2 – Amaliy mashg’ulot. Mavzu: dasturiy ta’minotni boshqarish.(4-soat) Kalit so’zlar


Download 37 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi37 Kb.
#99593
Bog'liq
2-amaliy mashgulot


2 – Amaliy mashg’ulot.

MAVZU: DASTURIY TA’MINOTNI BOSHQARISH.(4-soat)

Kalit so’zlar: Boshqarish, rejalashtirish, sarf harajat, talab, taklif, mijoz, biznes, nomoddiy, loyiha, baholash, bashorat, tahrirlash.

Loyihani boshqarish. Loyihani boshqarish dasturiy injiniringning muhim qismi hisoblanadi.Loyihani boshqarish aniq jadvallar asosida ketishi uchuin uni proffesional darajada amalga oshirish kerak bo’ladi. Bunda loyihani boshqaruvchinining o’rni katta uning asosiy vazifasi loyihani bajarishda vujudga keladigan cheklovlarni aniqlash hamda bartaraf etishdan iborat. Loyihani boshqarishni bir nechta muvvofiqiyatli mezonlari mavjud ular qo’yidagilar.

1. Loyihani belgilangan vaqt ichida mijozga yetkazish.

2. Umumiy narxni budjetga mos holda saqlash.

3. Mijozning talablariga mos holda loyihani bajarish .

4. Yaxshi faoliyt olib boruvchi guruh bilan ishlash. Yuqorida berilgan mezonlar mezonlar dasturiy injiniringda yagona mezonlar hisoblanmaydi. Dasturiy ta’minotni boshqarish qiyin bo’lganligi uchun uni bajarishda bir nechta asosiy tushunchalarni bilish talab etiladi.

Loyihani rejalashtirish. Dasturiy loyihalar menejerlari uchun aniq standart vazifalar tasnifini keltirish mushkul.chunki menejerlarning ishlari tashkilotlar hamda dasturiy mahsulotlarning ishlab chiqishiga qarab o’zgaradi. Shunga qaramasdan ko’p menejerlar qo’yida keltirilgan harakatlaning ba’zilariga yoki hammasiga javobgar bo’lishadi:

1. Loyihani rejalashtirish. Loyiha menejerlari loyihani rtejalashtirish,ulani aniqlash hamda guruhdagi odamlarga o’zlarining vazifalarini bo’lib berishga javobgar bo’lishadi. Ular vazifalarni talablarga mos holda bajarilishini monitoring qilishadi va ishning belgilangan vaqt ichida borishi hamda budjetga mosligini nazorat qilishadi.

2. Hisobot berish. Loyiha menejerlari bajarilayotgan ishlarni qay darajada ketayotganli haqida mijozga hamda kompaniya menejerlariga hisobot berishga majbur.Ular texnik axborotlardan tortib boshqarish xulosalarigacha bolgan bosqichlarda ma’lumot berishga majbur. Ular bu ma’lumotlarni loyiha jarayonlari ketayotgan paytda berishlari shart.

3. Xavfni boshqarish.

Loyiha menejerlari loyihaga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan xavflarni baholashlari , ularni monitoring qilishlari shuningdek muammo kuchayganda ular ustida ish olib borishlari kerak bo’ladi.



4. Odamlarni boshqarish. Loyiha menejerlari lyihani bajarayotgan guruh odamlari ustidan nazorat olib borishlari kerak bo’ladi.

5. Taqdim yozish. Dasturiy ta’minotni loyihalashning birinchi bosqichi loyiha bo’yicha shartnomani yutish uchun taqdim yozishga jalb qiladi. Taqdim o’z ichiga loyihaning maqsadi va uni qanday olib borilishini oladi.

Loyiha,mahsulot va biznesga bo’lgan ko’p uchraydigan xatarlarga misol.



Xatarlar

Ta’sir ko’rsatadi

Tasnifi

Xodimlar aylanmasi

Loyiha Tajribali xodim

loyihani tugashidan oldin tark etishi

Apparat vositalarining yo’qligi .

Loyiha

Loyihaga zarur bo’lgan apparat vositalarining oz vaqtida kelmasligi

Talablar o’zgarishi

Loyiha va mahsulot

Talablarga kutilgandan ko’p miqdorda o’zgarishlar kiritish

Xususiyatlarning kechikishi .

Loyiha va mahsulot.

Muhim inerfeyslarning xususiyatlarini jadvalda bo’lmasligi.

Hajmni baholamaslik

Loyiha va mahsulot

Sistema hajmiga yetarlicha baho berolmaslik

“CASE” vositalarining qoniqarsizligi

Loyiha

Loyihaga yordam beradigan CASE vositalarining kutilgan darajada amalga oshirmasligi

Texnologiyalar o’zgarishi

Biznes

Dastur yozilgan texnologiyalarning yangi texnologioyalar bilan almashish

Loyihaga raqobat

Biznes

Raqobatbardosh mahsulotning loyiha tugashidan oldin bozorga chiqishi

Jadval 1.1
Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling