1ckorxona bugalteriya dasturida hisobga olishda bugalteriya schotlari va ularning tuzilishi


Download 7.25 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi7.25 Kb.
#1770555
Bog'liq
1CKORXONA BUGALTERIYA DASTURIDA HISOBGA OLISHDA BUGALTERIYA SCHOTLARI

1CKORXONA BUGALTERIYA DASTURIDA HISOBGA OLISHDA BUGALTERIYA SCHOTLARI VA ULARNING TUZILISHI

MUSTAQIL ISH

ABDUG`AFFOROVA FOTIMA


O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik
faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlari rejasiva uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma”ni tasdiqlash to’g’risida
2002 yil 2 noyabrdan kuchga kiradi.

Ushbu yo`riqnomaga muvofiq quyidagi asosiy tushunchalarni bilishimiz lozim;

Buxgalteriya schyoti - korxonalar iqtisodiy resurslarining holati va harakati haqidagi buxgalteriya axborotini qayd etish va saqlash uslubi va ularga bo’lgan talablar.

 

Doimiy schyotlar - bu hisobot davri oxiriga saldoga ega bo’lib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schyotlaridir. Doimiy schyotlar aktiv, passiv, kontr-aktiv va kontr-passivlarga bo’linadi.

 

Aktiv schyot (A) - bu aktivlarni aks ettirishga mo’ljallangan schyot bo’lib, unda iqtisodiy resurslarning qoldig’i va ko’payishi schyotning debetida, kamayishi esa kredit bo’yicha aks ettiriladi.(01.00-59.00)

 

Passiv schyot (P) - bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo’ljallangan schyot bo’lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig’i va ko’payishi schyotning krediti bo’yicha, kamayishi esa debet bo’yicha aks ettiriladi.(60.00-89.00)


Kontr-aktiv schyot (KA) - bu u bilan bog’liq bo’lgan aktiv schyotning saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Kontr-passiv schyot (KP) - bu u bilan bog’liq bo’lgan passiv schyotning saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Tranzit schyotlar (T) - bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega bo’lmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir.
Balansdan tashqari schyotlar (Z) - bu korxonaga qarashli bo’lmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida bo’lgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga mo’ljallangan schyotlar. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan o’zaro bog’lanmaydi va korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi.
  • Schyotlar tizimi xo‘jalik mablag‘larini va ularning tashkil topish manbalarini, xo‘jalik jarayoni natijasida ularning tarkibiy, miqdoriy va harakat jihatidan o‘zgarib borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir.
  • Korxona faoliyatida yoppasiga, uzluksiz hisob qilib borilar ekan, korxona barcha mulkini o‘rganib, ularning xususiyatlarini yaxshilab anglab yetmoq kerakdir. Korxona mulklari hisobi to‘liq yuritilar ekan, hisob ishlarini osonlashtirish, oqilona tashkil etish maqsadida schyotlar rejasi ishlab chiqilgan. Shuni nazarda tutmoq kerakki, Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartining ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi zaruriy hol bo‘lganidek, schyotlarning yangi rejasini ishlab chiqish ham zarur bo‘lib qoldi va schyotlarning yangi rejasi korxonalar moliya xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobida qo‘llanilib kelmoqda.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi SChYoTLARI REJASI

I QISM. UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR

1-bo’lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar

II QISM. JORIY AKTIVLAR

2-bo’lim. Tovar-moddiy zaxiralari

3-bo’lim. Kelgusi davr xarajatlari va

kechiktirilgan xarajatlar - joriy qismi

4-bo’lim. Olinadigan schyotlar - joriy qismi

5-bo’lim. Pul mablag’lari, qisqa muddatli

investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar


III QISM. MAJBURIYATLAR
6-bo’lim. Joriy majburiyatlar
7-bo’lim. Uzoq muddatli majburiyatlar
IV QISM. XUSUSIY KAPITAL
8-bo’lim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar
V QISM. MOLIYaVIY NATIJALARNING
ShAKLLANIShI VA IShLATILIShI
9-bo’lim. Daromadlar va harajatlar
VI QISM. BALANSDAN TAShQARI SChYOTLAR
Buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarining harakati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish uchun har bir mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari alohida-alohida raqamlar bilan belgilanadi. Mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari uchun belgi- langan raqamlar buxgalteriya schyotlari deb yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarining ikki tomoni bo‘lib, bir tomoni «Debet», ikkinchi tomoni tomoni «Kredit» deb yuritiladi.
Debet
Kretid
Qadimiy savdo kitoblarida schyotning «Debet» tomonida kirim, «Kredit» tomonida chiqim ko‘rsatilgan. Hozirda ham bu ma’no qisman saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda bu yozuv ikki yoqlamali yozuv deb yuritiladi.

1C DASTURIDA HISOBLAR REJASIGA KIRISH

  • OPERATSIYALAR MENYUSI HISOBLAR REJASI OK
  • ОСНОВНЫЕ СДЕРСТВО(0100) МАТЕРИАЛЫ(1000) КАССА ОРГАНИЗАЦИИ(5010) ДОХОДЫ ОТ ОСНОВНОЙ ДЕЯТЕЛЪНОСТИ(9000)
  • РАСХОДЫ ПЕРИОДА(9400) АРЕНДОВАННЫЕ ОСНОВНЫЕ СДЕРСТВА(001) kabi turli xil schot rejalari namoyon bo`ladi.

THANKS
Download 7.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling