklarining tarqalishiga va rivojlanishiga yil davomida temperaturaning o`zgarib turishi katta ta'sir ko`rsatadi. Subtropik zonaning sharqiy chegarasidagi quruqliklarda yog`ingarchilik issiq yoz faslida ham, sovuq qish faslida ham bo`lib turadi. Bu rayonlar nam subtropiklar (janubiy-sharqiy Xitoy, Yaponiya orollari, Janubiy Afrika, Florida yarim oroli, Qora dengiz qirg`og`idagi Batumi, Avstraliyaning sharqiy qismi) deyiladi.
Subtropik zonaning g`arbiy qismida esa yog`ingarchilik, asosan, qish faslida bo`ladi. Bunday joylar O’rta yer dengiz iqlimiga ega bo`lgan subtropiklar (O’rta yer dengiz, Chili, Kaliforniya)dir.
Subtropik zonaning markaziy qismida iqlim, kontinental bo`lib, temperatura qishda ham, yozda ham o`zgaruvchandir. Bunday joylar suruts subtropiklar deb ataladi. Bu yerdagi o`simliklar hayoti chala cho`l o`simliklarinikiga o`xshash.

Download 32.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling