Po‘latli marsh zinalar, maydonchalar va to‘siqlar. Texnik shartlar


Download 408.07 Kb.
bet1/7
Sana30.04.2023
Hajmi408.07 Kb.
#1402586
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
UzDST 2022 886








O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRINING
BUYRUG‘I
O‘Z DST 886:2022 “PO‘LATLI MARSH ZINALAR, MAYDONCHALAR VA TO‘SIQLAR. TEXNIK SHARTLAR” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT STANDARTINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 19-dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 127]
O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘z DSt 886:2022 “Po‘latli marsh zinalar, maydonchalar va to‘siqlar. Texnik shartlar” O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining 1998-yil 29-apreldagi 39-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘z RST 886-98 “Po‘lat marsh zinalar, maydonchalar va to‘siqlar” O‘zbekiston Respublikasi standarti o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan kelishilgan.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2022-yil 2-dekabr,
219-son
Kelishildi:
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i B. YuSUPALIYEV
2022-yil 24-noyabr
O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bosh direktori A. BAXODIROV
2022-yil 29-noyabr

Download 408.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling