Po‘latli marsh zinalar, maydonchalar va to‘siqlar. Texnik shartlar
Download 408.07 Kb.
|
UzDST 2022 886
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-§. Joylab o‘rash
- 4-bob. Qabul qilish qoidalari
2-§. Markirovkalash
21. Tayyorlangan konstruksiyalarning markirovkalanishi GOST 14192 talablariga muvofiq bajarilishi kerak. 22. Har bir paketga yoki konstruksiyaga yorliq yopishtirilib, unga quyidagi markirovkalash belgilari tushirilgan bo‘lishi kerak: ishlab chiqaruvchining nomi yoki mahsulot belgisi; buyurtma raqami; elementning markasi; PKB (KMD) bo‘yicha ishlab chiqarilgan konstruksiya chizmalarining nomeri; ishlab chiqarilgan sana; texnik nazoratning shtampi; 23. Konstruksiyaning har bir elementida markaning shartli belgisi bo‘lishi kerak. 24. Markirovka belgilari yuqoriga ko‘tarilishda o‘ng tomonda joylashgan po‘latli marsh zinalar kosuarining devorlariga hamda maydonchasidagi balkalarning devorlariga va to‘siq tutqichining yuqori chekkalariga o‘chib ketmaydigan bo‘yoq bilan belgilanishi kerak. 3-§. Joylab o‘rash 25. Konstruksiya elementlarini paketlarga joylashtirish GOST 26663 ga muvofiq bajariladi. Konstruksiyalarni o‘zaro aralashib ketishiga, shuningdek ortish va tushirishda, tashishda va saqlashda shikastlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. 26. Paket og‘irligi 3 t dan oshmasligi kerak. 27. Konstruksiyalar, ularning birlashtiruvchi detallari va mahkamlovchi buyumlari birgalikda yetkazilishi kerak. GOST 2991 bo‘yicha konstruksiyalar alohida yetkazilganda konstruksiyaning biriktiruvchi detallari yog‘och qutilarga joylashtirilgan bo‘lishi kerak. 4-bob. Qabul qilish qoidalari 28. Konstruksiyalar mazkur davlat standarti talablariga mos ravishda qabul qilinishi kerak. 29. Konstruksiyalar chiziqli o‘lchamlarini (shu jumladan prokat ko‘ndalang kesimi o‘lchamlarining) nominallardan, shuningdek detallarning shakli va joylashishini loyihadan og‘ishlarini hamda payvandlangan birikmalar sifatini va yuzalarini himoya qoplamalariga tayyorlashni nazorat qilish qoralama qoplamadan oldin bajarilishi kerak. 30. Konstruksiyalarni guruhlab qabul qilish kerak. Guruh tarkibiga bitta texnologiya bo‘yicha bir xil sifatdagi materiallardan tayyorlangan bir turdagi konstruksiyalar kiradi. 31. Ehtimoliy saralab olishda va qabul qilish nazoratida guruhdan tanlab olingan 3 dona konstruksiyalar mazkur davlat standarti talablaridan kelib chiqib donalab tekshirilishi hamda qabul qilinishi lozim. 32. Agar tanlab olingan konstruksiyalarni nazorat qilishda ulardan hatto bittasi mazkur davlat standarti talablariga mos kelmasa, u holda o‘sha guruhdan ikki barobar miqdorida konstruksiyalar tanlab olinishi va qaytadan tekshirishdan o‘tkazilishi kerak. Bunda, hatto bita konstruksiya mazkur davlat standarti talablarining biror ko‘rsatkichi bo‘yicha javob bermasligi aniqlansa, unda ushbu guruh foydalanishga yaroqsiz deb topiladi va foydalanishga yaroqli holatga keltirish uchun qayta jo‘natiladi. Download 408.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling