14-sonli ttj


Download 20.63 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi20.63 Kb.
#1818186
Bog'liq
Т.Шамсиддинов KPI


Toshkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakultetiga qarashli 14-sonli talabalar turar joyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusni amalga tatbiq etish maqsadida “Milliy taomlar” mavzusida o‘tkazilgan musobaqa
BAYОNNOMASI


Toshkent viloyati 14-sonli TTJ

17.10.2023 y.


Qatnashdilar:
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakuteti dekani T.Sh.Shamsiddinov, Xotin - qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi F.Ravshanova, tyutor E.Xodimatov, va fakultet talaba-qizlari.


KUN TARTIBI:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusni amalga tatbiq etish maqsadida “Milliy taomlar” mavzusida bellashuv.

Eshitildi: Tadbirni fakutet dekani T.Sh.Shamsiddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning 5-tashabbusi xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash ishlarini tizimli tashkil etish yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Vatan mehri yuragimda” mavzusida fakultet talabalar o‘rtasida musobaqa tashkil etilganligigini aytib o‘tdi. Hozirgi kunda respublikamizda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar soni 3 596 406 nafarni tashkil qilmoqda. Joriy yilda 76,2 mlrd. soʻm imtiyozli mablagʻlar evaziga 76 198 nafar yosh xotin-qizlar ish bilan taʼminlandi, shuningdek, 15 935 nafar yosh xotin-qizlar kasb-hunarga oʻrgatildi. Bugun fakultetda talaba – qizlarni pazandalikka o‘rgatish maqsadida “Milliy taomlar” mavzusida bellashuv tashkil etildi. Xozirgi tadbirimizdan ko‘zlangan asosiy maqsadimiz talaba – qizlarni kasb-hunarga va pazandalikka o‘rgatishdan iborat.



Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli bo‘lishini va hozirgi vaqtda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va keng qamrovli islohotlar haqida gapirdi.
So‘zga chiqdi: Xotin - qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi F.Ravshanova - Mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi hamda bandligini ta’minlashga har tomonlama ko‘maklashish,
t adbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash, joylarda “Ayollar daftari”ni shakllantirish va unga kiritilgan xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli o‘rganish, tahlil qilish va hal etish borasidagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surishi bejiz emas. Xususan, beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash ishlarini tizimli tashkil etishga yo‘naltirilgan.



Bellashuvda 12 nafar talaba-qizlar berilgan shartlar bo‘yicha bellashdi. Bellashuv qizg‘in va juda qiziqarli bo‘ldi. Talaba qizlar pazandachilik mahoratini qizg'in namoyish etishga kirishdilar. Qizlar pazandalik mahoratlarini namoyish etdi. Milliy taomlarimizdan qovoqli dimlama, kòk chuchvara, osh, ugra osh, qozon kabob, tuxumbarak, hamda sabzavotlardan turli salatlar tayyorladilar. Bellashuv so'ngida pazanda qizlarimiz mahorati alohida e'tirof etildi va g'oliblar diplom bilan taqdirlandi.



QAROR QILINDI:



  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusni amalga tatbiq etish maqsadida fakultetda talaba-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bilan maqsadli ishlarni tashkil etish, ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog‘lomlashtirishning samarali mexanizmlari tashkil etilsin.

  2. Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida fakultet talaba-qizlari o‘rtasida shu mazmundagi tadbirlar yanada ko‘proq tashkil etilsin.



Fakultet dekani T.Sh.Shamsiddinov


Xotin - qizlar masalalari bo'yicha
dekan maslahatchisi F.Ravshanova



Download 20.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling