Amaliy dars. Avtomobil yo’li yoqalarida muhandislik ob’ektlarini rejalashtirish


Download 314 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi314 Kb.
#1306280
Bog'liq
1. Amaliy dars.


  1. Amaliy dars. Avtomobil yo’li yoqalarida muhandislik ob’ektlarini rejalashtirish.

Harakat xizmati kompleksi deganda harakat ishtirokchilariga turli xizmatlarni taklif etadigan korxonalar joylashgan inshoatlar majmui tushuniladi. Turli xizmat korxonalarining bitta kompleksga birlashishiga sabab, bir tomondan haydovchi va yo‘lovchilarning turli xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini imkoni boricha to‘liq qanoatlantirish bo‘lsa, ikkinchi tomondan hududdan oqilona foydalanish, xizmat korxonalari uchun inshoatlar qurilishiga sarflanadigan kapital samaradorligini oshirish bo‘ladi. Alohida korxonalarni bitta kompleksga birlashtirish ma’lum sharoitda ularning rentabelligini oshiradi.
Eng to‘liq ko‘rinishida xizmat kompleksi haydovchilar va yo‘lovchilarning dam olishi, ovqatlanishi, tunashi uchun mo‘ljallangan korxona va inshoatlar bilan birga transport vositalarini yonilg‘i bilan ta’minlash, moylash, ularga texnik xizmat qilish inshoatlarini ham o‘zi ichiga oladi.
Dam olish vaqtiga qarab qisqa va uzoq dam olish joylari bo‘ladi. 30 daqiqadan oshmaydigan dam olish qisqa dam olish deyiladi, lekin ba’zan qisqa dam olishga mo‘ljallangan joylar uzoqroq (1-2 soat) dam olish uchun ham ishlatiladi. Albatta, har qanday katta xizmat kompleksida haydovchilar va yo‘lovchilarning qisqa dam olishi uchun sharoit bo‘laldi. Lekin qisqa dam olishga ehtiyot uzoq dam olishga ehtiyojga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. SHuning uchun avtomobil yo‘llari yoqasida qisqa dam olishga mo‘ljallangan maxsus maydonchalar, manzara tomosho qilinadigan joylar quriladi. Bunday maydonchalar avtomobilchilarni jalb qiladi Qisqa dam olish maydonchalarini joylashtirish va jihozlash katta e’tibor talab qilgani uchun ularni alohida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xususiyati va o‘lchamiga qarab uzoq dam olish joylarida mehmonxona, motel, kemping va ovqatlanish korxonalari bo‘lshi kerak. Umumiy ovqatlanish korxonalariga kafelar, bufetlar, oshxona va restoranlar kiradi.
Transport vositalariga xizmat qilish uchun xizmat komplekslarida avtoyoqilg‘i quyish shahobchalari, texnik xizmat stansiyalari, texnik yordam punktlari, (odatda, shaharga kirish joylarida) mashina yuvish punktlari bo‘ladi.
Xizmat komplekslarining muhim elementlaridan biri – avtomobillarni vaqtincha va uzoq vaqtga qo‘yish joylari mavjudligi bo‘ladi. Sayyohlik yo‘nalishlarida, kurort zonalarda va yo‘lovchilar bilan haydovchilar uzoq (2 kundan ko‘p) dam oladigan boshqa joylarda avtopansionatlar bo‘lishini ko‘zda tutish kerak.
1. - rasm. Avtomagistralda joylashgan xizmat kompleksiga misol
1 – motel; 2 – motel oldidagi avtomobil qo‘yish joyi; 3 – restoran; 4 – restoran oldidagi avtomobil qo‘yish joyi; 5 – xizmatchilar yashash zonasi; 6 – sport maydonchasi; 7 – texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi oldidagi avtomobil qo‘yish joyi; 8 – texnik xizmat stansiyasi; 9 – avtoyoqilg‘i quyish shahobchasi.
Xizmat inshoatlari va komplekslarining joylashishi avtomobil yo‘llarining maqsadi, undagi harakatning jadalligi, tarkibi va unga tutash joyning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Komplekslarning tuzilishi yuqoridagi omillarga bog‘liq bo‘lgani uchun turlicha bo‘ladi, lekin ko‘pincha uni ma’lum andozaga keltirish mumkin.
Vengriyada avtomobil magistrallari uchun to‘rt xil xizmat komplekslari nazarda tutilgan, ularning joylashish chizmasi ishlab chiqilgan. A turdagisiga yirik kompleks kiradi, uning tarkibida AYOQSH, TXS, restoran, bufet, do‘kon bo‘ladi. V turi AYOQSH, kafe va do‘kondan iborat bo‘ladi. Bu ikkala kompleks o‘rtasida xizmat inshoatlari qurilgan S dam olish maydonchalari, D avtomobil qo‘yish joylari va manzarali joylar bo‘ladi. Bu komplekslarning joylashishi 2.2-rasmda ko‘rsatilgan. Albatta, chizma sodda chizilgan. Hayotda xarakat xizmati komplekslari aholi punktlarining joylashishi, manzaraning xususiyatiga mos qilib joylashadi. Misol uchun, biz misol qilayotgan Vengriyadagi M-7 magistralning Budapeshtdan Balatondagi Izmardi shahri o‘rtasidagi 100 kilometrlik qismida V turdagi bitta kompleks (Budapeshtdan 82 km da), kafeli ikkita AYOQSH (10 va 92 km da) va har 8-12 km da yo‘lning ikki tomonida dam olish maydonchalari bor.
Fransiyada harakat xizmati komplekslarining to‘rt xili mavjud:
40 avtomobilga mo‘ljallangan, sanitariya qurilmasi bo‘lgan to‘xtash maydonchasi. Bunday maydonchaning sahni taxminan 10 ming m2 bo‘ladi va yo‘l yoqasida joylashgan bo‘ladi;
sahni taxminan 20 ming m2 bo‘ladigan, yo‘ldan uzoqroqda joylashgan avtomobil qo‘yish joyi; avtomobil qo‘yish joyida 80 ta engil va yuk avtomobiliga mo‘ljallangan alohida mashina qo‘yish joylari, sanitariya qurilmalari bo‘ladi;
200 ta engil va yuk avtomobili joylashadigan alohida mashina qo‘yish joylari, AYOQSH, oziq-ovqat mahsulotlari sotish punkti, sanitariya qurilmalaridan iborat bo‘ladigan oddiy xizmat stansiyasi; oddiy xizmat stansiyasining sahni taxminan 40 ming m2 bo‘ladi;
asosiy xizmat stansiyasida 400 ta engil va yuk avtomobili joylashadigan alohida mashina qo‘yish joylari, o‘z-o‘ziga xizmat qilish oshxonasi, restoran, sayyohlik byurosi, estaliklar sotiladian punkt, mehmonxona bo‘ladi; asosiy xizmat stansiyasining sahni 80 ming m2 bo‘ladi.
Fransiya statistikasi ma’lumotlariga ko‘ra to‘xtash va mashina qo‘yish maydonchalaridan foydalanadigan soni ko‘p, og‘ir avtomobil haydovchilari esa shunday joylarda tunab qolishadi. Oddiy va asosiy xizmat stansiyalariga keluvchilar soni ularning joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. Yo‘ldan o‘tadigan avtomobillarning 3 foizidan 7 foizigacha ularga yoqilg‘i quyish uchun kiradi, yo‘lovchilar va haydovchilarning 1,15 foizidan 8 foizigacha oshxona va restoranlarda ovqatlanish uchun to‘xtashadi. Asosiy xizmat markazlari orasidagi masofa 100 km, oddiylari o‘rtasidagi masofa 30-40 km, mashina qo‘yish maydonchalarining orasi 20 km va to‘xtash maydonchalarining orasi 10 km ni tashkil qiladi.

2 - rasm. I, II va III toifa xizmat komplekslarining yo‘lda joylashishi chizmasi:
a - I va II toifa; b – III toifa; v - IV va V toifa.
Avtomobil yo‘llari loihasi tuzilganda uch xil xizmat komplekslari bo‘lishi tavsiya qilinadi:

  1. kompleks – dam olish maydonchasi, savdo punkti, transport vositalari egalari o‘z-o‘ziga texnik xizmat qiladigan inshoatlar;

  2. kompleks – ovqatlanish korxonasi, savdo punkti, AYOQSH, texnik yordam punkti;

kompleks – motel, ovqatlanish korxonasi, savdo punkti, AYOQSH, TXS. Agar IV va V toifa yo‘llar yaqinida avtomobilchilar ko‘pchiligini jalb qiladigan tabiiy va tarixiy obidalar bo‘lsa ularda ham III tur komplekslarini qurish mumkin bo‘ladi. Xizmat komplekslarini joylashtirish masalasida yana quyidagi tavsiyalarga ham amal qilish lozim. I tur komplekslarini sayohlar va boshqa harakat ishtirokchilarining diqqatini tortadigan manzarali joylarda joylashtirish kerak. Bunday joylarga daryo, ko‘l, boshqa suv havzalari qirg‘og‘i, o‘rmondagi ochiq joylar, daraxtlar to‘p o‘sgan, tarixiy yodgorliklar bo‘ladigan, tabiiy diqqatga sazovor joylar kiradi. I tur xizmat kompleksi bilan unga yaqin aholi punkti o‘rtasidagi masofa kamida 1 km bo‘lishi kerak. II tur komplekslar aholi zich joylashgan, shaharlar orasidagi masofa kam bo‘ladigan erlarda bo‘lishi kerak. Aholi yashamaydigan joylarda III tur komplekslarini qurish tavsiya qilinadi.
Download 314 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling