19-mavzu. Mamlakat innovatsiya faoliyatini baholash


Download 11.33 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi11.33 Kb.
#1832169
  1   2   3   4   5
Bog'liq
19-mavzu. Mamlakat innovatsiya faoliyatini baholash.

19-mavzu. Mamlakat innovatsiya faoliyatini baholash.

REJA:

1. Mamlakat innovatsiya faoliyatini baholashning xorij tajribasi.

2. Yevropa innovatsion tablosi (European Innovation Scoreboard).

3. Texnologik yutuqlar indeksi (Technology Achievement Index). Innovatsion salohiyat indeksi (Innovation Capacity Index); Boston konsalting guruhining umumjahon innovatsion indeksi (GII BCG), INSEAD Umumjahon innovatsion indeksi (GII INSEAD), Innovatsiyalarning global omili (Global Innovation Quotient).

Jahon tajribasi barcha sohalarda sifatli o‘sishni ta’minlovchi yangiliklarni uzluksiz tarzda amaliyotga joriy etish jamiyat va iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganligini ko‘rsatmoqda.

Jahon tajribasi barcha sohalarda sifatli o‘sishni ta’minlovchi yangiliklarni uzluksiz tarzda amaliyotga joriy etish jamiyat va iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganligini ko‘rsatmoqda.

Bugun rivojlanishning innovatsion modellari va “aqlli” texnologiyalar amalga oshirilayotgan mamlakatlar eng muvaffaqiyatli va barqaror hisoblanadi. Bunday mamlakatlarning barqaror taraqqiyoti, ularning jahon bozorlarida raqobatbardoshligi tabiiy resurslarni eksport qilish va jismoniy mehnatdan foydalanishga emas, balki innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarga asoslanadi.

Ushbu mamlakatlarda innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davlat strategiyasining ijrosi shartli ravishda “kelajak vazirliklari” deb nomlanuvchi maxsus idoralar tomonidan amalga oshiriladi.

Innovatsion rivojlanish uchun mas’ul idoralarning asosiy vazifasi innovatsiya va fan yutuqlarini keng joriy etish hisobiga mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini ta’minlash hamda iqtisodiyotda intellektual ulushning ko‘payishi hisoblanadi.

Yangi texnologiyalar va jarayonlardan foydalanish samaradorlikni oshiradi va xarajatlarning pasayishiga olib keladi, yangi biznes modeli va tashkiliy tuzilmalarning joriy etilishi kompaniya ishining yaxshilanishiga, qarorlar qabul qilish va axborotni qayta ishlash tezligining oshishiga, iste'molchilar ehtiyojlarini qondirishga olib keladi. Natijada, innovatsiyalar xarajatlarni kamaytiradi va alohida korxonalar rentabelligini oshiradi, bu birgalikda iqtisodiy rivojlanishning yuqori sur'atini beradi.


Download 11.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling