16-majburiyatlar hisobi topshiriqvariantlari Majburiyatlar turlarivaularningtavsiflari


Download 0.82 Mb.
bet1/5
Sana13.05.2020
Hajmi0.82 Mb.
  1   2   3   4   5

16-MAJBURIYATLAR HISOBI

Topshiriqvariantlari

1.Majburiyatlar turlarivaularningtavsiflari

Majburiyatlar — iqtisodiy foydaning kamayishiga, ya'ni amaldagi aktivlarning kamayishiga olib kelishiga ishonch mavjud bo`lgan, hisobot davrida yoki o`tgan davrlarda yuzaga kelgan kreditorlik qarzlari va boshqa qarzlardir.

Majburiyatlar qisqa va uzoq muddatliga bo'linadi. Joriy majburiyatlar shunday majburiyatki, ular bir yil yoki undan kamroq vaqt ichida biznesda to'lanishi kerakligini asoslaydi. Joriy majburiyatlarga misol tariqasida to'lanadigan schyotlar (kreditorlar), jamlangan xarajatlar (hali to'lanmagan), olinmagan daromad, bank foizlari va qisqa muddatli qarzlarni keltirish mumkin. Joriy majburiyatlarni so'ndirish uchun joriy aktivlardan foydalanilgani sababli ularning mavjud boʻlish davri ko'pincha bir xilda - bir yildan ortiq bo`lmaydi.

Uzoq muddatli majburiyatlar bir yildan uzoq bo'lgan muddat ichida bajarilishi kutilayotgan majburiyatlardir. Biroq. ayrim vaziyatlarda ular 1 yildan 3 yilgacha bo`lgan cheklangan muddatli majburiyatlar sifatida tasniflanadi. Uzoq muddatli majburiyatlarga misol sifatida uzoq muddatli qarzlar. obligatsiyalar, ko'chmas mulk krediti va uzoq muddatli qimmatli qog`ozlarni keltirish mumkin.


2.Majburiyatlar bo’yicha sintatik va analitik schyotlarni tasniflang.

Joriy majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:

6000 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga tolanadigan schyotlar»;

6100 «Ajratilgan bo`linmalar, sho'ba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga

to`lanadigan schyotlar»;

6200 «Muddati kechiktirilgan majburiyatlar hisobga oluvchi schyotlar»;

6300 «Olingan bo'naklarni hisobga oluvchi schyotlar»;

6400 «Byudjetga to`lovlar bo'yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar»;

6500 «Sug'urta va maqsadli davlat jamg'armalariga to`lovlar bo`yicha

qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar»;

6600 «Ta'sischilarga bo`lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar»;

6700 «Mehnat haqi bo'yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga

oluvchi schyotlar»;

6800 «Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar»;

6900 «Turli kreditorlarga bo`lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar».



Uzoqmuddatlimajburiyatlarquyidagischyotlardaaksettiriladi:

7000 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to`lanadigan uzoq

muddatli schyotlar»;



7100 «Ajratilgan bo'linmalar, sho'ba va qaram xo'jalik jamiyatlariga

bo"lgan uzoq muddatli qarzlar»;



7200 «Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi

schyotlar»;



7300 «Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo'naklarni hisobga oluvchi

schyotlar»;



7800 «Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar»;

7900 «Turli kreditorlarga bo`lgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi

schyotlar».



3. Qisqamuddatlimajburiyatlarhisobiniyuritilishi

Olingan tovar-moddiy boyliklar, ishlar, xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga oid majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: a) joriy qismi:

6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar";

6020 "Berilgan veksellar".

Ajratilganbo’linmalar, sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga joriy va uzoq muddatli majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:

a) joriyqismi:

6110 "Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan schyotlar";

6120 "Sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar". Muddati kechiktirilgan majburiyatlar haqidagi axborot, agar ularning muddati joriy davrda kechiktirilgan va kelgusida to’lanadigan (bajariladigan) bo’lsa, quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:



  1. qisqa (joriy) muddatlilari:

6210 "Diskont (chegirma)lar ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar"

6220 "Mukofot (ustama)lar ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar"

6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar"

6240 "Solidar va majburiy to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlar"

6250 "Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’I bo’yicha majburiyatlar"

6290 "Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar"



4. Joriy majburiyatlar deganda nimani tushunasiz?

Joriy (yoki qisqa muddatli) majburiyatlar tugatilishi uchun joriy aktivlar sifatida tasniflanadigan resurslardan foydalaniladigan yoki boshqa joriy majburiyatlar qabul qilinadigan majburiyatlar tarzida belgilanadi. Ularning ko'p uchraydigan oʻziga xos turlari kreditorlik qarzi olingan bo`naklar va muddati kechiktirilgan daromadlar, davr xarajatlariga taalluqli hisoblab yozilgan majburiyatlar, dividendlar va to'lovga oid foizlar, hisoblab yozilgan soliqlar, shartli majburiyatlar hamda boshqalar hisoblanadi.



5. Mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblashishlar qanday amalga oshiriladi?

Turli mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga olingan TMB (tovar-moddiyboyliklar), bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar va boshqa aktivlar uchun sub’ektning joriyqarzi 6010-schyotda, uzoq muddatli qarzi esa 7010-schyotda aks ettiriladi. 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar" schyoti amalda kelib tushgan TMB, qabul qilib olingan ishlar va iste’molda bo’lgan xizmatlar qiymatiga mazkur boyliklar yoki tegishli xarajatlarni hisobga olish schyotlari bilan korrespondentsiyada kreditlanadi. Masalan, mol yetkazib beruvchilardan materiallar olindi:

Dt 1010 "Xomashyo va materiallar" 560 m.s.

Kt 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar" 560 m.s.



6. Uzoq muddatli majburiyatlar hisobini ta’riflang.

Uzoq muddatli majburiyatlarga to`lov muddati bir yildan oshadigan majburiyatlar kiradi. Ularning qiymati foiz hisoblab yoziladigan asosiy majburiyat summasi bilan aniqlanadi. Qarz summasi to`lovlar qiymatini diskontlash yo`li bilan olingan mazkur to`lovlar qiymati korinishida aks ettiriladi. Diskontlash stavkasi inflyatsiya darajasiga, moliya bozori konyunkturasi va mazkur majburiyatni bajarmaslik ehtimoli bilan bog'liq xatar darajasiga bog'liq hamda pullarning vaqtinchalik qiymati nazariyasiga muvofiq hisob-kitob qilinadi.

7. Uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi sintetik va analitik schyotlar tizimi.

Uzoq muddatli majburiyatlar quyidagi sintetik schyotlarda aks ettiriladi:

7000 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan uzoq muddatli schyotlar";

7100 "Ajratilgan bo’linmalar, sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga bo’lgan uzoq muddatli qarzlar";

7200 "Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar";

7300 "Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar";

7800 "Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar";

7900 "Turli kreditorlarga bo’lgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar"

Uzoq muddatli majburiyatlar quyidagi subschyotlarda aks ettiriladi:

7010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”

7020 “Berilgan veksellar”

7110 “Ajratilgan bo‘linmalarga bo‘lgan uzoq muddatli qarz”

7120 “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarz”

7210 “Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”

7220 “Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”

7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”

7240 “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar”

7250 “Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘I bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar ”

7290 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar”

7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar”

7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari”

7820 “Uzoq muddatli qarzlar”

7830 “To‘lanadigan obligatsiyalar”

7840 “To‘lanadigan veksellar”

7910 “To‘lanadigan moliyaviy ijara”

7920 “Turli kreditorlarga bo‘lgan boshqa uzoq muddatli qarzlar”


8. Majburiyatlarni baholash tartibi qanday amalga oshiriladi?

Majburiyatlar qiymati uni yuzaga keltirgan xo’jalik muomalasi to’g’risidagi ma’lumotlarga asosan belgilanadi. Xo’jalik sub’ektlari tomonidan majburiyatlar qabul qilish o’rniga aktivlar sotib olinganda, majburiyatlar qiymati xarajatlar tamoyiliga muvofiq aniqlanadi va u olingan aktiv qiymatiga teng bo’ladi. 1-son BHMS «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ga binoan xarid qilingan aktivlar, xizmatlar va ishlar tannarxi yoki xarid qilish qiymati majburiyatlarni baholash uchun asos bo’ladi.



9. Aktsiz solig’I va uni hisoblash tartibini keltiring.

Aksizsolig‘io‘zmohiyatigako‘ratovarbahosigakiritiluvchivaoxirgiiste'molchitomonidanto‘lanadiganegrisoliqlarningbirturidir.Aksizsolig‘iningQQSdanfarqlitomoni - ma'lumbirchegaralangan tur vaguruhdagimahsulotlarningnarxigaqo‘shiladi.O‘zbekistonRespublikasidaaksizsolig‘iqo‘shilganqiymatsolig‘ibilanbirgalikda 1992 yildajoriyetilganbo‘lib, busoliqnihuquqiytartibgasoluvchisoliqqonunchiligihujjatibo‘lib 1991 yil 15 fevraldaqabulqilingan «Korxonalar, birlashmalarvatashkilotlardanolinadigansoliqlarto‘g‘risida»giQonunhisoblanadi.

Aksizostitovarlariuchunsoliqqatortishob'ektibo’libshartnomaviy (erkin) baholarda (o’zichigaaksizsolig‘iko’shilgan) QQSsizortilgantovarlarqiymatixisoblanadi. Shu jumladanmaxsulotyetkazuvchiningxomashyosihisobgaishlabchikarilgantovarlarkiradi.

Aksizostitovarlarini natural haqsifatidayokibepulberish ham soliqqatortishoborotihisoblanadi.

Joriyto’lovlarbo’yichao’tganoyninghaqiqiysotishxajmidankelibchiqibhisoblanganaksizsoliqsummasibyudjetgaquyidagimuddatlardato’lanadi:

Joriyoyning 13 —sanasigacha — 1 o’nkunlikuchun.

Joriyoyning 23—sanasigacha — joriyoyning 2 o’nkunligiuchun.

Kelgusioyning 3 —sanasigacha — xisobotoyiningoxirgikunlariuchun.



Sotishkuni deb maxsulotniortganliginiko’rsatuvchitovarjo’natishxujjatlaridako’rsatilgankunhisoblanadi.
10. Mulk vayersoliqlariniqandayhisoblanadi

Ilgarijismoniyshaxslardanolinadigan mol-mulksolig‘i mol-mulkninginventarizatsiyaqiymatini har yilibelgilanadigansoliqstavkalarigako‘paytirganholdahisoblabchiqilaredi. Prezidentimizning 2017 yil 29 dekabrdagi «O‘zbekistonRespublikasining 2018 yilgiasosiymakroiqtisodiyko‘rsatkichlariprognozivaDavlatbyudjetiparametrlarito‘g‘risida»giqarorining 18-ilovasiga muvofiq, mulksolig‘istavkalaritasdiqlandi. Ungako‘ra, 2018 yil 1 yanvardanboshlab mol-mulkkasolinadigansoliqstavkalariuningkadastrqiymatidankelibchiqibhisoblanishibelgilandi.

Shunga muvofiq, mol-mulkningkadastrqiymatiganisbatanqo‘llaniladigansoliqstavkalari 2018 yildanboshlabquyidagichabelgilandi:
- turar joylar, kvartiralar, dalahovliqurilmalari (umumiymaydoni 200 kvadratmetrdanortig‘ibundanmustasno), boshqaimoratlar, xonalarvainshootlaruchun 0,2 foizmiqdorida;
- shaharlardajoylashgan, umumiymaydoni 200 dan 500 kvadratmetrgachabo‘lganturar joy vakvartiralarga 0,25 foizmiqdorida;
- maydoni 500 kvadratmetrdanoshiqbo‘lganturar joy vakvartiralaruchun 0,35 foizmiqdorida;
- boshqaaholipunktlaridajoylashganumumiymaydoni 200 kvadratmetrdanoshiqbo‘lganturar joy vakvartiralar, dalahovliqurilmalariuchun 0,25 foizmiqdoridabelgilandi.

Ta’kidlashlozimki, jismoniyshaxslarning mol-mulkigasolinadigansoliqnihisoblabchiqarishmaqsadida mol-mulkningkadastrqiymatikadastrhujjatlaridankelibchiqib, biroq 42 million so‘mdankambo‘lmaganmiqdordabelgilandi. Jismoniyshaxslar mol-mulkinibaholashbo‘yichaorganlarbelgilagankadastrqiymatibo‘lmasa, soliqundirishuchun Toshkent va Nukus shaharlari, shuningdek, viloyatmarkazlarida 210 million so‘m, boshqashaharlarvaqishloqjoylarda 90 million so‘mmiqdorida mol-mulkningshartliqiymatidanolinadi.

Prezidentimizning 2017 yil 29 dekabrdagi «O‘zbekistonRespublikasining 2018 yilgiasosiymakroiqtisodiyko‘rsatkichlariprognozivaDavlatbyudjetiparametrlarito‘g‘risida»giqarorining 19-ilovasiga muvofiq, yersolig‘istavkalaritasdiqlandi. Yersolig‘istavkalari 2018 yilda 1,15 baravargaindeksatsiyaqilindi. Ilovaning 7 va 8-jadvallarida keltirilganstavkalargayeruchastkalarijoylashganjoyidankelibchiqib, quyidagikoeffitsiyentlarqo‘llaniladi:

Toshkent shahriatrofida 20 kilometrradiusda — 1,30, Qoraqalpog‘istonRespublikasivaviloyatlarmarkazlariatrofida 15 kilometrradiusda — 1,20, tumanmarkazlariatrofida 10 kilometrradiusda — 1,15 vaboshqashaharlaratrofida 5 kilometrradiusda — 1,10 nitashkiletadi.

Yeruchastkalarigachabo‘lganmasofaavtomobilyo‘llaribo‘yichashaharlarvatumanmarkazlariningma’muriychegaralaridanboshlabbelgilanadi. Agar yeruchastkasiikkishaharyaqinidajoylashganbo‘lsa, shaharningyuqoriroqfunksionalvazifasigamuvofiqkeladigankoeffitsiyentqo‘llaniladi. Jismoniyshaxslargatadbirkorlikfaoliyatiuchunberilganyeruchastkalaridansoliqyuridikshaxslaruchuntasdiqlanganstavkalarbo‘yichaundiriladi.

11. Ta’sischilar oldidagi majburiyatlarni hisobga olish tartibi

Ta’sischilar oldidagi majburiyatni hisobga olish quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:

6600 “Ta'sischilarga bo‘lgan qarz”

6610 “To‘lanadigan dividendlar”

6620 “Chiqib ketayotgan ta'sischilarga ulushlari bo‘yicha qarz”

MASALA VA MISOLLAR

1-Masala.

Maqsad – olingan joriy bo’naklar hisobini o’rganish.

Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.

Korxona ofis mebelini QQS hisobga olingan xolda 640 ming so’mga sotdi. Shartnomaga ko’ra mebel xaridorga u tomonidan 50% oldindan to’lov amalga oshirilgandan so’ng topshiriladi.



Mebelning boshlang’ich qiymati 700 ming so’m. Mazkur asosiy vositalar obekti bo’yicha hisoblangan amortizatsiya 96 ming so’mni tashkil qiladi. 8510- hisobvaraqning kredit tomonidan saldo-10 ming so’m.

Topshiriq:

  1. Quyidagilarni amalga oshiring;



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Ofis mebeli yetkazib berilishi uchun xaridordan bo’nakning kelib tushishi aks ettirildi

320

5110

6310

2

Sotilgan mebel uchun bo’nakni hisobga olinishi aks ettirildi

320

5110

6310

3

Sotilgan mebel uchun xaridorning qarzi aks ettirildi

320

6310

4010

4

Mebelni sotishda QQS bo’yicha byudjet oldidagi qarzi aks ettirildi

128

9210

6410

5

Sotilgan mebelning boshlang’ich qiymati hisobdan chiqarildi

700

9210

0100

6

Sotilgan mebelning hisoblangan amortizatsiyasi summasi hisobdan chiqarildi

96

0200

9210

7

Mebelni qayta baholash saldosi hisobdan chiqarildi

10

8510

9210

8

Sotilgan ofis mebeli uchun xaridordan yakuniy to’lov kelib tushishi aks ettirildi

320

5110




9

Sotishdan moliyaviy natija (foyda) aks ettirildi

22

9210

9310

Izoh: QQS 20% deb olindi

2-Masala.

Maqsad – byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar hisobini o’rganish.

Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.

Korxonaning marketing bo’limi xodimi yanvar oyi uchun 520 000 so’m ish xaqi; yil yakunlari bo’yicha 250 000 so’m mukofot oldi. Yanvar oyi uchun shkala bo’yicha hisoblangan daromad solig’i summasi 180 701 so’mni tashkil qildi.

Bundan tashqari hisoblangan summalardan 2,5% stavka bo’yicha ish haqidan majburiy sug’urta badallari ushlab qolindi.

Topshiriq:


  1. Quyidagilarni amalga oshiring;



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Yanvar oyi uchun ish haqi hisoblandi

520000

9420

6710

2

Yil yakunlari bo’yicha mukofat hisoblandi

250000

9430

6710

3

Daromad solig’i hisoblandi

180701

6710

6410

4

Majburiy sug’urta badallari ushlandi

19250

6710

6510

5

Daromad solig’i bo’yicha qarzni qoplash aks ettirildi

180701

6410

5110

6

Majburiy sug’urta badallari to’landi

19250

6510

5110

7

Ish haqi va mukofot to’landi

570049

6710/9430

5110

3-Masala.

Maqsad – sug’urta bo’yicha va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlar hisobini o’rganish.

Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.

Yanvar oyida ishlab chiqarish bo’limi xodimlariga 12 000 ming so’m miqdorida ish haqi hisoblandi. Yagona ijtimoiy to’lov 24 % stavka bo’yicha mehnatga haq to’lash fondidan hisoblanadi. Bundan tashqari korxona buxgalteriyasi xodimlarning ish haqidan 2,5 % stavka bo’yicha majburiy sug’urta badallarini ushlab qoladi.



Topshiriq:

  1. Quyidagilarni amalga oshiring;



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Ishchilarga ish haqi hisoblandi

12000

2010

6710

2

Mehnatga haq to’lash fondidan yagona ijtimoiy to’lov hisoblandi

2880

2010

6520

3

Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari ushlab qolindi

300

2010

6510

4

Daromad solig’i hisoblandi

1440

6710

6410

5

Yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha qarzlarni to’lash aks ettirildi

2880

6520

5110

6

Sug’urta badallari bo’yicha qarz to’landi

300

6510

5110

7

Ish haqi to’landi

7380

6710

5110

Izoh: Daromadsolig`istavkasi 12% deb olindi.

4-Masala.

Maqsad – dividentlar hisoblash va ularni hisobga olishni o’rganish.

Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.

Aktsiyadorlik jamiyati 1000 ming so’m miqdorida dividendlarni tayyor mahsulotlar bilan to’lashga qaror qildi. Tayyor mahsulotlarning tannarxi 800 ming so’mni tashkil qiladi.



Topshiriq:

  1. Quyidagilarni amalga oshiring;



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Dividentlar hisoblandi

1000

8710

6610

2

Dividentlardan soliq ushlab qolindi




6610

6410

3

Dividentlardan soliq o’tkazildi




6410

5110

4

Mahsulotlarni sotishdan QQS hisoblandi

160

4010

6410

5

Mahsulotlarning sotilishi aks ettirildi

960

4010

9010

6

Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi hisobdan chiqarildi

800

9110

2810

7

Hisobvaraqlarning yopilishi va moliyaviy natijani aniqlanishi




9910

8710

Izoh: QQS 20% deb olindi

KEYSLAR TO’PLAMI

1-guruh uchun.

Maqsad – materiallar hisobini o’rganish.

Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.

Ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqaruvchidan 12 000 ming so’mlik materiallarni (QQS bilan birga) sotib oladi.

Material uchun oldindan to’lov xarid qiymatining 50 %ini tashkil qildi.

Korxona xarid qilingan materiallar bo’yicha QQSni materiallar QQS solinadigan aylanmalarda ishlatilishi sharti bilan mol etkazib beruvchining hisobvaraq-fakturasi asosida hisobga olish uchun qabul qiladi.



Topshiriq:

1. Quyidagilarni amalga oshiring;





Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Materiallar uchun oldindan to’lov aks ettirildi

5100

4310

5110

2

Materiallarni kelib tushishi aks ettirildi

12000

1010

6010

3

QQS hisobga olinishi aks ettirildi

1800

4410

6010

4

Bo’nakni hisobga olish aks ettirildi

5100

6010

4310

5

Mol etkazib beruvchiga pul mablag’lari o’tkazildi

1200

6010

5110

2-guruh uchun.

Maqsad – materiallar hisobini o’rganish.

Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.

Korxona qiymati 1 200 ming so’m bo’lgan materiallarni sotib oladi, shu jumladan QQS 200 ming so’m. Mol etkazib beruvchi QQS hisobga olinmagan holda sotish narxidan 10 foiz miqdorida chegirma taqdim etadi.



Topshiriq:

1. Olingan chegirma summasini aniqlang;

2. Quyidagilarni amalga oshiring;




Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Materiallarni xarid qilish aks ettirildi

1200

1010

6010

2

QQS hisobga olish uchun qabul qilindi

200

4410

6010

3

Materiallar sotuvchisiga qarz qaytarildi

1280

6010

5110

3-guruh uchun.

Maqsad – ko’rsatilgan xizmatlar hisobini o’rganish.

Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.

Korxonaga qiymati AQSh dollarida belgilangan xizmatlar ko’rsatiladi. To’lov kundagi MB kursi bo’yicha amalga oshiriladi. Xizmatlar qiymati 12 000 dollarni, shu jumladan QQS 2 000 dollarni tashkil qildi.

AQSh dollari kursi quyidagicha bo’lgan:

Xizmatlar ko’rsatilgan kunda – 1 AQSh dollari uchun 1 740 so’m:

To’lov kunida – 1 AQSh dollari uchun 1 745 so’m.

Topshiriq:


  1. Quyidagilarni amalga oshiring;






Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Korxonaga ko’rsatilgan xizmatlar aks ettirildi

12000




6010

2

QQS hisobga olish uchun qabul qilindi

2000

4410

6010

3

Kurs farqi aks ettirildi




9620

6010

4

Xizmatlar etkazuvchisiga bo’lgan qarz qoplandi




6010

5110

4-guruh uchun.

Maqsad – muddati kechiktirilgan majburiyatlar hisobini o’rganish.

Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.

Korxona tomonidan nominal qiymati 1 200 ming so’m bo’lgan yillik obligatsiyalar chegirma bilan 1 140 ming so’mga sotib olindi.

Obligatsiyalar bo’yicha foizli daromad yil oxirida bir marta hisoblab yoziladi.

Topshiriq:


  1. Diskont chegirma summasini aniqlang;

  2. Quyidagilarni amalga oshiring;



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Obligatsiyalar chegirma bilan sotib olindi

1140

0610

5110

2

Diskont summasi aks ettirildi

20

0610

6210

3

Chegirma hisobdan chiqarildi

20

6210

9530

5-guruh uchun.

Maqsad – ijaralar hisobini o’rganish.

Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.

Ishlab chiqarish korxonasi omborlarni 6 oy muddatga ijaraga beradi. Ijara haqi 6 oy uchun bo’nak tarzida kelib tushadi va 7 200 ming so’mni shu jumladan QQS 1 200 ming so’mni tashkil qiladi. Omborlarni ijaraga berish korxonaning asosiy faoliyat turi hisoblanmaydi. Shuning uchun hisobda mulkni ijara berishdan daromadlar 9350-“Qisqa muddatli ijaradan daromadlar”(boshqa operatsion daromadlar) hisob varag’i bo’yicha aks ettiriladi.



Topshiriq:

  1. Diskont chegirma summasini aniqlang;

  2. Quyidagilarni amalga oshiring;



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Ijara summasi bo’nak tarzida olindi

7200

5110

6310

2

Har oyda: omborni ijaraga berishdan daromad aks ettirildi

1200

4820

9350

3

QQS hisoblandi

1200

4820

6410

4

QQS to’landi

1200

6410

5110

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling