17-amaliyot ishi


Download 99.34 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi99.34 Kb.
#1010323
Bog'liq
17-amaliyot(KvM)


17-amaliyot ishi
Cisco IOS tizim fayllarini o‘rnatish
Ishdan maqsad: Cisco IOS tizim fayllarini TFTP serverga zaxiraga olish va qayta ishga tushirishni amalga oshirish va ko`nikmaga ega bo’lish
Topshiriqlar

  1. Tarmoqni tuzing va qurilmalarning bazaviy parametrlarini sozlang

  2. Marshrutizatorda konfiguratsiya fayllarini TFTP server asosida cisco ios fayllarni kochirib o’tkazing

Nazariy ma’lumotlar
Cisco IOS dasturiy mahsuloti (Internetwork Operating System) Cisco router va switch qurilmalarida qo'llaniladi. IOS - bu yagona ko'p vazifali operatsion tizimga birlashtirilgan marshrutlash va kommutatsiya dasturlari, xavfsizlik tizimlari va tarmoq qurilmalarning funksiyalari to'plami tushuniladi.
Turli xil Cisco IOS versiyalari keng ko'lamli texnologiyalar va xususiyatlarni qo'llab-quvvatlaydi. IOS obrazi tanlash - qo'llab-quvvatlanadigan protokollar to'plamiga va mijoz ishlashi uchun zarur bo'lgan funksionallikka bog'liq.
Zamonaviy marshrutizator platformasi uchun operatsion tizim sifatida yaratilgan Cisco IOS tizim fayli VoIP, NetFlow va IPsec kabi texnologiyalarni qo'llab-quvvatlovchi xususiyatlarga ega.
Turli xil Cisco IOS versiyalari oila (Semeystvo) va filiallarga (vetki) ajratilgan. Guruhlar:

Masalan, IOS 12.3, 12.4, 15.0 va 15.1 oilalari mavjud




obraz nomi (c3825) – obraz ishlayotgan platformani aniqlaydi. Ushbu misolda platforma tarmoq moduliga ega Cisco 3825 routerdir.
advipservicesk9 - funktsiyalar to'plamini belgilaydi. Ushbu misolda advipservicesk9 kengaytirilgan IP xizmatlari texnologiya paketiga ishora qiladi, u ham ilg'or xavfsizlik funksiyalarini, ham IPv6 bilan tashuvchi to'plamlarini o'z ichiga oladi.
Mz- obrazni qayerdan boshlash kerakligini va uning fayli siqilganligini ko'rsatadi. Bu misolda mz fayl operativ xotiradan (OZU) ishga tushirilayotganini va u siqilganligini bildiradi.
124-22.T - uchun fayl nomi formati 12.4 (6) T.
bin — Fayl kengaytmasi. Bu kengaytma ikkilik bajariladigan faylni bildiradi.
Tarmoq kengayishi bilan Cisco IOS obrazi va konfiguratsiya fayllari markaziy TFTP serverida saqlanishi mumkin. Bu IOS obrazi lari va versiyalari sonini, shuningdek, saqlanishi kerak bo'lgan OS konfiguratsiya fayllarini boshqarish imkonini beradi.
TFTP (Trivial File Transfer Protocol –fayllarni uzatishni oddiy protokoli) protokoli ishlatiladi. U UDP -69 transport protokoli ustida ishlaydi. Paketni standart uzunligi 512 bayt, sarlovhasi 4 bayt. Xatolarni nazorat qilish bajarilmaydi. Paketga tasdiq kelgan bo’lsa qabul qilingan hisoblanadi. Aks holda bir karrali uzatish bajariladi.



Download 99.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling