19- ma’ruza. Farhod Musajon hayoti va ijodi. Reja: Farhod Musajonning hayoti va ijodi ni o`rganish


Download 28.38 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi28.38 Kb.
#1127935
Bog'liq
19-ma\'ruza


19- MA’RUZA. Farhod Musajon hayoti va ijodi.
Reja:
1.Farhod Musajonning hayoti va ijodi ni o`rganish..
2.Farhod Musajonning maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan hikoyalarida ilgari surilgan g‘oyalar.
O‘zining qisqa hajmli va hayajonli hikoyalari, mazmundor qissalari, kichkintoylarni to‘lqinlantiradigan pesalari bilan bolalarning quvonchlariga quvonch ulashgan qalamkashlardan biri Farhod Musajon 1933-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1956- yilda ToshDUning sharq fakultetini tamomlaydi. Bir necha yil O‘zbekiston radiosida, «O‘zbekiston madaniyati» gazetasida, «G‘uncha» jurnalida mehnat qiladi. 1966- yildan esa «O‘zbekfilm»da muharrir, bosh muharrir vazifalarida ishladi.
F. Musajonning ilk asari 1955- yilda e’lon qilingan. SHundan so‘ng «Daradagi qishloqda» (1960), «Turdi, galstuk va men» (1970), «Oftobni quvlab» (1970), «CHin do‘stlik» (1976), «CHevar qiz» (1982), «Buloq suvi» (1982), «Turdi, velosiped va men» (1983), «Glotok rodnikovoy vodi», «Tekin tomosha» (1989) kabi kitoblarining maydonga kelishi bolalar uchun katta bayram bo‘ldi.
1977-yilda adib o‘zining bolalarga atab yozgan barcha hikoyalarini jamlab, yigirma ikki taboqdan iborat katta kitobini qayta ishlagan va to‘ldirilgan holda chop ettirdi. Bu kitobini ham ilgarigisiga o‘xshab «Tekin tomosha» deb atadi. Oldingisidan farqli o‘laroq, bu kitob uch qismdan iborat: kichkintoylar uchun, o‘rtancha yoshdagilar va o‘smirlar uchun.
Farhod Musajon barcha yoshdagi bolalar uchun yozadi. Uning kitoblari orasida maktabgacha tarbiya yoshidagi, maktab yoshidagi, kichik va o‘rta hamda katta yoshdagi bolalarga va o‘smirlarga bag‘ishlangan asarlarini ham uchratish mumkin.
Ma’lumki, maktabgacha tarbiya bolalar kitobxonligi asosan ota-onalar, tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Bolalar o‘zlari tinglagan asarlari yordamida atrof-muhit bilan tanisha boradilar. Ona yurtga, tabiatga muhabbat xislatlari; mehnat qilish va mehnat ahlini hurmat qilish kabi fazilatlar shu yoshdan shakllana boshlaydi. Turmushda qizg‘anchiq bo‘lmaslik, kasb-hunar egallashga intilish, kattalarni hurmat qilish kabi ijobiy fazilatlar ham shular jumlasiga kiradi. Bolalarning pedagogik-psixologik xususiyatlarini yaxshi o‘rgangan Farhod Musajon kichik yoshdagi bolalarga bag‘ishlab «Eng yaxshi chana», «SHodiyona kun», «SHiqildoq», «Pahlavonvanimjon», «Sovg‘a», «Ajoyib buzoqcha», «Yaxshilik», «To‘labber», «Varrak» kabi o‘nlab hikoyalar yaratgan.
Adibning «Varrak» asarining mazmuni oddiygina varrak yasash voqeasi asosiga qurilgan. Asarda kichkintoylarni bolalikdan boshlab mustaqil harakat qilishga chaqiriladi.
Ana shunday jozibali asarlaridan yana biri «Eng yaxshi chana»dir. Bu hikoyada qo‘li ochiq, saxovatli, bag‘ri keng bo‘lish, xasis, ziqna bo‘lmaslik kabi g‘oyalar kichkintoylar ongiga yetkaziladi. Farhod Musajon o‘zining maktabgacha va maktab yoshidagi kichik bolalarga bag‘ishlab yozgan hikoyalarida salmoqdor fikrlarni sodda, bolalarbop shaklda aytadi. Adib nasihat qilish yo‘lidan bormaydi, aksincha, bolalar hayotida ko‘p uchrab turadigan oddiy voqealarni tasvirlaydi va aytmoqchi bo‘lgan muhim gaplarni ana shu voqealar mag‘ziga singdirib yuboradi.
Farhod Musajonning «Orzuga ayb yo‘q», «Bo‘sh kelma, Aliqulov», «Buloq suvi» kabi va boshqa qissalari o‘zbek bolalar adabiyotida muhim o‘rinda turadi.
Farhod Musajon dramaturg sifatida ham yoshlarning mehrini qozongan. «Xayolparastlar», «Oq kabutar», «Sabil qoldi», ,,O‘g‘limni qaytarib beringlar» pesalari shular jumlasiga kiradi.
Bular orasida, ayniqsa, «O‘g‘limni qaytarib beringlar» asari mashhur. Dramaturg uning nomini o‘zgartirib «Najot istab» deb qaytadan ishladi. U hozirgi O‘zbek Milliy teatrida sahna yuzini ko‘rdi. Dushanbeda, va Almatida, Tataristonda qo‘yildi.
Pesada, asosan, bola tarbiyasida ota-onaning o‘ynaydigan beqiyos katta roli haqida gap boradi.
Farhod Musajonning kattalarga bag‘ishlab «Bahor nafasi», «Bu ko‘zlarga ishonsa bo‘ladi», «Xotin kishining ra’yi», «Ko‘r shofyor», «Zo‘raki kashanda», «Nozik masala», «Kalla-pocha», «Himmat», «Bog‘ ko‘cha» kabi kitoblari bosilib chiqqan.
Adib ijodining o‘ziga xos uslubi haqida nima deya olasiz?
2. F. Musajon maktabgacha va maktab yoshidagi kichik bolalarga bag‘ishlangan hikoyalarida qanday g‘oyalarni ilgari suradi?
3. Farhod Musajon drama janrida qanday asarlar yaratdi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
2.Jumаbоyеv M. Bоlаlаr аdаbiyoti. Dаrslik. o`qituvchi, 2003.
3..Jumаbоyеv M. Bоlаlаr fоlklоri qo`llаnmа.1999
Download 28.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling