19-Ma’ruza Yo’naltirilgan maksimal tokli himoya
-rasm. Yo‘naltirilgan tokli himoyaning ishlash vaqtini tanlash
Download 30.01 Kb.
|
1.19.Ma\'ruza. Yo’naltirilgan maksimal tokli himoya.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sezgirligini baholash
- 19.3 – rasm. Halqasimon tarmoq sxemasi.
19.2-rasm. Yo‘naltirilgan tokli himoyaning ishlash vaqtini tanlash.
Ishga tushuruvchi organlari toklarining yo‘nalishi strelkalar bilan ko‘rsatilgan. Bunday holda K1 nuqtada qisqa tutashish sodir bo‘lganda 1,3, 5,6, himoyalarning ishga tushirish organlari ishlaydi. Bu rejimda manbadan eng uzoq himoya 5 himoya hisoblanadi. Shuning uchun uning vaqti t5=0 tanlanadi. Qolgan himoyalar uchun esa t3t5t; t3t7t, va t1t3t; t1t8t ikki qiymatidan katta tanlanadi. K2 nuqtada qisqa tutashish bo‘lganda 1:,2:,4:,6, himoyalarni ishga tushuruvchi organlari ishlaydi. Bunda manbadan eng uzok himoya 2 bo‘lib uning vaqti t2 0 bo‘ladi. Qolgan himoyalar uchun t4=t2+t; t4=t8+t va t6t4t; t6t7 ikki birlik kattasi tanlanadi. Sezgirligini baholash. Maksimal tokli yo‘naltirilgan himoyani ishga tushiruvchi organ sezgirligini baholash, himoya qilinadigan liniyaning oxiri va zaxiralovchi liniya oxiridagi ikki fazali qisqa tutashish hisobidan bajariladi. Himoya o‘zini tutish holatini baholashda ikki rejim: kaskadli ishlash rejimi va himoyaning sezmaydigan zonasini kuchlanish bo‘yicha bo‘lishi bilan himoyani ishlamay qolishidir. Bir tomondan ta’minlangan halqasimon tarmoqning manba yaqinida qisqa tutashish bo‘lganda (19.3-rasm) qarama-qarshi tomon shinasidagi tok qiymati himoyani ishlashiga kamlik qiladi. SHuning uchun birinchi bo‘lib, himoyaning qo‘yilish vaqti nisbatiga qaramasdan manbaga yaqin bo‘lgan komplekt ishlaydi. Liniya 6-himoya tomonidan o‘chirilgandan keyin 5 himoya o‘rnatilgan tomonda tok oshib, himoyani ishlashiga etarli bo‘ladi. Bunday rejim kaskadli deyiladi. 19.3 – rasm. Halqasimon tarmoq sxemasi. Himoya turi kaskadli ishlaydigan liniya uchastkasi, himoyaning kaskadli ishlash zonasi deyiladi. Uch fazali qisqa tutashish qurilmalar yaqinida bo‘lganda quvvat relesiga beriladigan kuchlanish releni ishlashi uchun etarli bo‘lmaydi va himoya ishlamaydi. Uch fazali qisqa tutashishda liniyaning uchastkasida himoyaning ishlamasligi himoyani sezmaydigan zonasi deyiladi. Sezmaydigan zonaning uzunligi bunda, o‘rtacha minimal to‘la quvvat; Sezmaydigan zonada reledagi kuchlanishi bo‘ladi. Download 30.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling