18-mavzu. Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanishi Iqtisodiy muvozanat tushunchasi


Download 8.47 Kb.
Sana20.05.2020
Hajmi8.47 Kb.
#108258
Bog'liq
18-mavzu.docx nazariya


18-mavzu. Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanishi

  1. Iqtisodiy muvozanat tushunchasi.

  2. Umumiqtisodiy va xususiy muvozanatlik. Turg'un va muttasil rivojlanib boruvchi muvozanatlik.

  3. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlash usullari. Iqtisodiy muvozanatning amal qilish tamoyillari va namoyon bo'lish shakllari.

  4. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari. Mutanosibliklarning tasniflanishi.

  5. O'zbekistonda iqtisodiyotning tarkibiy o'zgartirish, diversifikatsiyalash asosida mutanosibli rivojlantirilishi.

Iqtisodiy muvozanatlik - bu makroiqtisodiyot darajasida jamiyat

ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdorining va ijtimoiy ishlab chiqarish

natijalari hajmi hamda tarkibining o`zaro mos kelishligini xarakterlaydi.

Iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning turli darajasidagi (mikro va

makro) har xil muvozanatliklarni qamrab oladi. Umumiy muvozanatlik makroiqtisodiy muvozanatlikni ancha to`liq darajada ifodalaydi. Umumiy muvozanatlik - bu jamiyatning barcha ehtiyojlari (aholi, davlat,

korxona) va milliy ishlab chiqarish real hajmining o`zaro mos kelishlik

darajasini bildiradi. Qiymat ifodasida bu muvozanatlik yalpi talab va yalpi

taklifning nisbati orqali namoyon bo`ladi. Milliy iqtisodiyotda ro`y beradigan barcha

o`zgarishlar pirovard natijada yalpi talab va yalpi taklifdagi o`zgarishlar orqali

ifodalanadi.

Yalpi talab tovarlar bozorida taqdim qilingan pirovard tovarlar va xizmatlarga

bo`lgan barcha alohida talablar yig`indisidan iborat. Iqtisodiy muvozanatlik yalpi

talab va yalpi taklifning tengligini taqozo etsa ham, amaliyotda ularning nisbati

o`rtasidagi o`zgarishining mumkin bo`lgan har xil variantlari mavjud bo`ladi.

Jumladan:

• Yalpi talabning ortishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning

o`sishi bilan birga boradi;

• Yalpi talabning tushishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning

pasayishi bilan;

• Yalpi taklifning ortishi. Ishlab chiqarish hajmining o`sishi bilan birga boradi va

baholarning tushishini keltirib chiqaradi;

• Yalpi taklifning kamayishi va shunga mos ravishda ishlab chiqarishning

qisqarishi, baholarning o`sishiga olib keladi.

Bu barcha shart-sharoitlar ideal holda potentsial imkoniyat darajada vujudga

keladi. Real hayotda esa umumiy muvozanatlik tarkibiy nomutanosibliklar,

resurslardan samarasiz foydalanish, baholarning beqarorligi, iqtisodiy tsikl

fazalarining o`zgarishi, bozor konьyukturasi, bozor sub’ektlari daromadlari va talabi

tarkibidagi o`zgarishlar ta’sirida ta’minlanib boriladi.

Bunday sharoitda umumiy muvozanatlik holatini (yalpi talab va yalpi taklif

mos kelishi), turg`un iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab

chiqishni taqozo etadi. Bu barcha aytilganlardan xulosa chiqaradigan bo`lsak,

umumiy muvozanatlik butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, mamlakat milliy

iqtisodiyotining mutanosibligidir.

Bu barcha tarmoqlar, sohalar va iqtisodiyot birlamchi bo`g`inlarining bir

me’yorda rivojlanishini ta’minlagan, iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari,

barcha bozorlar va iqtisodiy jarayon munosabatlarining ayrim tomonlari o`rtasidagi

barqarorlik xarakteridagi bir qator muvozanatliklar tizimini o`z ichiga oladi.

Bu muvozanatliklarning shakllari turli-tuman bo`lganligi sababli ular alohida

holda xususiy muvozanatliklar sifatida chiqadi.

Xususiy muvozanatlik – bu ikkita o`zaro bog`liq bo`lgan iqtisodiy

miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishidir. Xususiy

muvozanatlik ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovarlar

taklifi byudjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga bo`lgan talab va taklif

o`rtasidagi muvozanatliklar ko`rilgandagina yuzaga chiqadi. Bu muvozanatliklar

ichida mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o`tganidek: «…..ichki bozorda

talab va taklif o`rtasidagi mutanosiblikka erishish, ya’ni chiqarilgan pul miqdori bilanunga sotib olinadigan mollar salmog`i o`rtasidagi nisbatni ta’minlash g`oyat katta rol o`ynaydi».

Shunday qilib, iqtisodiy muvozanatlik o`zining barcha shakllari bilan

birgalikda inqirozsiz va ijtimoiy iqtisodiy larzalarsiz rivojlanishni xarakterlaydigan

iqtisodiy idealdir. Real iqtisodiy hayotda makroiqtisodiy muvozanatlik talablari turli

tuman beqarorliklar ta’sirida buzilib turadi, biroq iqtisodiy muvozanatlik nazariy

modelini bilish, real jarayonlarning ularning ideal andozasidan farq qilinishini keltirib

chiqaradigan aniq omillarni aniqlash, iqtisodiyotning optimal holatida faol hal



qilinishini ta’minlash yo`llarini topish imkonini beradi.
Download 8.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling