19-Ma’ruza Yo’naltirilgan maksimal tokli himoya


Download 30.01 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi30.01 Kb.
#1642200
  1   2   3
Bog'liq
1.19.Ma\'ruza. Yo’naltirilgan maksimal tokli himoya.


19-Ma’ruza
Yo’naltirilgan maksimal tokli himoya.
Reja:

  1. Maksimal tokli yunaltirilgan himoya.

  2. Yo‘naltirilgan tokli himoyaning sxemasi va ishlash prinsipi.



Maksimal tokli yunaltirilgan himoya.
Maksimal tokli himoyalarni tanlab ishlashini ta’minlash
uchun bir tamonlama ta’minlangan halqasimon va ikki tomondan ta’minlangan radial tarmoqlarda himoyani ishga tushiruvchi organi sifatida tok relesi va quvvat relesi kontaktlarini ketma-ket ulanganligi bilan xarakterlanadi. Quvvat yo‘nalish relesi (quvvat relesi) tok yo‘nalishining musbat qiymatida o‘z kontaktlarini yopadi. Tokning musbat yo‘nalishi deganda, tokni shinadan liniyaga yo‘nalishi tushiniladi. Tokli yo‘naltirilgan himoyaning bir chiziqli sxemasini misol sifatida 19.1- rasmda ko‘rib chiqamiz.

19.1-rasm. Maksimal tokli yo‘naltirilgan himoya.


2.Yo‘naltirilgan tokli himoyaning sxemasi va ishlash prinsipi.

Liniyaning K1 nuqtasida qisqa tutashish bo‘lganda tok relesi KA1 va quvvat relesi KW1 ishlab himoyalash vazifasi bajariladi. Zonadan tashqari K2 nuqtada qisqa tutashish bo‘lganda esa tok liniyadan shinaga yo‘nalgan bo‘ladi, bunda quvvat relesi ishlamaydi va himoyani blokirovka qiladi. Himoyaning ishlash vaqtini hosil qilish, uning tanlab ishlash talabini ta’minlaydi.



Parametrlarni hisoblash. Parametrlarni hisoblashga ishlatish toki, vaqti va sezgirligini baholash bilan bajariladi.
Ishlatish tokini tanlash. Yo‘naltirilgan tokli himoyaning ishlatish tokini tanlash, odatdagi tokli himoyalarning tokini tanlash singari bajariladi va maksimal yuklama rejimlaridan foydalanadi. Bunda himoyani sozlash, quvvatning yo‘nalishi shinadan liniyaga qarab bo‘lganda bajariladi.
Himoyani ishlash vaqtini tanlash. Vaqtini qo‘yish qarama qarshilik prinsipi asosida bajariladi. (19.2 – rasm).


Download 30.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling