Olmosh so’z turkumi

Sana01.01.1970
Hajmi
#174374
Bog'liq
Olmosh so’z turkumi

Olmosh so’z turkumi

BTSTI 2v-guruh talabasi

Urazimbero’va Shaxlo

Reja:


1. Olmoshning leksik-grammatik xususiyati
2. Olmoshning ma’no turlari
3. Olmoshning tuzilish turlari

Olmosh boshqa so’zlar, so’z birikmasi va gap o’rnida almashtirib qo’llanuvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so’roq bildiruvchi so’zlardir. Olmoshlar ot, sifat, son, ba’zan fe’lva yordamchi so’zlar o’rnida almashinib qo’llaniladi. Olmoshlarning atash ma’nosi bo’lmaydi. Shuning uchun ular “ichi bo’sh so’zlar” deb ham yuritiladi.

  • Olmosh boshqa so’zlar, so’z birikmasi va gap o’rnida almashtirib qo’llanuvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so’roq bildiruvchi so’zlardir. Olmoshlar ot, sifat, son, ba’zan fe’lva yordamchi so’zlar o’rnida almashinib qo’llaniladi. Olmoshlarning atash ma’nosi bo’lmaydi. Shuning uchun ular “ichi bo’sh so’zlar” deb ham yuritiladi.
  • M⁄s: Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog’bonning jahlini chiqardi.

Morfologik xususiyati:

  • 1. Marfologik usul orqali boshqa turkumlardan yasalmaydi. Lekin yasalishga asos bo’lishi mumkin.
  • 2. Olmoshlar otga xos shakl yasovchi qo’shimchalarni qabul qiladi:
  • a) kelishik qo’shimchalarini qabul qiladi: men+ning=mening
  • b) egalik qo’shimchasini oladi: shu+i+si=shunisi, bu+ing=buning
  • c) ko’plik qo’shimchalarni qabul qiladi: sizlar, ular, bizlar

Sintaktik xususiyati:

  • 1. Olmoshlar hech qachon o’zidan oldin aniqlovchi olmaydi.
  • 2. Olmoshlar gapda bajargan sintaktik vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
  • A) ot toifasidagi olmoshlar: men, sen, u, biz,siz,ular;
  • B) sifat toifasidagi olmoshlar: qanday, qaysi, shunday, bu;
  • C) son toifasidagi olmoshlar: qancha, nechta, nechanchi;
  • D) ravish toifasifagi olmoshlar: qachon, qayerda, qani.
  • 3. So’roq olmoshlari va ko’rsatish olmoshlari ergashgan qo’shma gaplarda nisbiy so’z vazifasini bajaradi.

Olmosh
turlari
Ko’rsatish
olmoshi
So’roq
olmoshi
Belgilash
olmoshi
Gumon
olmoshi
Bo’lishsizlik
olmoshi
O’zlik olmoshi
Kishilik
olmoshi
    • Narsa buyumni, shaxsni ko’rsatish uchun ishlatiladigan olmoshdir:
    • u, bu, o’sha, ushbu, mana, shu

Ko’rsatish
olmoshi
    • Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshdir:
    • Men, sen, u, biz, siz, ular

Kishilik
olmoshi
    • O’zlik olmoshi kishilik olmoshlari o’rnida qo’llaniladi:
    • O’z so’zidan iborat

O’zlik
olmoshi

So’roq olmoshlari- shaxs, narsa-hodisa, belgi- xususiyat, sabab, o’rin, payt haqida so’roqni bildirivchi olmoshlardir.


So’roq olmoshining turlari

1

Shaxs so’rog’i

Kim?

2

Narsa-hodisa so’rog’i

Nima?

3

Narsa- buyum so’rog’i

Qanday? Qanaqa? Qaysi?

4

Miqdor so’rog’i

Nechta? Qancha? Nechanchi?

5

Sabab-maqsad so’rog’i

Nima uchun? Nega? Nima maqsadda?

6

O’rin-joy so’rog’i

Qayerda? Qayerga? Qani?

7

Payt so’rog’i

Qachon? Qachondan?
    • To’pdan ajratilgan yoki jamlab ko’rsatilgan shaxs, narsa-hodisa, belgi, harakat-holatni ifodalaydi:
    • Harbir, har kim, hamma, bari, butun, jami

Belgilash olmoshlari
    • Shaxs-narsa, belgi xususiyat bildiruv-chi mustaqil so’zlar o’rnidataxminlab, gumonlab keladi:
    • Allakim, allaqayer, kimdir, birov

Gumon olmoshlari
    • Shaxs, narsa, harakat,miqdor paytga nisbatan inkorni bildiradigan olmosh:
    • Hech kim, hech nima, hech qanday

Bo’lishsizlik olmoshlari
Olmoshlarning tuzilishiga
ko’ra turlari
Sodda olmoshlar
Kim, hamma
Qo’shma olmoshlar
Har bir, hech kim
Juft olmoshlar
Siz-u biz, ul-bul
Takroriy olmoshlar
Shu-shu, o’sha-o’sha
Foydalanilgan adabiyotlar:
  • Sh. Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev, I.Rasulov, X.Doniyorov Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1-qism .T., «O‘qituvchi» 1980.
  • U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullayev Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., «O‘qituvchi» 1992.
  • O‘zbek tili leksikologiyasi. T., «Fan» 1981
  • M. Hamroyev va b “Ona tili” T., «Iqtisod-Moliya» 2007.
  • H.Jamolxonov Hozirgi O‘zbek adabiy tili. T., «Talqin» 2005

Internet ma’lumotlari:
  • www.tdiu.uz
  • www.el.tfi.uz
  • www.ziyo.net
  • www.google.com

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling