15-МA’RUZA
Distansion himoya
Reja:
1. Differensial himoyalar
2. Bo‘ylama differensial himoyalar
3. Muvozanatlangan kuchlanishli himoya
4. Ko‘ndalang differensial himoyalar
5. Distansion himoyalar
Differensial himoyalar
Differensial – lotincha “ayirma” degan ma’noni anglatadi. Differensial tokli himoya esa toklarning ayirmasiga bog‘liq ravishda ishlaydigan himoya hisoblanadi. Differensial himoyalar absolyut tanlovchanlikka ega, ular liniyaning hamma uzunligi bo‘yicha tez o‘chirish uchun qo‘llaniladi.
Avvalgi ko‘rib chiqilgan tokli himoya (TK) liniyaning bir qismini himoya qilar edi, ya’ni himoya zonasi bor edi.
Differensial himoyalarning ikkita turi mavjud:
Bo‘ylama differensial himoya.
Ko‘ndalang differensial himoya.
Bo‘ylama differensial himoyalar
Bunday himoyalar alohida elementlarni himoyalash uchun qo‘llaniladi. Himoyalanayotgan elementning boshidagi va oxiridagi toklar solishtiriladi.
1-rasm. Aylanuvchi toklar bilan yig‘ilgan sxemadagi toklar yo‘nalishi va vektorlar diagrammasi
Do'stlaringiz bilan baham: |