week 1

Sana01.01.1970
Hajmi
#146221
Bog'liq
week 1


1 СЕМИНАР МАШГУЛОТИ УЧУН.
1-вазифа. Куйидаги тушунчаларни таърифини ёзинг:
1. Тарбия-o‘sib kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot – dunyoqarashni, insoniy e’tiqod, burch va mas’uliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab umrining oxirigacha oilada, maktabda, kasb-hunar kollejlarida, oliy ta’lim muassasalarida va jamoatchilik ta’sirda shakllanib boradigan jarayondir.
2. таълим-maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilim, qobiliyatlarini o‘stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. Ta’lim jarayonining mazmunini bilim, ko‘nikma va malaka tashkil qiladi. “Ta’lim insonlarga yaxshiroq hayot tarzi va mavqe imkoniyatlarini yaratadi. Odamlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga yordam beradi. Insonga o‘zini va dunyoni tushunishdagi bilimini oshirishda zarur. Odamlardagi bag‘ri kenglikni shakllantiradi. Yoshlarning hayotga va dunyoga bo‘lgan qarashini shakllantirishga yordam beradi. Demak, ta’lim millatni rivojlantirishga yordam beradi”4, – deydi amerikalik pedagog olim A.Mur.
3. Билим-bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi, ularning ichki ziddiyatlaridan kelib chiqqan bog‘liqlikdir. U qonuniyat deb ham yuritiladi. Ya’ni bilim insoniyat tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan fan asoslarining qonunlari va tushunchalarini o‘zlashtirish natijasidir.
4. Куникма-mashq qilish natijasida beriladigan harakatlar yig‘indisi bo‘lib, bilimni ma'lum joy(sinfda, laboratoriyada va hakazo)da qo‘llay olishdir.
Ko‘nikma – malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda bajarilish qobiliyatini ifodalaydi va ko‘p marotaba takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga keladigan harakatlar yig‘indisidir.
5. малака-bilim va ko‘nikmani istalgan joyda qo‘llay olishdir.
Bilim asosida ko‘nikma va malaka paydo bo‘ladi. Bilim bahsda kerak bo‘lsa, ko‘nikma mehnatda, dunyoni o‘zlashtirishda zarur.
6. маълумот-ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
7.Махорат-turli malakalardan ishonchli, ijodiy foydalanish hamda kasbiy malakalar rivojlanishining yuqori darajasi va kasbiy ta’limning mutlaq maqsadidir. Mahorat murakkab ishni tez, aniq, sifatli bajarishning barqaror darajasidir.

2- вазифа. Педагогиканинг асосий тамойиллари (принцплари)ни схема (тасвир, Жадвал) шаклида чизинг.
Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling