15-variant 1-topshiriq Maktabgacha yoshdagi bolalarni ravon nutqini rivojlantirish yo’llari


Download 17.72 Kb.
Sana06.12.2021
Hajmi17.72 Kb.
#178888
Bog'liq
Bolalar nutqini o


Bolalar nutqini o’stirish”fani

15-variant

1-topshiriq

Maktabgacha yoshdagi bolalarni ravon nutqini rivojlantirish yo’llari.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqi ravon bo'lsa u o'z hohish, istaklarinu to'la bayon etib chuntira oladi shuning uchun ham maktabgacha ta'lim tashkilotining asosiy vazifalaridan biri bu bolalarni ravon nutqini rivojlantirishdir . Maktabgacha yoshda u muloqot va ta'lim jarayonida shakillanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan nutqni ikki hil turini ko'rib chiqish lozim ya'ni dialogik va monologik . Tarbiyachi shunday sharoit yaratish keraki bolalar dialogda sodda, undov, soroq va darak gaplar ishtirokida suxbat olib borilishlari kerak. Shunda bolalar atrofdagi hodisalar orqali suxbat qurib bir birlarini eshitishni hamda fikir yuritishni organadilar. Til vositalari imo-ishoralar bilan mimikalar bilan kuchaytiriladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyachi bolalarga turli yo’llardan foydalangan holda dialog tuzishga undashi kerak misol uchun savol-javob , nimanidur iltimos qilish, luqma tashlash va hk. Bolalarni kattalar va do’stlari bilan munosabatlari, qiziqishlari va ta'surotlari haqida suxbatga jalb etib suxbatdoshni tinglashni , savollar berish, mazmunga mos javob berish qobiliyatini rivojlantiriladi, bu ko'nikmalar monologik nutqni rivojlantirish uchun ham zarurdir. Juft bo'lib o'ynaladigan o'yinlar ham nutq rivojlanishida beqiyos o'rin egallaydi sababi o'yin faoliyatida bolalar bir -birlari bilan muloqotga kiradilar. O'yinlardan misol "Loto"hamda "Domino" bu o'yin paytida bolalar navbatga rioya qilish, bir-biriga xushmomilalik bilan murojat qilish, fikrini bo'lishishni o'rganadilar.



2-topshiriq

Mavzu yuzasidan slayd taqdimot yarating.

3-topshiriq

Til va nutq markazidagi ta’limiy faoliyat jarayonidan mavzu bo’yicha 1ta o’yin yoki faoliyat ishlanmasi tayyorlang

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatish:

Faoliyat turi:Nutqni rivojlantirish.

Mavzu:Meva va sabzavotlarni teramiz

Maqsad:Bolalarni kuz fasli haqidagi bilimlarini mustaxkamlash, kerakli so’zlardan foydalanishga o’rgatish va nutqni o’stirish. Rasmlardagi mevalar va sabzavotlardan mazmunli hikoya tuzish va mustaqil hikoyalashga o’rgatish.

Ta’limiy maqsad:So’zlashuv nutqini rivojlantirish,to’g’ri ta’lafuz qilish.

Tarbiyaviy maqsad:Nutqning ifodaliligini tarbiyalash. Bir-biriga do’stona munosabatni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalarni ijodkorligini, tasavvur eta olish,zukkolik, mustaqil fikirlashga o’rgatish.So’zlashuv nutqini rivojlantirish.

Faoliyat uchun keraklik jixozlar:Mavzuga oid ko’rgazmali rasmlar, kuz mavsumi o’zgarishlari aks etgan bulingan kartochkalar lamlanmasi.

Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Salom bolajonlar. Qani hammamiz salomlashib olamiz.

Qaranglar bolajonlar, o’lkamizda oltin kuz hukumronlik qilayapti, tabiat qanday go’zal-a? Quyoshjon bizga ohirgi nurlari bilan mehr sochmoqda, darahtjonlar yengil tebranayapti. Kelinglar oltin kuzimiz bilan ham salomlashib unga atab sherlar aytamiz.



Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda: (tarbiyachi qo’l harakatibilan bolajonlarga harakatlarni ko’rsatib turgan holda)

Salom oltin quyoshjon-(qullar yonga yoyilib)

Salom tiniq osmonjon-(qullar tepaga ko’tariladi)

Salom , quvnoq shamoljon-(qullar ikki yonga tebranib bosh biroz egiladi)



Tarbiyachi: Raxmat bolajonlar. Kelinglar endi rasmli bog’ga sayohat qilamz.(Ilingan suratlar mazmuni bo’yicha suxbat quriladi.)

Tarbiyachi: Suratda qaysi fasl tasvirlangan?

Bolalar javoblari….

Tarbiyachi:to’g’ri kuz fasli tasvirlangan.

Bolalar javoblari….

Tarbiyachi: Bolalar nima qilishyapti?

Bolalar javoblari….

Tarbiyachi: Barakalla. Bir tomonda bog’, bir tomonda poliz tasvirlanipti a bolajonlar…. Meva va sabzavotlar terimida bolalar kattalarga , ota-onalariga yordam berayaptilar. Bolajonlar endi sizga vazifa tasavur qilin suratda sizlar va ikki kishi bo’lib hikoya tuzasizlar biringiz boshlaysiz ikkinchingiz tugatasiz.(Shu tariqa bolalarni tuzgan hikoyalari tinglanadi va rasmga bolalar tomonida mavzu tanlanadi).

Tarbiyachi: Bolajonlar zerikib qolmadingizmi qani endi o’rnimizdan bir turib harakat qilib olamiz.

Jismoniy daqiqa:

Tarbiyachi: Shamol shamol jon shamol (qo’llar yuqoriga ko’tarilib shamol harakati bajariladi) Bog’imizga kel tezroq(o’ng va chap qo’l chqirish harakatini bajaradilar)Pishgan pishgan olma qoq(qullarni pasga qaratib silkiydilar)

Tarbiyachi: Bolalar, men sizlarga bugun ajoyib o’yin tayyorladim kelinglar o’ynaymiz. “O’yinimizning nomi 4-si ortiqcha”

O’yining borishi: Kartochkada 4ta narsa berilgan bo’ladi. Masalan: BAnan,olma, turp va nok yoki kartoshka, piyoz, turp, shaftoli. Shulardan qaysi biri ortiqchaligini bolalar topishlari kerak.

Tarbiyachi: suratda qaysi fasl tasvirlangan? Nima uchun shunday deb o’ylaysiz? Rasmda qayer tasvirlangan? Bolalar nima qilishayapti? Rasmda qanday mehnat turlari tasvirlangan? Bolalar nima qilishyapti? Kuzda qanday mevalar pishar ekan? Qanday poliz sabzavotlari pishar ekan?

Bolajonlar mana o’yinimiz ham nihoyasiga yetdi, hammaga rahmat.
Download 17.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling