181-modda. Nazorat qilinadigan tashqi savdo bitimlari


Download 26.76 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi26.76 Kb.
#1475013
Bog'liq
Baxriddin Samarov





  1. Agar bunda O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining faoliyati ofshor yurisdiksiyada doimiy muassasani tashkil etsa va nazorat qilinadigan bitim ushbu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lsa, …..

a)
ushbu bitim qismida mazkur yuridik shaxsga ro‘yxatdan o‘tkazilish joyi ushbu ofshor yurisdiksiya bo‘lgan shaxs sifatida qaraladi.
b)
taraflaridan birining ro‘yxatdan o‘tkazilish joyi, yashash joyi yoki soliq rezidentligi joyi ofshor yurisdiksiya bo‘lgan shaxs hisoblanadigan bitimlar.
c)
nazorat qilinadigan bitimlar deb e’tirof etiladi
d)
jahon birja savdosi tovarlarining tashqi savdosi sohasidagi bitimlar deyiladi
Izoh: 181-modda. Nazorat qilinadigan tashqi savdo bitimlari
Ushbu Kodeks maqsadida mazkur moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda, nazorat qilinadigan bitimlar deb quyidagilar e’tirof etiladi:
1) jahon birja savdosi tovarlarining tashqi savdosi sohasidagi bitimlar;
2) taraflaridan birining ro‘yxatdan o‘tkazilish joyi, yashash joyi yoki soliq rezidentligi joyi ofshor yurisdiksiya bo‘lgan shaxs hisoblanadigan bitimlar.
Agar bunda O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining faoliyati ofshor yurisdiksiyada doimiy muassasani tashkil etsa va nazorat qilinadigan bitim ushbu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lsa, ushbu bitim qismida mazkur yuridik shaxsga ro‘yxatdan o‘tkazilish joyi ushbu ofshor yurisdiksiya bo‘lgan shaxs sifatida qaraladi.

  1. Ofshor yurisdiksiyalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan …..bilan birgalikda tasdiqlanadi.

a)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
b)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
c)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi
d)
Vazirlar Mahkamasi

Izoh: 181-modda. Nazorat qilinadigan tashqi savdo bitimlari


Ofshor yurisdiksiyalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda tasdiqlanadi.

  1. 181- moddaning beshinchi qismida sanab o‘tilgan tovarlarning kodlarini Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq qaysi davlat organi belgilaydi.?

a)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi
b)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi
c)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
d)
Markaziy Bank

Izoh: Ushbu moddaning beshinchi qismida sanab o‘tilgan tovarlarning kodlarini Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi belgilaydi.



  1. Agar bitimlarning shartlarini taqqoslash tahlil qilinayotganda kreditlar yoki zayomlar shartlarini taqqoslash talab etiladigan bo‘lsa, ….hisobga olinadi.

a)
bitimlar taraflarining kredit tarixi va to‘lov qobiliyati, bunday kreditlar yoki zayomlar berilayotgan muddatlar, ularning valyutasi hamda foiz stavkasi o‘lchamiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa shartlar
b)
kredit tarixi va to‘lov qobiliyati, bunday kreditlar yoki berilayotgan muddatlar, ularning valyutasi hamda foiz stavkasi
c)
tovarlarning ulgurji yoki chakana savdosini amalga oshirish
d)
tovarlarni saqlash va tashish

Izoh: Manba-184-modda. Bitimlarning shartlarini taqqoslash tahlili, 3- bandi





  1. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratini o‘tkazishda (shu jumladan tahlil etiladigan bitimning va taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarini taqqoslash chog‘ida) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi quyidagi axborotdan foydalanadi:

a)
Barcha javoblar tog’ri
b)
O‘zbekiston Respublikasi birjalarining va chet el birjalarining narxlar hamda kotirovkalar to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan e’lon qilinadigan yoki so‘rovga ko‘ra taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining bojxona statistikasidan
c)
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq vakolatli davlat boshqaruvi organlarining rasmiy axborot manbalaridagi, chet davlatlarning yoki xalqaro tashkilotlarning rasmiy axborot manbalaridagi yoxud boshqa e’lon qilingan va (yoki) hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot manbalaridagi hamda axborot tizimlaridagi narxlar (narxlarning o‘zgarish chegaralari) va birja kotirovkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan
d)
axborot-narx agentliklari ma’lumotlaridan;
soliq to‘lovchi tomonidan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotdan

Izoh: Soliq kodeksi 185-modda





  1. 185- moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan axborot mavjud bo‘lmagan (yetarli bo‘lmagan) taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi quyidagi axborotdan foydalanadi

a)
barcha javoblar to’g’ri
b)
e’lon qilingan va (yoki) hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan axborotlar manbalaridagi hamda axborot tizimlaridagi narxlar (narxlarning tebranish chegaralari) va kotirovkalar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan
c)
yuridik shaxslarning moliyaviy va statistika hisobotidan olingan ma’lumotlardan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatlarning hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot manbalarida e’lon qilingan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining va (yoki) chet el yuridik shaxslarining hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot tizimlaridagi, shuningdek rasmiy saytlaridagi ma’lumotlardan
d)
baholash obyektining baholash faoliyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga yoki chet davlatlar qonunchiligiga muvofiq aniqlangan bozor qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan
Izoh: Soliq kodeksi 185-modda



  1. Bitimlarning shartlarini taqqoslashni tahlil qilishda soliq sirini tashkil etuvchi axborotdan, shuningdek foydalanish huquqi qonunchilikka muvofiq …….

a)
cheklangan boshqa axborotdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi
b)
Barcha axborotlardan foydalanish mumkin
c)
Davlat ruxsat bergan ma’lumotlarni olishi mumkin
d)
To’g’ri javob yo’q
Izoh: Soliq kodeksi 185-modda

  1. Bitimlarning shartlarini taqqoslashni tahlil qilishda qanday ma’lumotlardan foydalaniladi?

a)
faqat hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot manbalaridan, shuningdek soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan
b)
Soliq idoralarida bor bo’lgan
c)
Soliq to’lovchining uzi taqdim etgan
d)
Soliq organlari tomonidan yig’ilgan ma’lumotdan

Izoh: Soliq kodeksi 185-modda



  1. Nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida daromadlarni (foydani, tushumni) aniqlash chog‘ida nimalar inobatga olinishi kerak?

a)
foydalaniladigan usulni tanlashda dastlabki ma’lumotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligi, shuningdek taqqoslanadigan bitimlarni nazorat qilinadigan bitim bilan taqqoslashni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan tuzatishlarning asoslanganligi
b)
foydalaniladigan usulni tanlashda ma’lumotlarning to‘g‘riligi, shuningdek taqqoslanadigan bitimlarni nazorat qilinadigan bitim bilan taqqoslashni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan tuzatishlarning mavjudligi
c)
dastlabki ma’lumotlarning to‘liqligi, shuningdek taqqoslanadigan bitimlarni nazorat qilinadigan bitim bilan taqqoslashni tuzatish maqsadida amalga oshiriladigan tuzatishlarning asoslanmaganligi
d)
foydalaniladigan usulni tanlashda oxirgi ma’lumotlarning mavjudligi, shuningdek taqqoslanadigan bitimlarni nazorat qilinadigan bitim bilan taqqoslashni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan tuzatishlarning to’liqligi
Izoh: Soliq kodeksi 186-modda

  1. 187- moddaga ko’ra Taqqoslanadigan to‘rtta va undan ortiq bitim to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmaganda yoxud taqqoslanadigan to‘rtta va undan ortiq yuridik shaxsning moliyaviy hisoboti mavjud bo‘lmaganda qanday yo’l tutiladi

a)
rentabellik oralig‘ini aniqlash maqsadida kam sondagi taqqoslanadigan bitimlar (kam sondagi yuridik shaxslarning moliyaviy hisoboti) to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish mumkin
b)
taqqoslanadigan iqtisodiy shartlarda (tijorat shartlarida) o‘zining tarmoq xususiyatini va amalga oshiriladigan faoliyat turlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi
c)
moliyaviy hisobot ma’lumotlari bilan taqqoslashni ta’minlash maqsadida bunday ma’lumotlarga tuzatishlar kiritiladi
d)
moliyaviy hisobotning ma’lumotlari asosida aniqlanishi mumkin

Izoh: Soliq kodeksi 187-modda



  1. Rentabellik oralig‘ini aniqlashda nazorat qilinadigan bitim rentabelligi hisobga olinmaydi. So‘ngra to‘plamda rentabellik ko‘rsatkichlarining, rentabellik oralig‘i qanday aniqlanadi

a)
ko‘rsatkichlarining soni to‘rtga qoldiqsiz bo‘linishiga qarab
b)
ko‘rsatkichlarining soni uchga qoldiqsiz bo‘linishiga qarab
c)
ko‘rsatkichlarining soni beshga qoldiqsiz bo‘linishiga qarab
d)
ko‘rsatkichlarining soni ikkiga qoldiqsiz bo‘linishiga qarab

Izoh: Soliq kodeksi 187-modda




  1. Soliq kodeksining 188- moddasiga ko’ra Soliq solish maqsadida bozor narxlari oralig‘ining o‘rtacha qiymatini qo‘llash qachon amalga oshiriladi?

a)
basharti bu budjet tizimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini kamaytirmasa yoki soliq to‘lovchi zararining summasi oshishiga olib kelmasa
b)
bu budjet tizimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini kamaytirsa yoki soliq to‘lovchi zararining summasi oshishiga olib kelsa
c)
basharti bu budjet tizimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini kamaytirsa yoki soliq to‘lovchi foydasi summasi oshishiga olib kelmasa,
d)
basharti bu budjet tizimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini kamaytirsa yoki soliq to‘lovchi foydasining summasi oshishiga olib kelsa

Izoh: Soliq kodeksi 188-modda



  1. o‘zaro bog‘liq shaxslar o‘rtasida uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda qaysi usul qo’llaniladi?

a)
xarajat usuli
b)
Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli
c)
Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli
d)
bozor narxlari oralig‘i

Izoh: Soliq kodeksi 188-modda



  1. agar yakuniy mahsulotning (yarim tayyor mahsulotlarning) xususiyatlari aralashtiriladigan tovarlarning xususiyatlaridan sezilarli farq qilmasa, tovarlarni aralashtirishda qaysi usuldan foydalaniladi?

a)
Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli
b)
bozor narxlari oralig‘i
c)
Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli
d)
Moliyaviy ko‘rsatkichlar va rentabellik oralig‘i

Izoh: Soliq kodeksi 189-modda.


Keyingi realizatsiya qilish narxi usulidan foydalanish narxlarning bozor narxlariga muvofiqligini aniqlash uchun boshqa usullarga nisbatan ustuvor bo‘lib, unga ko‘ra tovar nazorat qilinadigan bitim doirasida olinadi va taraflari mustaqil shaxslar bo‘lgan bitim doirasida qayta ishlanmagan holda qayta sotiladi. Agar qayta sotishni amalga oshirayotgan shaxs uning yalpi rentabelligi darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan nomoddiy aktivlar obyektlariga egalik qilmasa, mazkur usuldan foydalaniladi.
Agar tovar qayta sotilganda quyidagi operatsiyalar amalga oshirilsa ham keyingi realizatsiya qilish narxi usulidan foydalanish mumkin:
1) tovarni qayta sotishga va transportda tashishga tayyorlash (tovarlarni turkumlarga ajratish, jo‘natmalarni shakllantirish, saralash, qayta o‘rash);
2) agar yakuniy mahsulotning (yarim tayyor mahsulotlarning) xususiyatlari aralashtiriladigan tovarlarning xususiyatlaridan sezilarli farq qilmasa, tovarlarni aralashtirish.



  1. Tovarni qayta sotishga va transportda tashishga tayyorlash (tovarlarni turkumlarga ajratish, jo‘natmalarni shakllantirish, saralash, qayta o‘rash)

a)
Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli
b)
Moliyaviy ko‘rsatkichlar va rentabellik oralig‘i
c)
bozor narxlari oralig‘i
d)
Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli

Izoh: Soliq kodeksi 189-modda



  1. Sotuvchi bilan o‘zaro bog‘langan shaxslar tomonidan xizmatlar ko‘rsatilganda (bundan xizmatlar ko‘rsatilganda sotuvchi xarajatlarining rentabellik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi nomoddiy aktivlardan foydalanilgan hollar mustasno)

a)
xarajatlar usuli
b)
Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli
c)
bozor narxlari oralig‘i
d)
Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli

Izoh: Soliq kodeksi 190-modda



  1. Yuridik shaxsning yakka ijro etuvchi organi vazifalarni bajarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilganda

a)
xarajatlar usuli
b)
Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli
c)
Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli
d)
bozor narxlari oralig‘i

Izoh: Soliq kodeksi 190-modda



  1. Sotish rentabelligidan qayta sotuvchi bilan o‘zaro bog‘liq shaxslardan olingan tovarlarni keyingi qayta sotishda yoki qayta sotuvchi bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxslardan olingan tovarlarni u bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxslarga keyingi qayta sotishda foydalaniladi

a)
Taqqoslanadigan rentabellik usuli
b)
xarajatlar usuli
c)
Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli
d)
Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli

Izoh: Soliq kodeksi 191-modda



  1. Nazorat qilinadigan bitim taraflarining mulkida (foydalanishida) rentabellik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi nomoddiy aktivlar obyektlariga doir huquqlar mavjud bo‘lganda (nomoddiy aktivlar obyektlarining predmeti bo‘lgan, mustaqil shaxslar tomonidan amalga oshirilgan bir turdagi bitimlar mavjud bo‘lmaganda)

a)
Foydani taqsimlash usuli
b)
Taqqoslanadigan rentabellik usul
c)
xarajatlar usuli
d)
Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli

Izoh: Soliq kodeksi 192-modda




  1. Soliq kodeksining 195-moddasiga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qabul qilinganligi to‘g‘risida u qabul qilingan kundan e’tiboran qancha muddatda soliq to‘lovchini xabardor qiladi?

a)
uch kun ichida
b)
Besh ish kunida
c)
O’n besh kunda
d)
O’n kunda

  1. Alohida hollarda, tekshirish o‘tkazishning mazkur muddati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) qaroriga ko‘ra qancha muddatga uzaytirilishi mumkin?

a)
o‘n ikki oygacha
b)
6 oygacha
c)
Uch oygacha
d)
Bir oygacha
Download 26.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling