1.“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti, obyekti va maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1485090
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu. “Iqtisodiy xavfsizlik” faniga kirish, iqtisodiy xavfsiz


IQTISODIY XAVFSIZLIK”

Reja:
1. “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti, ob’ekti va maqsadi
2. Milliy xavfsizlik va uning tarkibi
3. Iqtisodiy xavsizlikning turlari va tarkibiy elementlari

1.“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti, obyekti va maqsadi


Xavfsizlik muammosi mustaqil davlatchilikning shakllanishi va jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy manfaatlarning qaror topishi bilan bir paytda vujudga keladi. “Xavfsizlik” tushunchasi Rober mahlumotnomasiga ko’ra 1190 yilda paydo bo’ldi. Bu tushuncha o’zini har qanday xavf-xatardan himoyalangan deb hisoblovchi inson ruhining xotirjam holatini ifodalagan1. Ushbu mahnoda mazkur termin G’arbiy Yevropa halqlari leksikonida XVII asrgacha qo’llanilgan. Tarixning keyingi davrlarida davlat tuzilmalarining shakllanishi bilan bog’liq ravishda xavfsizlik tushunchasi moddiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarda davlat qurilishi, boshqarish organlari tendentsiyalariga mos keladigan real xavf-xatar (jismoniy va mahnaviy)ning yo’qligi natijasida vujudga keladigan tinchlik holati mahnosini anglatgan2.
XX asrning oxirlariga kelib, «xavfsizlik» va «milliy xavfsizlik» tushunchalari bizning leksikonimizda tez-tez qo’llana boshladi. Bu insoniyat rivojlanishining murakkablashuvi, yadro, atom va boshqa ommaviy qirg’in qurollarining keng tarqalishi, ekologik vaziyatning og’irligi, yangi yuqumli xavfli kasalliklarning vujudga kelishi, terrorizm xavfining kuchayishi, totalitar tuzum yemirilganidan keyin dunyoning qarama-qarshi qutblarga bo’linishi barham topgandan keyingi davlatlar o’rtasidagi muvozanatning buzilishi, yangi mustaqil davlatlarning paydo bo’lishi, ularda bozor islohotlarining amalga oshirilishi bilan izohlanadi. Dunyodagi bunday o’zgarishlar xavfsizlik, umumiy va milliy xavfsizlik muammolariga bo’lgan ehtiborni yanada kuchaytirdi.
“Xavfsizlik” tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, turli mahnolarda talqin etiladi. SHunga qaramasdan ularda umumiy g’oya ham mavjud bo’lib, bunga ko’ra xavfsizlik insoniyat hayotining turli sohalarida vujudga keladigan xavf-xatardan himoyalanish, kafolatlanish mahnosini anglatadi. Xavf-xatar esa davlat va jamiyat rivojlanishiga, normal amal qilishiga tahdid soluvchi potentsial yoki real kuch, omil hisoblanadi. Xavf-xatar namoyon bo’lishining keskin shakllariga tabiiy, ijtimoiy kataklizmalar, portlashlar va larzalar, inqirozlar, tangliklar, qo’zg’olon, urush, qurolli to’qnashuvlar kiradi.
Xavfsizlik qanday sohada, qanday shakl va qiyofada namoyon bo’lmasin ularning barchasi umumiylik xususiyatiga egadir. Umuman, xavfsizlik xavf-xatardan himoyalanish sharti va strategiyasi sifatida ijtimoiy tizim, shaxs, jamiyat va davlat hayot-faoliyatining normal amal qilishini tahminlashga yo’naltirilgan bo’ladi3.
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligi muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, iqtisodiyotning xavfsizligi holati turli ijtimoiy-iqtisodiy qarorlar qabul qilishda mo’ljal bo’lib xizmat qiladi.
Iqtisodiy tizimdagi har qanday o’zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning namoyon bo’lishi bilan birga kechadi. SHuning uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini tahminlash, unga bo’ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi yuzaga keladi. Bunday sharoitda “Iqtisodiy xavfsizlik” fanini o’rganishning ahamiyati yanada oshadi.
“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti - bir tomondan iqtisodiy tizimning ob’ektiv himoyalanish hususiyatlari, unga xavf soladigan kuch va omillarga qarshi turish mexanizmini, ikkinchi tomondan, davlatning himoyachi sifatidagi funktsiyalari, shu maqsadda tashkil etiladigan institutlarni.
“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining ob’ekti - mamlakat iqtisodiyoti va unda amalga oshadigan jarayonlar. Iqtisodiy xavfsizlik o’rganadigan ob’ektlarga quyidagilar kiradi: tabiiy boyliklar; inson resurslari, mehnatga layoqatli aholi; ishlab chiqarish fondlari; ko’chmas mulk; moliyaviy resurslar; xo’jalik tizimlari; mintaqalar; oila; inson.
“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining maqsadi - davlat, jamiyat va shaxsning muhim xayotiy manfaatlarini tan olgan xolda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini tahminlashning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish.
“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining vazifalari:

  • milliy xavfsizlik asoslari va ustuvorliklarini tushuntirish;

iqtisodiy xavfsizlikni tahminlashning asosiy yo’hnalishlari va yo’llarini ko’rsatib berish;

  • O’zbekistonning iqtisodiy manfaatlariga bo’ladigan tahdidlarni hisoblash va taxlil qilish imkonini beradigan bilimlarni shakllantirish va h.k.


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling