Po‘latli marsh zinalar, maydonchalar va to‘siqlar. Texnik shartlar


Download 408.07 Kb.
bet4/7
Sana30.04.2023
Hajmi408.07 Kb.
#1402586
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
UzDST 2022 886

3-bob. Texnik talablar
1-§. Texnik talablar va butlilik
12. Po‘latli marsh zinalar, maydonchalar va to‘siqlar ushbu davlat standarti hamda QMQ 3.03.02 talablariga mos ravishda tayyorlanishi kerak.
13. Po‘latli marsh zinalar, maydonchalar va to‘siqlarning konstruksiyalari (keyingi o‘rinlarda-konstruksiya) qo‘yidagi 5-jadvalda keltirilgan uglerodli po‘lat markalaridan yasalgan bo‘lishi kerak:













5-jadval

Po‘lat markasi

Hisobiy haroratda po‘latni qo‘llash shartlari t, °C

GOST 27772 ga muvofiq

GOST 535 va GOST 14637 ga muvofiq

t ≥ − 45

−45 > t ≥ −55

t <−55

C235

Ct3kp2
Ct3ps2

+

-

-

C245
C255

Ct3ps5
Ct3sp5

-

+

+

izoh:
“+” qo‘llash kerak;
“−” qo‘llash mumkin emas.

14. Konstruksiyalarning chiziqli o‘lchamlari nominal o‘lchamlardan hamda joylashuvi va shaklining sirti konstruksiyalarining loyihadagi chegaraviy og‘ishi quyidagi 6-jadvalga muvofiq bo‘lishi kerak:

15. Elementlarning payvandlangan birikmalari mexanizatsiyalashgan usulda bajarilishi kerak. Mexanizatsiyalashgan payvandlash uskunalari yo‘qligida qo‘l payvandidan foydalanish mumkin.
16. Mexanizatsiyalashgan payvand uchun materiallar GOST 9467, GOST 2246, GOST 9087 va GOST 10157 ga muvofiq qabul qilinishi kerak.
17. Bolt birikmalar uchun GOST 7798, GOST 1759.0-GOST 1759.5, GOST 5915, GOST 11371, GOST 18123 va QMQ 2.03.05 ga muvofiq bo‘lgan boltlar ishlatilishi kerak.
18. Konstruksiyalar GOST 9.032, QMQ 3.04.02 va QMQ 2.03.11 ga muvofiq bo‘lgan qoralama qoplama qilingan va bo‘yalgan bo‘lishi kerak.
19. To‘siqlar elementlarining zavod va montaj choklari bo‘rtib qolmasligi hamda o‘tkir qirralarga ega bo‘lmasligi kerak.
20. Konstruksiyalar butlangan holda yetkazilishi kerak.
Butlov tarkibiga quyidagilar kiritilishi lozim:
po‘latli marsh zinalar, maydonchalar va to‘siqlar;
konstruksiyalarni biriktirish uchun qo‘shimcha detallar;
boltlar, gaykalar va shaybalar (ushbu detallar miqdori PKB (KMD) chizmalarida belgilangandan 10 foizga ko‘proq miqdorda bo‘lishi lozim);
GOST 23118 bo‘yicha po‘lat qurilish konstruksiyalarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjati.

Download 408.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling