16-bilet Kazus
Download 48.81 Kb. Pdf ko'rish
|
16 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatga huquqiy baho bering.
16-bilet Kazus Uzoq muddatli chet el xizmat safari bilan ketayotgan, Hoshimov advokat Fozilovga turmush o‘rtog‘i Hoshimova nikohdan ajratish haqidagi da’vosiga ko‘ra sud jarayonida uning manfaatlarini himoya qilishni buyurdi va Fozilovga notarial tasdiqlangan ishonchnoma yubordi. Kutilmaganda Fozilov jiddiy kasallikka chalinib, kasalxonaga yotqizildi, shu tufayli Hoshimovning topshirig‘ini shaxsan bajara olmasligi ma’lum bo‘ldi. Biroq Fozilov ushbu topshiriqni bajarish maqsadida taqdim etish yo‘li bilan advokat Javlievaga ishonchnoma berdi. Kasalxona bosh shifokori tibbiy bo‘limi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomaga ko‘ra, Fozilov javlievaga o‘z vakili bo‘lgan Hoshimov nomidan ajrashish jarayonida Hoshimovning manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq barcha protsessual harakatlarni bajarishni topshiradi. Xizmat safaridan qaytgach, Hoshimov, u va uning rafiqasi o‘rtasida sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi tuzilganini unga ko‘ra, nikoh bekor qilingandan so‘ng, er-xotinning nikoh paytida sotib olgan barcha umumiy mulkning 70 foizi turmush o‘rtog‘iga o‘tganligini, ushbu kelishuvni o‘zining nomidan advokat Javlieva tuzganligini bildi. Bundan norozi bo‘lgan Hoshimov advokat Fozilovning advokat Javlievaga bergan ishonchnomasini bekor qilishni talab qilib, sudga murojaat qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering. Kazus bo`yicha tahlil qilinishi kerak bo`lgan muommolar ketma-ketligi: 1.Hoshimov ushbu masala bo`yicha Fozilovga ishonchnoma berishi to`g`rimi? 2.Fozilovning Hoshimovdan olgan ishonchnomani Javliyevga berishga haqqi bormi? 3.Kasalxona bosh shifokori tibbiy bo`limi o`rinbosari Fozilov va javliyev o`rtasidagi ishonchnomani tasdiqlashga haqlimi? 4.Fozilov qaytganda sud tomonidan u hamda xotini o`rtasida tuzilgan kelishuvga ko`ra nikoh bekor qilingandan so`ng ular birgalikda to`plagan mulkning 70 foizini xotiniga o`tkazilishi to`g`rimi. Hoshimov Fozilovning Javliyevga bergan ishonchnomasini bekor qilishni suddan talab qilishi to`g`rimi? Savollarga javobni Ishonchnoma haqida gapirishdan boshlasak. Fuqarolik kodeksining 134-moddasida aytilishicha ishonch bildiruvchi tomonidan ishonchli vakilga uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma huquq ishonchnoma hisoblanadi. Bunda ishonchli vakil faqat oʼziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi va, agar ishonchnomada boshqa narsa nazarda tutilmagan boʼlsa, oʼzi vakil qilingan harakatlarni shaxsan amalga oshirishi kerak. Ishonchnomaning bir necha turlari mavjud bo`lib ulardan birinchisi Bir martalik ishonchnomadir. U ishonchli vakilga bir martalik harakatni amalga oshirishga vakolat beradi. Masalan, tovar-moddiy boyliklar, bankdan pul summasi olish, shartnoma imzolash vahokazo. Ikkinchi turi esa maxsus ishonchnoma. Ushbu turdagi ishonchnoma umumiy maqsad, predmet va taomil bilan bogʼliq va bir yuridik natijaga erishishga yoʼnaltirilgan bo`ladi. Bir turdagi muayyan harakatlarni amalga oshirishga beriladi. Masalan, transport tashkilotlaridan yuk olish bilan bogʼliq operatsiyalarga sudda vakil boʼlishga va hokazo Biz uchun kerak bo`ladigan qism ham aynan shuyerda. Uchinchi turi esa Umumiy (bosh) ishonchnoma nomi bilan yuritiladi. Ishonch bildiruvchining mol-mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish hamda uning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish boʼyicha, shu jumladan davlat organlari, tijoratchi va tijoratchi boʼlmagan yuridik shaxslar, ularning boʼlinmalari, shuningdek har qanday boshqa shaxslar oldida barcha masalalar boʼyicha va vakil qilgan shaxs nomidan ishlarni yuritishga vakil boʼlishga vakolatlar beradi. Filial yoki vakolatxona rahbariga bosh tashkilot nomidan berilgan, uning rahbari yoki taʼsis hujjatlari bunga vakolat bergan boshqa shaxs tomonidan imzolangan ishonchnoma bosh ishonchnomaga misol boʼladi. Fuqarolik kodeksining 135-140-moddalari aynan ishinchnoma masalasi to`liq yoritilgan bo`lib unda aytilishicha Ishonchnoma oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtiriladi. Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʼlishi kerak. Quyidagilar esa notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtiriladi: gospitallarda, sanatoriylarda va boshqa harbiy-davolash muassasalarida davolanayotgan harbiy xizmatchilarning hamda boshqa shaxslarning shu muassasalarning boshliqlari, ularning tibbiy qism boʼyicha oʼrinbosarlari, katta va navbatchi shifokorlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno; harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar, qoʼshilmalar, muassasalar hamda harbiy oʼquv yurtlari joylashgan, notarial idoralar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa organlar boʼlmagan punktlarda esa — ishchi va xizmatchilarning, ular oilalarining va harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining shu qism, qoʼshilma, muassasa va oʼquv yurtlarining komandirlari boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno: ozodlikdan mahrum qilish joylarida boʼlgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno. Ishonchnomalarning bundan tashqari boshqa turlari ham mavjud bo`lib ular asosan Xat-xabarlarni, shu jumladan pul va posilkalarni olishga, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bogʼliq boʼlgan boshqa toʼlovlarni olishga, mualliflar va ixtirochilarga toʼlanadigan haqlarni, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek bank muassasalaridan summalarni olish haqidagi ishonchnoma vakolat beruvchi ishlaydigan yoki oʼqiydigan tashkilot, u yashaydigan uyga xizmat koʼrsatuvchi uy-joydan foydalanish tashkiloti, oʼzining yashash joyidagi fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari yoxud fuqaro davolanishda boʼlgan davolash muassasasining maʼmuriyati tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Shuningdek qonunda yuridik shaxslar ishonchnomasi uchun alohida modda bo`lib unda aytilishicha Yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma rahbar tomonidan imzolanib, unga ushbu yuridik shaxsning muhri bosiladi. Davlat mulkiga qarashli yuridik shaxs nomidan pul va boshqa shu kabi boyliklarni olish yoki topshirish uchun beriladigan ishonchnoma shu yuridik shaxsning bosh hisobchisi tomonidan ham imzolanishi shart. Banklarda ishonchnoma berish tartibi esa alohida qonun hujjatlari bilan belgilangan. Ishinchnomalarning muddatlari turlicha bo`lib ular koʼpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Аgar ishonchnomada muddat koʼrsatilgan boʼlmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida oʼz kuchini saqlaydi. Berilgan kuni ko`rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Faqatgina Notarius tomonidan tasdiqlanib, Oʼzbekiston Respublikasidan tashqarida harakatlarni amalga oshirishga moʼljallangan, amal qilish muddati koʼrsatilmagan ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan bekor qilingunicha oʼz kuchini saqlaydi. Fozilovga berilgan ishinchomani Javqiyevga o`tkazishi esa Fuqarolik Kodeksining 140- moddasida berilgan. Unda aytilishicha Ishonchnoma berilgan shaxs oʼz vakolatidagi harakatlarni shaxsan amalga oshirishi shart. Basharti, unga ishonchnoma bilan vakolat berilgan boʼlsa yoki uni ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilishga sharoit majbur qilsa, u harakatlarni amalga oshirishni boshqa shaxsga oʼtkazishi mumkin. Boshqa shaxsga oʼtkazish boʼyicha berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati uning berilishiga asos boʼlgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan oshib ketishi mumkin emas. Vakolatlarini boshqaga bergan shaxs ishonchnoma bergan shaxsga buni maʼlum qilishi hamda mazkur shaxs va uning yashash joyi toʼgʼrisidagi zarur maʼlumotlarni xabar qilishi kerak. Mazkur burchlar bajarilmasa, oʼz vakolatlarini boshqaga bergan shaxs undan vakolat olgan shaxsning harakatlari uchun xuddi oʼzining harakatlari kabi javobgar boʼladi. Bu moddaga tayanib shuni aytsh mumkinki Fozilov Javqiyevga ishonchnomani o`tkazishdan oldin Hoshimovdan ruxsat olishi hamda Javqiyevning yashah manzili bhaqidagi xabarni Hoshimovga yetkazishi kerak bo`lgan. Ammo e`tibor berishimiz kerak bo`lgan yana bir qism bor. Kazusda aytilishicha Kasalxona bosh shifokori tibbiy bo‘limi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomaga ko‘ra, Fozilov javlievaga o‘z vakili bo‘lgan Hoshimov nomidan ajrashish jarayonida Hoshimovning manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq barcha protsessual harakatlarni bajarishni topshiradi. Mening fikrimcha ushbu vaziyatda hoshimovning sudga davo qilishi to`g`rib o`ladi hamda uning manfaatlari sud tomonidan himoya qilinadi. Chunki fuqarlik kodeksining 141- moddasida ishonchnomaning bekor bo`lish holatlari yoritilgan bo`lib unga ko`ra ishonchnoma ushbu holatlarda bekor bo`lishiga sabab bo`ladi: 1- Ishonchnoma muddatining tamom bo`lishi 2- Ishonchnoma bergan shaxsning uni bekor qilishi, 3- Ishonchnoma bergan shaxsning bosh tortishi Ushbu holatlarda jismoniy shaxs tomonidan berilgan ishonchnoma bekor bo`ladi. Ishonchnoma bergan shaxs uning bekor boʼlganligi haqida ishonchnoma olgan shaxsni, shuningdek ishonchnoma qaratilgan oʼziga maʼlum uchinchi shaxslarni ham xabardor qilishi shart. Ishonchnoma ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslar boʼyicha bekor qilingan hollarda ishonchnoma bergan shaxsning huquqiy vorislari zimmasiga ham shunday vazifa yuklatiladi. Ishonchnoma bergan shaxs uning bekor boʼlganligi haqida ishonchnoma olgan shaxsni, shuningdek ishonchnoma qaratilgan oʼziga maʼlum uchinchi shaxslarni ham xabardor qilishi shart, Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor boʼlganligini bilgan yoki bilishi lozim boʼlganidan keyin qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaxs uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltirmaydi. Аgar uchinchi shaxs ishonchnomaning amal qilishi bekor boʼlganligini bilgan yoki bilishi lozim boʼlgan boʼlsa, ushbu moddaning qoidalari qoʼllanilmaydi. Biz tahlil qilayotgan ushbu kazusning so`nggi muommosining yechimini topishda bizga O`zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 27-moddasining 3-qismi ko`maklashadi. Da`vogarning talabi bo`yicha eridan birga to`plangan boylikning 70% ni talab qilgan edi. Ammo ushbu miqdor sud tomonidan keltirilishi ma`lum qilingan. Umumiy mol-mulkni bo‘lishda sud er va xotinning har biriga mulkning qaysi qismi berilishi lozimligini aniqlaydi. Er (xotin)ga unga qarashli ulushdan oshiq qiymatga ega bo‘lgan mol-mulk beriladigan hollarda, xotin (er)ga tegishli pul yoki o‘zga kompensatsiya belgilanishi mumkin. Oilaviy munosabatlar tugatilganda, sud er va xotin alohida yashagan davrda orttirgan mol-mulkni ulardan har birining o‘z mulki deb topishi mumkin. 1 1 https://lex.uz/acts/-104720 Download 48.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling