18-Amaliy mashg’ulot daraxtlarning radial xalqalari bo’yicha avvalgi yillardagi ekologik vaziyatni aniqlash reja
Download 15.78 Kb.
|
18-amaliy mashgulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi
- Nazariy material.
- TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq.
- 2-topshiriq.
- Blits-so’rovsavollari
18-Amaliy mashg’ulot DARAXTLARNING RADIAL XALQALARI BO’YICHA AVVALGI YILLARDAGI EKOLOGIK VAZIYATNI ANIQLASH Reja: Turli ekologik omilla rta’sirini daraxt to’nkalarida aks etishi. Grafik chizish. Ishning maqsadi: Daraxtning radial halqalari orqali oldingi yillardagi ekologik va iyatlarni aniqlashni o’rganish Material va jihozlar: Mashg’ulotning dars ishlanmasi, o’tkir pichoq, skalpel, 0,1 mmli o’lchov lupa, millimetrovka, turli yerlardan kesib olingan daraxt to’nkalaridan namunalar, namunalar olingan joydagi avtomobil yo’llar, zavodlar, o’rmonlar, jarliklar joylashgan tomonlar belgilab qo’yiladi. Nazariy material. Muhit ifloslanishiga turli xil o’simliklar, ularning organlari har xil munosabat bildirishadi. Muhit omillarining ta’siri daraxt tanasidagi radial halqalar (yillik halqalarning o’sishida o’z aksini topadi. Xilma-xil omillarning ta’siriga bog’liq holda yillik halqalarning ko’rinishi ham har xil bo’ladi. Bu xilma-xil omillarga quyosh aktivligi, tuproq namligi, tuproq hosildorligi, sho’rlanishi, harorat, havo namligi va boshqalar kiradi. Daraxt to’nkasining yillik halqasiga qarab shu daraxtning o’sishi (hayoti) mobaynida qanday ekologik ta’sirlarga uchraganini va o’zgarganini bilish mumkin. Bir necha yil davomida bir xil sharoitda o’sgan bir turdagi daraxtlarni yillik halqalarini hosil bo’lishini o’rganish natijasida, yillik halqalar oldingi vegetativ davrida muhit holatini belgilovchi indikatsiya belgisi ekanligiga ma’lum bo’ldi. Yillik halqalar vegetatsiya davrida po’stloq kambiysining o’sishi natijasida hosil bo’ladi va kengayadi. U ikki qismdan iborat: erta (halqalarning ochiq rangli qismi vegetatsiya davrining birinchi yarmida hosil bo’ladi) va kechki (to’qroq qismi vegetatsiya davrining ikkinchi yarmida hosil bo’ladi). Yillik halqalar nina bargli va keng bargli daraxtlarda aniq ko’rinadi. Yil fasllarida aniq almashadigan mamlakatlarda o’sadigan daraxtlarda yillik halqalarning aniq ko’rishini xarakterlidir. Nam tropiklardagi daraxtlada halqalarni ajratish qiyinroq. Chunki bu yerlarda yil davomida yog’ingarchilik miqdori fasllar bo’yicha farq qilmaydi. Yil davomida yillik halqalarning hosil bo’lishini o’rganishda quyidagi holatlarga e’tibor beriladi: Yillik halqalar kengligining enli, ensiz bo’lishi; Yillik halqalarni bo’lmasligi (to’liq yoki oz miqdorda); Yillik halqalarni bir tekisda hosil bo’lmasligi; Muhit sharoitlariga qarab halqalarni qo’lay sharoit bo’lgan tomonga qarab kengayishi. Yillik halqalarning tor yoki keng bo’lishi bir qator muhit holatlarini belgilovchi o’ziga xos bioindikatordir (quyosh aktivligi davomiyligi...) yoki avvalgi yillar iqlimi diagnozinianiqlovchi sifatida xizmat qiladi. Fanda bu yo’nalish dendroxronologiya deyiladi. TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq. Dumaloq egov yordamida kesma yuzasida chetdan markazga qarab egatcha qilinadi. Yillik xalqalarni sanab daraxt yoshi aniqlanadi. O’lchagich lupa yordamida yillik halqalar eni aniqlanadi. O’lchagich lupa bo’lmasa millimetrovkadan foydalanish mumkin, biroq bunda o’lchamlar aniq bo’lmaydi. O’quv jarayonida oldindan sayqal berilib laklangan namunalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 2-topshiriq. Oldindan bu namunalarga dunyo tomonlari belgilanadi. Shuni takidlash kerakki shimol va o’rta polasalarda yillik xalqalar janub tomoni shimol tomonga enliroq bo’ladi. Qurg’oqchil janubiy rayonlarda – ko’pincha aksi bo’ladi. 3-topshiriq. Yillik halqalarning kengligi lupa yordamida millimetrovka bilan o’lchanadi. Shu daraxt namunasiga nisbatan avtomobil yo’li, zavod, zovur, o’rmonzor va h.k. aniqlanadi. Daraxning vegetatsiya davrida qanday ekologik omillar ta’sir qilgani to’g’risida fikr yuritadi. Daraxtning janubiy tomonida yo’l yoki zavod qurilsa, uning ta’siri keyingi yilda yoq xalqalarda namoyon bo’ladi. 4-topshiriq. Daraxtning dunyo tomonlariga qarab va ekologik sharoitga qarab eniga yillar davomida o’sish grafigi quriladi va turli gipotizalar muxokama etiladi. Grafik quyidagicha quriladi. Gorizontal chiziq bo’yicha yillar joylashtiriladi. Vertikal chiziqda yillik xalqalarni eni o’lchamlari keltiriladi. Hosil qilingan egri chiziq turli sabablarga ko’ra yillik o’sish o’zgarishlarini ko’rsatadi. Blits-so’rovsavollari 1. Daraxtning yoshi qanday aniqlanadi? 2. Dunyo tomonlarini daraxtning yillik xalqasiga qarab aniqlasa bo’ladimi? 3.Ekologik sharoit daraxtning yillik xalqalariga qanday ta’sir ko’rsatadi? Download 15.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling