19-Ma’ruza Simsiz sensor tarmoqlari


Download 17.07 Kb.
bet1/6
Sana03.02.2023
Hajmi17.07 Kb.
#1154832
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
19-Ma’ruza Simsiz sensor tarmoqlari-hozir.org


19-Ma’ruza Simsiz sensor tarmoqlari

19-Ma’ruza

Simsiz sensor tarmoqlari. Simsiz sensor tarmoqlari, xizmatlari va qo‘llanilish sohalari. Sensor tarmoqlarining qurilish usullari, qo‘llaniladigan texnologiyalari va protokollari. Sensor tarmoqlarida ma’lumotlarini marshrutlash protokollari va MAC adress tushunchasi.
Reja:

  • Simsiz sensor tarmoqlari, xizmatlari va qo‘llanilish sohalari.

  • Sensor tarmoqlarining qurilish usullari, qo‘llaniladigan texnologiyalari va protokollari.

    3. Sensor tarmoqlarida ma’lumotlarini marshrutlash protokollari va MAC adress tushunchasi.


    4. Simsiz sensor tarmoqlariga qo‘yiladigan talablar, axborot xavfsizligi va mavjud muammolari

So’nggi yillarda simsiz sensorli tarmoqlarni samarali loyihalash tadqiqotning yetakchi sohasiga aylandi. Sensor biror jismoniy yoki muhit sharoitlaridan kelayotgan signallarni aniqlash va ularga javob berish vazifasini bajaradigan qurilmadir.


Sensorning javob beruvchi signali odatda elektr signal hisoblanadi, o’z navbatida bunday javob signallari kontrollerga navbatdagi ishlov berishlar uchun yuboriladi.
Simsiz sensor tarmog'i radiokanal orqali bir-biriga ulangan ko’plab sensorlar va bajaruvchi qurilmalar tarmog’i bo’lib, bunday tarmoq o’z-o’zini tashkillashtiradi.
Bunday tarmoqlar bir nechta metrdan bir necha kilometrgacha bo’lgan sohani qamrab oladi mumkin, bunda xabarlar bir tugundan ikkinchisiga manzilga yetgunga qadar qayta yuboriladi . Boshqacha aytganda, simsiz sensorli tarmoq simsiz ulanish yordamida kuzatuv ostidagi maydondan olingan ma’lumotni yetkaza oladigan qurilmalar tarmog'i sifatida aniqlanishi mumkin.
Sensor tarmog'i – bu fazoviy taqsimlangan sensor tugunlari tizimi, bir-biri bilan va qo'llanilishiga qarab AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) infratuzilmasi bilan qabul qilish, qayta ishlash, real sharoitlar to'g'risida ma'lumot berish va kerak bo'lsa, bunday ma'lumotlarga javob berishni o’z zimmasiga oladi. Belgilangan "simsiz sensor tarmog'i" (WSN – Wireless Sensor Network) (yoki Sensorli aloqa tarmog‘i) simsiz tizimlarning yangi sinfini anglatadi, ular tarqatilgan, o'z-o'zidan tashkil topgan va avtonom quvvat manbalari bilan jihozlangan miniatyurali elektron qurilmalar
tarmog'ining alohida elementlarining ishdan chiqishiga chidamlidir. Bunday tarmoqning aqlli tugunlari xabarlarni zanjir bo'ylab uzatishga qodir, bu tizimni past o'tkazuvchan quvvat bilan ta'minlaydi va shuning uchun tizimning yuqori energiya samaradorligini ta'minlaydi.


Download 17.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling