14-mavzu: Tropik va subtropik
Download 32.89 Kb.
|
portal.guldu.uz-Tropik va subtropik mintaqasi dorivor o‘simliklari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nam tropik o‘rmonlar
Tropik zona o`simliklari.
Tropik zona o`simliklari eng qulay (tropik) iqlim sharoitida o`sishi va boshqa bir necha xususiyatlari bilan boshqa zona o`simliklaridan farq qiladi. Tropik zona asosan ekvatorning shimoliy va janubiy zonalariga joylashgan bo’lib, o‘simlik va hayvonot olami uchun eng qulay sharoitiga ko‘ra tropik o‘rmonlar 4 gruppaga bo’linadi. Nam tropik o‘rmonlar. Qishda yashil o‘rmonlar yoki butazorlar. Magra o‘rmonlari yoki nam tropik butazorlar. Savannalar qishda yashil kserofill o‘rmonlar. Nam tropik o‘rmonlar-ekvatorda va uning shimoli va janubiy tomonlarida joylashgan. Ular Sharqiy Osiyoning, Hindiston, Bangladesh, Shri-Lanka, Birma, Vetnam, Kambodja, Laos, Indoneziya, Janubiy Amerikada Amazonka ko‘p tarqalgan. Nam tropik o‘rmonlarda, yog‘ingarchilik nihoyatda katta, o‘rtacha yillik yog‘in 2000-4000 mm ni tashkil qiladi. Atmosferaning nisbiy namligi, deyarli 90% dan kam bo’lmaydi. Yillik harorat 25-300C bo’lib, eng sovuq davrda 1-50C atrofida farq qiladi xolos. Yoz oyining eng issiq temperaturasi 35-360C dan ortmaydi. Pasti 180C dan pastga tushmaydi. Chunki bug’lanishning kuchliligi ta’sir kiladi. Shuning uchun nam tropik o‘rmonlarda o‘simliklar eng qalin (zich). Ma’lum maydonda yashashi mumkin bo‘lgan organizmning to‘la imkoniyati foydalanilgan. Bu o‘rmonlar yerininh yuza qismi o’tloqzorlar emas, nixoyatda kam tur o’sadi. O‘rmon osti florasi kambag’al. Bu zonada lianalar (chirmashib o‘suvchi) epifidlar va kauliflor o‘simliklar ko’p uchraydi. Kauliflorlar gullari shoxlarida bo’lmasdan, bevosita tanasida bo’ladigan o‘simliklardir. Nam tropik o‘rmonlarda uchraydigan daraxtlarning boshqa joyda uchramaydigan turlari o’ziga xos. Fonerofitlarning terofitlarga nisbatan o‘ziga xos turlari ko‘p. Ayniqsa bu joylarda saprofitlar ko‘p, lekin parazitlar kam. Magra o‘rmonlari – nam tropik butazorlar asosan bular dengiz qirg‘oqlarida yashaydigan o‘simliklar, ular sho‘r muhitda o‘sadi. Ularga suv ko’tarilishi va pasayishiga qarab, ildiz qismi gox suv ichida, gox atmosferada yashaydigan o‘rmonzorlar kiradi. Bular ekvator zonasidagi deyarli barcha okean va dengiz qirg’oqlarida uchraydi. Kaliforniya, Bermut, Braziliya, Yangi Zelandiya, Avstraliya va Afrika qirg‘oqlarida ko‘plab o‘sadi. Download 32.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling