18-Laboratoriya mashg`ulot. Nerv-muskul preparati tayyorlash. Ishning maqsadi


Download 434 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi434 Kb.
#1627447
Bog'liq
18 lobaratoriya mashg\'uloti (1)


18-Laboratoriya mashg`ulot. Nerv-muskul preparati tayyorlash.
Ishning maqsadi: Baqaning orqa oyoqlaridan nerv-muskul preparatini
tayyorlash usulini o`rganish.
Ish uchun kerakli jihozlar: baqa katta va kichik qaychilar, anatomik, jarrohlik
va ko`zga ishlatiladigan pinsetlar, zond, shisha ilgakcha, taxtacha, to`g`nag`ich ninalar, paxta, salfetka va Ringer eritmasi.
Ishni bajarish tartibi. Asab muskul preparatini tayyorlash uchun baqani qo`lga olib qorni bilan chap qo`lda ushlanadi va qaychining bir uchi baqa og`ziga ko`ndalang qo`yib, ko`zlarining orqasidan ustki jag`i kesib tashlanadi va umurtqa pog`onasi kanaliga zond kiritib orqa miyasi buziladi. So`ng umurtqa pog`onasidan 1sm qoldirib baqa tanasi ikkiga bo`linadi. Buning uchun baqaning keyingi oyoqlaridan ushlab osiltirib turgan holda, qaychi yordamida, tanasining oldingi yarmi ichki organlari bilan kesib tashlanadi. Qolgan umurtqa qoldig`idan pinset bilan tutib turib ikkinchi qo`l bilan tanasining keyingi ikkinchi yarmisining terisi shilib olinadi. Umurtqa qoldig`i va chanog`ini uzunasiga kesish orqali oyoqlar bir biridan ajratiladi va ulardan birini Ringer eritmasiga solib qo`yiladi, ikkinchi oyoqdagi umurtqa qoldig`ini qaychi bilan chanoqdan ajratiladi. Umurtqa qoldig`idan ko`tarib qo`ymich asabi tizza bo`g`imiga qaychi yordamida boshqa to`qimalardan quyidagi qoidalarga rioya qilib ajratib olinadi: muskul asab to`qimalarini organizmdan ajratib olish vaqtida ularga doimo Ringer eritmasi tomizilib turish kerak; bundan tashqari, asabga sal bo`lsada tegib ketmasdan yonidagi biriktiruvchi to`qimalarni pinset bilan ushlab (asabni tortmasdan, ezmasdan) qaychi yordamida ajratib olish zarur. Asabning biror qismini ko`tarish kerak bo`lsa, shisha ilgakchadan foydalanish kerak bo`ladi. Tizza bo`g`imi ustidan son suyagi muskullari bilan qo`shib kesib tashlanadi. So`ng boldir muskulining payi (Axillo payi) kesiladi va muskulni payidan yuqoriga tortish orqali uni tizza bo`g`imigacha boshqa to`qimalardan ajratiladi. Tizza bo`g`imining pastki qismidan oyoqning qolgan qismi kesib tashlanadi. Natijada oxiri umurtqa qoldig`i, quymich asabi va boldir muskulidan iborat preparat tayyor bo’ladi.
Topshiriq. Mashg`ulotda tayyorlangan asab muskul preparatining sxematik rasmini daftarga chizing. Preparat qismlarining nomlarini ko`rsating.

NERV-MUSKUL PREPARATINI TAYYORLASH
Muskul va nervning fiziologik xossalarini o‘rganish ko‘pincha baqaning orqa oyoqlaridan tayyorlangan nerv va muskul preparatidan foydalaniladi. Boldir mushagi va uni innervatsiya qiluvchi quymich nervi klassik nerv-muskul preparati hisoblanadi.
Ish anjomlari: preparovka asboblari yig‘indisi, jomcha, doka salfetkalar, jarrohlik stoli, Ringer eritmasi va baqa. Tajriba o‘tkazish tartibi. Baqa harakatsizlantirilgach, tanasining pastki qismi salfetkaga o‘raladi, so‘ng katta qaychi yordamida umurtqasi bel qismining 1 sm yuqorisidan kesiladi (21-rasm, a).

21-rasm. Nerv-muskul preparatini tayyorlash bosqichlari. Izohi matnda berilgan.
SHundan keyin baqaning orqa oyoqlaridan ushlanib, qaychi bilan terisi, muskullari, ichki organlari kesiladi va tanasining old qismi bilan birga olib tashlanadi. Orqa oyoqlaridan terisi shilib olinadi. Buning uchun 2 ta salfetka olinib, biri umurtqa pog‘onasining qoldig‘idan, boshqasi baqa terisidan ushlanib, qo‘lning tez harakati bilan teri uning orqa oyoqlaridan shilib olinadi. Ayrim tajribalarda foydalanish uchun baqaning orqa oyog‘idan preparat olinadi (21-rasm, b).
Orqa oyoqlar preparati umurtqa pog‘onasi qoldig‘idan chap qo‘lga olinadi, natijada dum suyagi yuqoriga bo‘rtib chiqadi va u qaychi yordamida kesib tashlanadi (21-rasm, g). SHundan keyin qorin (ventral) tomonga ag‘dariladi. Hosil bo‘lgan darcha orqali ko‘z nazoratida qaychi bilan orqa oyoqlar preparati umurtqa pog‘onasi va tos suyaklari chigali nervlarini jarohatlamagan holda o‘rtasidan uzunasiga kesiladi va orqa oyoqlaridan ikkita preparat olinadi (21-rasm, v, d). Hosil bo‘lgan preparatning biri Ringer eritmasi bilan stakanda saqlanadi, ikkinchisidan esa nerv-muskul preparati tayyorlashda foydalani-ladi.
Nerv-muskul preparatini tayyorlash tovon (Axill) payi tomonidan boshlanadi. Axill payi tagiga qaychining bir dami o‘tkazilib, boldir mushagi uzunasiga ajratiladi va Axill payi kesiladi. Payning so‘nggi qismi pintset bilan ushlangan holda boldir mushagini atrofdagi boshqa to‘qimalar bilan birlashtiruvchi fastsiya uziladi va boshqa tomonga ajratiladi.
Nervni preparovka qilishda preparat orqa (dorsal) tomonga ag‘dariladi. Qo‘llarning ikkala bosh barmoqlari yordamida son muskullari ikki tomonga ajratiladi va chuqurlikda yotgan nerv jildiriladi. SHisha ilgak yordamida nerv umurtqa pog‘onasidan boshlab to tizza bo‘g‘imigacha ajratiladi. Keyin nerv chiqqan umurtqa pog‘onasi nerv bilan tos suyagidan ajratib, kesib olinadi, quymich nervining taroklari kesiladi. Nervlar tizza bo‘g‘imigacha ajratilgach, orqa oyoqning tizza bo‘g‘imi yuqori va pastki qismlaridan kesiladi (21-rasm, j) va nerv-muskul preparati olinadi (21-rasm, z). Izolyatsiya qilingan muskul preparatini tayyorlash uchun nerv-muskul preparatidan nerv kesib tashlanadi (21-rasm, e).

Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Nerv-muskul preparatining rasmini chizib, uning qismlarini belgilab chiqing va undan qaysi maqsadlarda foydalanishni ko‘rsating.


Download 434 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling