19-Amaliy mashg’ulot Orqa muskullari. Muskullarning shakli
Download 343.26 Kb.
|
19 amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jihozlar
- Orqaning yuza mushaklari
- Orqaning chuqur mushaklari
- 22-rasm.Orqa mushaklar
- Nazorat savollari
19-Amaliy mashg’ulot Orqa muskullari. Muskullarning shakli. Mavzuning maqsadi: Muskullar tizimi. Orqa muskullarini anatomiyasini o’rganish Jihozlar: anatomik atlas, adabiyotlar,mulyajlar,plakatlar,albom Ish tartibi. 1. Talabalar qo’llaridagi atlas va tablitsadagi rasmlar orqali muskullarning tuzilishi o’rganiladi va taqqoslanadi. 2. Talabalar orqa muskullarining tuzilishini o’rganishi va ularni rasmini chizishi lozim Orqa mushaklari juft bo’lib, tananing orqa yuzasida dumg‘aza va yonbosh suyaklari qirrasidan kalla asosigacha bo'lgan sohani egallaydi. Ular bir necha qavat bo'lib joylashadi. Orqa mushaklari yuza va chuqur guruhlarga bo’linadi. Orqaning yuza mushaklari Orqaning yuza mushaklari yelka kamari va yelka suyagiga birikib, ikki qavat joylashadi. Birinchi qavatda trapetsiyasimon mushak bilan, orqaning serbar mushagi, ikkinchi qavatda katta va kichik rombsimon mushaklar, kurakni ko‘taruvchi mushak yotadi. Orqaning ustki va pastki tishsimon mushaklari chuqurroq yotadi va qovurg'alarga birikadi 1.Trapetsiyasimon mushak (m. trapezius) uchburchak shaklidagi yassi mushak bo'lib, keng asosi o‘rta chiziqqa qaragan boladi. U orqaning yuqori va bo‘yinning orqa sohasini qoplab, o‘ng va chap mushak birgalikda trapetsiya shakliga o'xshaydi. Ikki tomonlama qisqarsa, kurakni bir-biriga yaqinlashtiradi. Yuqori tutamlari qisqarsa, kurak yuqoriga ko‘tarilib pastki burchagi oldinga va tashqariga suriladi, pastki tutamlari qisqarsa, kurakni pastga tomon tortadi 2.Orqaning serbar mushagi (m. latissimus dorsi) uchburchak shaklidagi yassi, serbar mushak bo‘lib, orqaning pastki qismini qoplaydi. Bu mushak pastki oltita ko‘krak va barcha bel umurtqalarining qirrali o‘simtalaridan, pastki to'rtta qovurg‘a burchagi hamda yonbosh suyagining tashqi qirrasidan boshlanadi. Mushak tolalari yuqoriga va tashqariga yo‘nalib torayadi va yelka suyagining kichik bo‘rtig’i qirrasiga birikadi. Faoiiyati: qoini orqaga, pastga tortib tanaga yaqinlashtiradi va pronatsiya qiladi Ikkinchi qavatda: Kurakni ko‘taruvchi mushak (mJevator scapulae) to‘rtta yuqorigi bo'yin umurtqalari ko'ndalang o‘simtasining orqa do‘mbog‘idan boshlanib pastga tomon yo‘naladi va kurakning ichki chekkasiga yuqori burchagi bilan kurak o‘simtasi oralig‘ida birikadi. Faoliyati: kurakni yuqoriga ko'taradi va umurtqa pog‘onasiga yaqinlashtiradi 2.Kichik va katta rombsimon mushaklar (mm. rhomboidei minor et major). Kichik mushak VII bo‘yin va I ko‘krak umurtqasi, katta mushak esa II—V ko‘krak umurtqalarining qirrali o‘simtalaridan boshlanadi. Mushak tolalari yuqoridan pastga va lateral tomonga yo‘nalib kurakning ichki qirrasiga birikadi. Faoliyati: kurakni umurtqa pog‘onasiga yaqinlashtiradi va yuqoriga tortadi. Orqaning qovurg‘alarga birikuvchi mushaklari uchinchi qavatda joylashgan orqaning ustki va pastki tishsimon mushagidan iborat. 1.Orqaning yuqorigi tishsimon mushagi (m. scrralus posterior superior) rombsimon mushaklar oldida yotatli. VI VII bo'yin va I —II ko‘krak umurtqalari qirrali o‘simtalaridan boshlanadi. Yuqoridan pastga va lateral tomonga qiya yo'nalib II-V qovurg‘alarning orqa yuzasi qovurg‘a burchagining tashqarisiga birikadi Faoliyati: qovurg‘alarni ko‘taradi. 2.Orqaning pastki tishsimon mushagi (пк scrralus posterior inferior) orqaning serbar mushagi oldida yotadi. I) XI XII ko‘krak, I—II bel umurtqalarining qirrali o‘simtalaridan boshlanib, IX—XII qovurg‘alarning orqa yuzasiga birikadi. Faoliyati: qovurg‘alarni pastga tushiradi Orqaning chuqur mushaklari Orqaning chuqur mushaklari umurtqalarning qirrali va ko'ndalang o‘simtalari, qovurg‘alar burchagi o’rtasidagi egatlarda joylashib, uch: yuza, o‘rta va chuqur qavatlarni hosil qiladi. Yuza qavatda bosh va bo‘yinning qayishsimon va gavdani tiklovchi mushaklar yotadi. 22-rasm.Orqa mushaklar 1.Boshning qayishsimon mushagi (m. splenius capitis) ensa boylamining pastki qismi, VII bo‘yin va yuqori 3-4- ko‘krak umurtqalarining qirrali o‘simtalaridan boshlanadi. Mushak tolalari yuqoriga lateral yo'nalib, ustki ensa chizig‘i lateral qismiga va so‘rg‘ich simon o‘simtaga birikadi. Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, bosh va bo‘yinni orqaga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, boshni o‘z tomoniga tortadi 2.Bo‘yinning qayishsimon mushagi (m. splenius cervicis) III-ko‘krak umurtqalarining qirrali o’simtasidan boshlanib, 2—3 ta yuqorigi bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang o‘simtasining orqa do‘mboqchasiga birikadi. Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismini orqaga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, o‘z tomoniga buradi Nazorat savollari 1.Gavda muskullarining tuzilishini tushuntiring 2. Orqa muskullarining birikishini tushuntiring 3. Orqa muskullarining anatomiyasini tushuntiring Download 343.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling