Po‘latli marsh zinalar, maydonchalar va to‘siqlar. Texnik shartlar


-bob. Tekshirish (sinash) usullari


Download 408.07 Kb.
bet6/7
Sana30.04.2023
Hajmi408.07 Kb.
#1402586
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
UzDST 2022 886

5-bob. Tekshirish (sinash) usullari
33. Konstruksiyalar detallari chiziqli o‘lchamlarining nominallardan og‘ishining nazorati GOST 23616 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
34. Konstruksiyalar payvandlangan birikmalari choklarining sifat nazorati GOST 3242 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
35. Konstruksiya qoplamasining tashqi ko‘rinishi GOST 9.302 ga, lok-bo‘yoq qoplamalari uchun esa GOST 9.032 ga muvofiq nazorat qilinishi kerak.
36. Konstruksiya qoplamasining qalinligi GOST 9.302 ga muvofiq buzilmaydigan usullar bilan nazorat qilinishi lozim.
37. Himoyalovchi qoplama nazorati hamda nazorat usullari GOST 30247.1 va GOST 30247.0 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
38. Mexanik ishlov berilgan yuza g‘adir-budirligini nazorat qilish GOST 9378 ga muvofiq nazorat namunalari bilan solishtirish orqali bajariladi.
39. Payvandlash choklarining sifat nazorati va ularning kesim o‘lchamlari GOST 23118 ga muvofiq amalga oshiriladi.
6-bob. Tashish va saqlash
40. Konstruksiyalarni tashish va saqlash mazkur davlat standarti talablariga mos ravishda amalga oshirilishi kerak.
41. Po‘latli marsh zinalar va maydonchalar elementlarga birlashtirilib yoki bir necha elementlardan tuzilgan to‘plamlar bilan tashilishi kerak. To‘siqlar konstruksiyalari faqat to‘plamlar ko‘rinishida tashilishi lozim.
42. Konstruksiyalar yotiq holatda yog‘och tagliklar va qistirmalarga tayangan holda tashilishi hamda saqlanishi kerak. Tagliklar 50 mm dan kam bo‘lmagan qalinlikda va 100 mm dan kam bo‘lmagan kenglikda bo‘lishi lozim.
Taglikning balandligi to‘siqlar uchun 1,5 m dan, marshlar va maydonchalar uchun 2,0 m dan baland bo‘lmasligi kerak.
43. Konstruksiyalarni tashish va saqlash iqlim sharoitidan kelib chiqib GOST 15150 ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
44. Konstruksiyalarni ortish, tashish, tushirish va saqlash ularning shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan choralarga rioya qilgan holda bajarilishi hamda konstruksiyalar himoya qoplamasi but saqlanishi ta’minlanishi lozim. Konstruksiyalarni tushirishda tashlab yuborish, shuningdek ko‘chirishda surib o‘tkazish mumkin emas.
45. Konstruksiyalarni transportning istalgan turida tashish mumkin. Konstruksiyalarni temir yo‘l transportiga yuklash va mahkamlash ochiq vagonlarda GOST 22235 ga muvofiq amalga oshirilishi hamda vagonlarning maksimal yuk ko‘tarish (sig‘dirish) imkoniyatiga mos ravishda bajarilishi kerak.
46. Konstruksiyalarni maxsus jihozlangan omborlarda buyurtmalari, yig‘uv birikmalari va markalari bo‘yicha turlarga ajratilgan holda saqlash lozim.
47. Saqlashda konstruksiyalarning barqaror holati ta’minlangan bo‘lishi va ularning erga tegib turishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, konstruksiyalarda atmosfera namligi yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
48. Omborga joylashtirishda konstruksiyalar markirovkasining yaxshi ko‘rinishi ta’minlanishi zarur.

Download 408.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling